Faxritdinovich



Yüklə 114,67 Kb.
səhifə19/19
tarix11.12.2023
ölçüsü114,67 Kb.
#145775
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Audit kurs ishi

X u l o s a


Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlanishi sharoitida mulkchilikning xilma-xil shakllarining vujudga kelishi hamda xo’jalik yuritishning zamonaviy usullarining joriy etilishi maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha tekshiruvlar natijasida auditorlik hisobotini tuzish va xulosasini tuzish hamda taqdim etish borasida ham ma’lum bir muammolarni vujudga keltirdi. Ushbu bitiruv malakaviy ishini o’rganishimiz jarayonida maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha tekshiruvlar natijasida auditorlik hisobotini tuzish va auditorlik xulosasini rasmiylashtirish bo’yicha quyidagicha ilmiy – amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

  1. Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha tekshiruvlar natijasida auditorlik hisobotini tuzishda tomonlarning huquqlari va burchlarini tartibga solish. Ularning o’zaro mas’uliyati mustaqil tekshirish chog’ida tomonlarning huquqlari, burchlari va o’zaro mas’uliyati moliya nazoratida audit uchun xarakterli uch xususiyat asosida o’rganildi.

Ayni shu sababli, bunday munosabatlarning zarur va qat’iy nazorat qilinadigan sharti – bu tashqi auditorning tekshirayotgan iqtisodiy sub’ektning ma’muriyatidan mustaqilligidir. Bitiruv malakaviy ishimizda bunday mustaqillikning turli muammolari umumlashtirildi va batafsil yoritildi. Unda mustaqillikning quyidagi jihatlari muhokama qilingan:

  1. Tashkiliy mustaqillik: ta’sischilarning tarkibi bo’yicha; tashkiliy-huquqiy shakli bo’yicha; mulkchilik shakli bo’yicha; ishlab chiqarish tuzilishi bo’yicha, kadrlar tarkibi bo’yicha (jumladan shaxsiy va oilaviy sifatlar bo’yicha)

  2. Moddiy-texnikaviy mustaqillik: ustav kapitali miqdori etarliligi; muayyan moddiy texnika bazasining mavjudligi; zarur hollarda davlatning qo’llab- quvvatlashi; xodimlarning moddiy ta’minlanishi darajasi.

Umumiy xulosa shundan iboratki, audit o’tkazish uchun tuzilgan shartnomalarning dispozitiv jihatlaridan ayniqsa hozirgi sharoitda xatarlarni oqilona taqsimlash uchun mumkin qadar to’la foydalanish lozim.

  1. Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha tekshiruvlar natijasida auditorlik hisobotini ishonchliligini ta’minlash va xatarni kamaytirish uchun

dalillar to’plash.
Oldingi auditorlik tekshirishlarining natijalari yuzasidan chiqarilgan xulosalar (nazorat tizimi samaradorligi baholash uchun asos sifatida); ichki nazorat tizimining bo’sh joylari borligi to’g’risida auditorlik dalillarining mavjudligi; ma’muriyatga yoziladigan xatda shu bo’sh joylarni ko’rsatish; joriy yilda ichki auditorlar yordamida shu bo’sh joylarni o’rganish va mustahkamlash; mustaqil auditor yordamida bo’sh joylarni tugatish imkoniyati; nazorat tizimining shu uchastkasi o’z holiga tashlab qo’yilgani yoki aksincha – yaqinda tahlili qilingan va bu sohada ishlarning ahvoli mustahkamlangani.
Hisobotning o’zi tahlil qilishga auditorlik tadbirlariga, to’plangan dalillarga asoslangan xulosalar; foydanilgan usullarni baholashdagi sub’ektivlik darajasi; hisobot mijoz firmasini boshqarishda yuz bergan tarkibiy o’zgarishlar; operatsiyalarning murakkabligi darajasi; faoliyatning ayrim uchastkalari bo’yicha yakunlovchi ko’rsatkichlarning katta xatarga uchrashi mumkinligi, hisob siyosati o’zgarishining jiddiy ta’siri; operatsiyalarning ularning turlariga ko’ra operatsiyalarni amalga oshirish oralig’i; alohida e’tibor berish talab qiladigan havf- xatar kuchli zonalarining mavjudligi; qadrlar qo’nimsizligi, ularning professional bilimini oshirish omillari; turli dasturlardan foydalanish chog’ida axborotni ishlab chiqarish tizimining murakkabligi va boshqalar.
Ma’muriyat tayyorlagan hisobotda u tasdiqlagan fikrning mohiyatini, shuningdek, auditorlik dalillarining mohiyatini, ularni to’plash zarurati va usullarini tadqiq etish auditorlar ishining asosiy qismidir. Shunga muvofiq ravishda bu axborot xatari, shuningdek auditorlarnig tadbirkorlik xatari darajasini pasaytirishning qudratli omili hamdir.
Bitiruv malakaviy ishda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq qilinishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha tekshiruvlar natijasida auditorlik hisobotini tuzish va auditorlik xulosasi rasmiylashtirish hamda uni taqdim etish jarayonini milliy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish, shuningdek Respublikamiz Qonuchiligida ko’zda tutilgan tartibda takomillashtirishda o’ziga xos o’rin egallaydi.
Yüklə 114,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə