tartibi
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir:
Audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida hisobot;
Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi.
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha: auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat (18-modda).1
№70 -«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli AFMSga muvofiq auditorlik hisobotining tarkibi quyidagicha(6- chizma):
- tahlil qismi
6-chizma: O’zbekistonda auditorlik hisoboti tarkibiy tuzilishi2
1 - O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may.
//Soliqlar va bojxona xabarlari, 2000 yil 13 iyun.
2 №70 -«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli AFMS. 3-parag. 5-band.
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazgan auditor(lar) tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari ko’rsatilgan holda jo’natiladi.
Dostları ilə paylaş: |