Faxritdinovich


Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisoboti tuzishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 114,67 Kb.
səhifə7/19
tarix11.12.2023
ölçüsü114,67 Kb.
#145775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Audit kurs ishi

Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisoboti tuzishning maqsadi va vazifalari


Bozor iqtisodiyoti talablaridagi infratuzilmalar faoliyati yo’lga qo’yilganligi xorijiy mamlakatlar sarmoyalarining kirib kelishiga zamin bo’lib ko’plab yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga va ish joylari tashkil etilishiga asos bo’lmoqda. Shu bilan birga, bu kapitalni O’zbekiston iqtisodiyotiga joylashtirmoqchi bo’layotgan xorijiy investorlar oldida ishonchli sherik tanlash va ularning moliyaviy holatini aniq baholash kabi jihatlari muammoli bo’lib turibdi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiy isloholotlarning liberallashtirishi natijasida turli mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish va ularga professional auditorlik xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisoboti tuzishning maqsadi – iqtisodiyoti modernizatsilash sharoitida xo’jalik sub’ektlar moliyaviy- xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o’rganish va uning natijalari bo’yicha auditorlik hisobotini tuzishdan iborat1(3-chizma).





3-Chizma :Respublikamizda auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi.

Auditor o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun avvalo, halollik, xolislik, kasbiy layoqat va odob, maxfiylik va albatta, mustaqillik tamoyillariga rioya qilishi shart. Keltirib o’tilgan bu tamoyillar O’zbekiston Respublikasi “Auditorlarning kasbga oida ahloq Kodeksi”da alohida qayd etilgan.


Auditor xo’jalik tizimining kuzatuvchi sifatida axborot xatarini kamaytirishi zarur. Bu vazifani bajarish tekshirish natijalariga va auditorning professional mulohaza yuritish qobiliyatiga asoslangan. Bu vazifani bajarish tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati (shu jumladan buxgalteriya hisobi va yillik buxgalteriya hisoboti) muayyan mezonlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida auditor o’z fikrini bildirishi bilan nihoyasiga etadi.
Bu vazifani bajarish uchun auditordan keng professional va hatto intellektual dunyoqarash, yuksak axloqiy fazilat va nazorat ishining ma’lum ko’nikmalari talab

1 Bitiruvchi talabaning mustaqil izlanishlari natijasi asosida, 2013 y


qilinadi. Kengaytirilgan dasturda amalga oshiriladigan audit juda murakkabligi sababli odatda nazorat-taftish tadbirlarini mutaxassislar guruhi bajaradi, mutaxassislarning har biri biror kasb sohasida chuqur bilimli bo’ladi. Masalan, savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovarshunoslar, iqtisodchilar, iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi mavjud bo’lsa, ma’lumotlarni informatsion texnologiya mutaxassislari kiritadi.
Umuman auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat samaradorligi va sifatini oshiradi, uni o’tkazish muddatini kamaytiradi, demak ko’rsatiladigan xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi.
Bunda aniq bir iqtisodiy sub’ektda auditni amalga oshirishga yuboriladigan mutaxassislarning aniq bir guruhi dalolat berish vazifasini uddalay olishi muhimdir. Bunday guruh a’zolari o’z bilimlari bilan bir-birlarini to’ldirib, bu sub’ektning qaysi tarmoqqa qarashligi va qaysi idoraga bo’ysunishidan, shuningdek mijozda hisob ishlari avtomatlashtirilgani darajasidan qat’iy nazar, talab qilinayotgan xizmatni bajarishga qodir bo’lishi lozim.
Audit korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga doir vazifalar bilan qo’shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham, ularning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi
«Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir.

Jamoatchilik istaklariga to’la rioya qilmaslik va tushuntirish ishlarining etarli emasligi





Yüklə 114,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə