Mashinalar puxtaligini oshirish usullari haqida umumiy malumotlar



Yüklə 64 Kb.
səhifə1/6
tarix19.10.2023
ölçüsü64 Kb.
#128005
  1   2   3   4   5   6
MASHINALAR PUXTALIGINI OSHIRISH USULLARI HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR


MASHINALAR PUXTALIGINI OSHIRISH USULLARI HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR

Reja:



1. Mashinalarni ishochlilikka sinashning reja va usullari
2.Mashinalarning ishonchliligini konstruktiv-texnologik yo’llar bilan oshirish.
3. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash.
4. Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning ishonchliligini oshirish.


Tayanch iboralar: Ishonchlilikka ta‘sir etuvchi omillar. Ishonchlilikni oshiruvchi va kamaytiruvchi omillar. Ishonchlilikni oshirish usullari: konstruktiv, texnologik, ekspluatatsion usullar, remont tadbirlar. Istiqbolli usullar.


1. Mashinalarni ishochlilikka sinashning reja va usullari
Qishloq xo’jaligi texnikalarini doimo takomillashtirib borish hayot taqozosidir. Chunki har bir soha shu tariqa rivojlanadi. Shunga ko’ra sinash va nazorat qilishning asosiy maqsadi, texnikalarning ishonchlilik ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni me’yoriy ko’rsatkichlariga solishtirishdan iborat.
Maxsus GOST 16504-74 da ko’rsatilishida 40 dan ko’proq sinash turlari mavjud. Agar ularni katta bo’laklarga bo’lib ko’rasatsak, sinash turlarini uch qismga ajratish mumkin: tadqiqot ishlaridagi sinash, diagnostika qilish va nazorat sinashlari (4.1 rasm)

Mashinalarni sinash



Tadqiqot ishlarida
sinash

Texnik diagnostika qilish

Nazorat uchun sinash



Stendda


Amaliy sharoitda

Ekspert


rasm. Sinash turlari va usullari

Mashinalarni ishonchlikka sinash, rejalari, amaldagi davlat standarti bo’yicha beshga bo’linadi va ular shartli ravishda quyidagicha belgilanadi:




[NIN]; [NIr]; [NIT]; [NRr]; [NRT].
Bu rejalarni xususiyatlari quyidagilardan iborat:
[NIN] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilishlar soni N ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi. Bunda buzilgan obyektlar almashtirilmaydi va qayta tiklanmaydi.
[NIr] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar almashtirilmaydi, buzilishlar soni qachon r ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi.
[NIT] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtirilmaydi va qayta tiklanmaydi. Tvaqt tugashi bilan kuzatish to'xtatiladi.
[NRr] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, qachon buzilgan obyektlarning soni r ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi.
[NRT] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, T vaqti tugashi bilan kuzatishlar to'xtatiladi.



Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə