Faxritdinovich


I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik hisobotini tuzishning nazariy – xuquqiy asoslari



Yüklə 114,67 Kb.
səhifə4/19
tarix11.12.2023
ölçüsü114,67 Kb.
#145775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Audit kurs ishi

I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik hisobotini tuzishning nazariy – xuquqiy asoslari





        1. Mamlakatimizda auditorlik tekshiruvlarini tashkil etishning

huquqiy asoslari


Mamlakatimizda keyingi paytlarda auditorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga (yangi tahriri) muvofiq «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» Vazirlar Mahkamasining Qarori tasdiqlandi. Buning natijasida malakali auditorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda auditorlik faoliyatini litsenziyalashda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’z navbatida auditorlar va auditorlik tashkilotlarini huquq va mas’uliyatlarini yanada oshirdi va ular o’rtasida raqobat kuchaydi.


Ushbu auditorlik faoliyatni rivojlantirish esa ko’p jihatdan nazariy, huquqiy- me’yoriy, amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirishga bog’liq. Bu borada so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatimizda auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlarni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida» 4-aprel 2007 yil 615-qarori qabul qilindi boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Natijada, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari aniqlandi.
Shuningdek, mamalakatimizda xo’jalik sube’tlarining o’tgan yilgi moliyaviy faoliyati va ularning barqarorligiga aniq baho berishimiz asosida ularning kelajakdagi istiqbollarini belgilashga sharoit yaratishimiz lozim. Bu holatni Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida “Biz bugun 2010 yil yakunlarini baholar ekanmiz,
avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror o’sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib qolayotganini qayd etishimiz zarur1” deb t’akidlaganlar.
Shunga qaramasdan, mamlakatimizda auditorlik faoliyatining rivojlanishi ancha murakkab va qiyin, ko’plab jihatlari bo’yicha esa sust hamda ziddiyatli kechmoqda Bunday holatnin sabablari auditorlik firmalarida buxgalteriya hisobining nazariy masalalari, huquqiy-me’yoriy hamda tizimli tartibga solishning boshqa imkoniyatlari etarli darajada amaliyotda ishlatilmayapti. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida turli mulkchilik shaklidagi auditorlik firmalarida moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish va ularga professional hisob xizmatlartni ko’rsatishni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bunday faoliyatning mavqeini yanada oshirish, avvalo auditorlik firmalarini tuzilishi va ularda ichki buxgalteriya hisobining huquqiy-me’yoriy tizimini iqtisodiy islohotlar talablariga mos ravishda rivojlantirishga bog’liq.
Hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo’yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o’tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon ham jamiyatida e’tirof etilgan o’zbek modelining xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarimizdan maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo’lmoqda.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik

1 Prezident I.A. Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasi. 7-bet.


tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin(1-chizma).

Yüklə 114,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə