2-Ma’ruza. O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi. Xuquqiy asoslari va nizomlari reja



Yüklə 222,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix21.10.2023
ölçüsü222,72 Kb.
#130315
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MARUZA



2-Ma’ruza. O‘ZBEKISTON O‘LCHASHLAR BIRLIGINI TA’MINLASH 
TIZIMI. XUQUQIY ASOSLARI VA NIZOMLARI
 
Reja: 
2.1.O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi 
2.2.Respublikada o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha munosabatlarni 
huquqiy tartibga solish sohasida hukumat qarorlari. 
2.3.O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining 
huquqiy asoslari 
2.4.O‘zbekiston o‘lchashlar birililigini ta’minlash davlat tizimi asosiy 
nizomlari 
2.5 Kattalik birliklarini qo‘llash tartibi. Xalqaro birliklar tizimi (SI).
2.6.Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar 
2.1. O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
tizimi 
O‘lchashlar birliligini ta’minlash har qanday mamlakat uchun muhim davlat 
vazifasi hisoblanadi. Mamlakatning barcha tadbirkor sub’ektlari ularning qanday 
mahkamaga qarashligi va mulkdorlik shaklidan qat’iy nazar, o‘lchashlar birliligiga 
rioya qilishi lozim. 
O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligi o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
tizimining faoliyati natijasida ta’minlanadi. 
O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT)
– bu 
O‘zbekiston Respublikasining xalq-xo‘jalik kompleksining samarali iqtisodiy 
rivojlanishi talablaridan kelib chiqqan, o‘lchashlar birliligiga erishish va uni asrash 
ilmiy-asoslangan, texnik maqbul va iqtisodiy maqsadga muvofiq me’yorlar, qoidalar 
va protseduralar tizimidir. 
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining asosiy nizomlari O‘z RST 8.001-
1998 “O‘z O‘DT. O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi. Asosiy nizomlar” da 
bayon etilgan. 
O‘z O‘BTT ning asosiy maqsadlari me’yoriy-huquqiy hujjatlarda quyidagicha 
belgilangan: 
– o‘rnatilgan qonun-tartiblarni, yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va 
manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya 
qilish; 
– o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish va ijara masalalari 
bo‘yicha boshqarish davlat idoralari bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solish; 
– O‘zbekiston xalq xo‘jaligi kompleksining barcha sohalarida o‘lchashlarning 
birliligi va talab etilgan aniqligiga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlarni 
yaratish; 


– O‘z O‘DT qoidalari, me’yorlari va protseduralarini xalqaro tashkilotlar va 
boshqa davlatlar o‘xshash tizimlarining tavsiyanomalari bilan uyg‘unlashtirib, 
xalqaro hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish; 
– metrologik faoliyat doirasidagi ishlarni xalqaro va hududiy darajalarda 
o‘zaro hamkorlik qilish va tan olishni ta’minlash; 
– tadbirkorlik sub’ektlari darajasida O‘z O‘BTT talablarini boshqa 
tizimlarning talablari bilan uyg‘unlashtirish.
Maqsadlardan kelib chiqqan holda, O‘z O‘BTT uchun quyidagi vazifalar 
qo‘yilgan: 
– milliy qoidalarni xalqaro qoidalar bilan uyg‘unlashtirish asosida 
davlatlararo munosabatlarning rivojlanishiga ko‘maklashish; 
– O‘z O‘BTT ni xalq xo‘jaligining ajralmas qismi sifatida rivojlanishini 
bashorat qilish; 
– o‘lchashlarning birliligini, talab etilgan aniqliligini, ishonchliligini 
ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning ilmiy va texnik imkoniyatlarini 
rivojlantirishda qatnashish, shuningdek o‘lchashlar metodlarini, o‘lchash 
vositalarini mukammallashtirish va ularning aniqligi, ish unumi va puxtaligini 
oshirishga ko‘maklashish.
O‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning ilmiy asosi metrologiya – 
o‘lchashlar to‘g‘risidagi fandan iborat. Bu fan uchta asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi: 
– metrologiya bo‘yicha milliy idora bajaradigan faoliyatga oid va birliklar, 
o‘chash metodlari, vositalari va o‘lchash labaratoriyalariga oid davlat talablarini 
qamragan qonuniy metrologiya; 
– amaliy metrologiya. Buning vazifasiga nazariy metrologiya ishlanmalarini 
va qonuniy metrologiya nizomlarini amalda qo‘llanish masalalari kiradi.

Yüklə 222,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə