Agregat va mashinalarni xo‘rda qilish va sinashning asosiy texnologik jarayonlari



Yüklə 280,46 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü280,46 Kb.
#137119
  1   2   3   4   5   6
3-ma\'ruza


Agregat va mashinalarni xo‘rda qilish va sinashning asosiy texnologik jarayonlari
Zamonaviy mashinalarida foydalaniladigan va boshqa ko‘pgina mashinalari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar, detallar, tutashmalar, uzellar, mexanizmlar va agregatlardan tashkil topgan. Foydalanish va saqlash mobaynida hamda tashish chog‘ida mashinalar va ayrim elementlarining texnik ahvoli muqarrar ravishda yomonlashadi. Tutashmaning asosiy ish detallari yyeyiladi yoki toliqib yemiriladi, boshlang‘ich geometrik parametrlarini yo‘qotadi, ularning o‘chamlari zanjiri buziladi.
Mashinalarning mexanizmlari va tizimlari asta-sekin yemiriladi. Tutashmaning agressiv muhitda va har xil haroratlarda ishlaydigan detallari qurum bilan qoplanadi, elektr kimyoviy yemiriladi. Baklar, filtrlar, moy va yonilg‘i naychalari ifloslanib, korroziya (zanglash) ta’sirida yemiriladi.
Sovitish tizimining detallari qasmoq (nakip) bilan qoplanadi. Moylar o‘zining boshlang‘ich xususiyatini yo‘qotadi va hokazo. Mazkur mashinalar texnik ahvolining asta-sekin yomonlashib borishidek murakkab fizik jarayon mashinaning eskirish jarayoni deb ataladi.
Mashinaning eskirish tezligini eskirishning oldini olish choralarini ko‘rish (texnik xizmat ko‘rsatish, yaxshilab chiniqtirish) orqali kamaytirish mumkin.Ammo mashinaning “eskirishi”ga batamom barham berish mumkin emas. Bu jarayon muqarrar bo‘lib, vaqt bo‘yicha uzluksizdir. Faqat mashinaning o‘zi emas, balki uning har bir elementi (detali) ham eskiradi. Bunday eskirish natijasida vaqt o‘tishi bilan tutashma yoki mexanizmdagi ayrim detallarning resursi tugaydi, oqibatda mashina ishlamay qoladi va ishlash qobiliyatini yo‘qotadi.
Mashinaning tuzilishidagi xususiyatlar, uning ish sharoitining xilma-xilligi va o‘zgarib turishi ayrim elementlar resurslari orasidagi farqning ancha katta bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli mashinalari tez-tez ishlamay qoladi, bu ishlamay qolishlarning qonuniyatlari esa ehtimolliklar nazariyasi qonunlariga bo‘ysunadi.
Ishonchlilik nazariyasida ishlamay qolishlar ularning kelib chiqish sabablariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:

  1. Asta-sekin ishlamay qolishlar;

  2. To‘satdan ishlamay qolishlar.

Asta-sekin ishlamay qolishlarga asosan detallaring tabiiy yeyilishi sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham ularni ancha oldindan to‘g‘ri bashorat qilish mumkin.
Dizelli dvigatelning ko‘p uchraydigan ishlamay qolishlariga karter moyining ortiqcha sarf bo‘lishini, moylash tizimidagi bosimning pasayishini, detall va tutashmalarning chekli yeyilishi misol qilib ko‘rsatish mumkin.
To‘satdan ishlamay qolishlar ma’lum sabablar (ayrim joylari o‘ta qizib ketishi oqibatida detallaring toliqib yemirilishi va hokazo) tufayli yuz beradi. Ammo bu sabablarni, odatda, oldindan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun mazkur sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlamay qolishlar, mashinadan foydalanuvchi nuqtayi nazarida, to‘satdan yuz beradi. Shu bois ular to‘satdan ishlamay qolishlar deb yuritiladi.
Detallaring sinishi, blok kallagi qistirmasining teshilishi, klapanlaring taqillashi, ilashish muftasi disklarining qiyshayishi va shu kabilar to‘satdan ishlamay qolishlarga misol bo‘la oladi.
Ishlamay qolishlarni bunday ikkiga bo‘lib o‘rganish ishlab chiqarish hamda ta’mirlash korxonalarining ishchi-xizmatchilariga ishlamay qolishlar paydo bo‘lishining haqiqiy sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, asta-sekin va to‘satdan ishlamay qolishlarga oid ma’lumotlari ishlashda ularning taqsimlanishiga doir har xil qonunlardan foydalaniladi.
Muhandis-mexanizator nuqtayi nazaridan ishlamay qolishlarning, ulari bartaraf etishni aniqlash usulini, shuningdek, shu bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt, mehnat va pul mablag‘lari sarfini aniqlash imkonini beradigan tasnifi ahamiyatga molik.
Ayrim elementlarning resurslari ancha tarqoqligi tufayli mazkur ish davrida chidamliligi eng kam bo‘lgan detall yoki tutashmaning ishdan chiqishi oqibatida mashinaning ishlash qobiliyati muqarrar ravishda yo‘qolishi mumkin. Bunda, odatda, mashinaning qolgan hamma elementlari ishga yaroqli holatda va muayyan qoldiq resursga ega bo‘ladi.
Ishlamay qolish yuz berganda mashinaning ishlash qobiliyatini bir-biridan farq qiluvchi ikki usul bilan qayta tiklash mumkin. Agar ishlamay qolishni bartaraf etish uchun ko‘pgina qismlarga ajratish-yig‘ish va rostlash ishlarini bajarish talab qilinmasa, mashinaning ishlash qobiliyatini tiklash usuli va uning qoldiq resursi (ishdan chiqqunga qadar) avvalgidek qoladi.
Ishlamay qolishni bartaraf etishning bu usuli sodda bo‘lsada, xizmat ko‘rsatuvchilaring yuqori malakali bo‘lishini yoki murakkab uskunalarni talab qiladi.
Ishlamay qolishni bartaraf etishning bu usuli to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chaning o‘zida yoki davlat xo‘jaligining ustaxonasida amalga oshirilishi mumkin. Bu usul detall va tutashmalarning resurslaridan to‘liq foydalanilishi bilan katta afzallikka ega.
Mashinalarning ishlash qobiliyatini tiklashning bunday usuli o‘zining texnik mazmuniga va mavjud atamalarga muvofiq ishlamay qolishlarni bartaraf etish deb ataladi. Shu usul bilan bartaraf etish maqsadga muvofiq bo‘lgan hamma ishlamay qolishlar esa ekspluatatsion ishlamay qolishlar deb yuritiladi. Ammo mashinaning yoki uning ayrim elementlarining ishlamay qolishlarini har doim ham yuqorida keltirilgan usul bilan bartaraf etish maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Ba’zi hollarda ishlamay qolishlarni bartaraf etish uchun qismlarga ajratish-yig‘ish, moylash, rostlash, chiniqtirish kabi ko‘plab ishlari bajarishga to‘g‘ri keladiki, ularning narxi ishdan chiqqan detall yoki tutashmaning narxidan bir necha baravar yuqori bo‘ladi. Bu holda buzilgan detalni almashtirish va faqat mashinaning ishlash qobiliyatini tiklash bilan cheklanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi. Shuning uchun mashinani (agregatni) tez-tez qismlarga ajratmaslik va yig‘maslik hamda bu ishlardan kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning (tutashmalarning qayta siyqalanishi, mashina chidamliligining pasayishi, qismlarga ajratish-yig‘ish va boshqa ishlari narxining yuqoriligi) oldini olish maqsadida mashinaning ishlash qobiliyati bilan bir qatorda uning ta’mirlashlararo resursini ham saqlash zarur. Buning uchun mashina qismlarga ajratilib, yuvilgandan keyin barcha detall va tutashmalarning texnik holati aniqlanadi (nuqsonli-nuqsonsizga ajratiladi) hamda ulardan qoldiq resursi ta’mirlashlararo qoldiq resursidan kam bo‘lganlari almashtiriladi.
Ishlamay qolishlarni bartaraf etishning bunday usuli murakkabroqdir uni o‘tkazish uchun odatda maxsus asboblar, chiniqtirish va rostlash stendlari, malakali mutaxassislar, ya’ni zamonaviy ishlab chiqarish sharoiti kerak bo‘ladi. Shu sababli mashina yoki ayrim uzel va agregatlarning ishlash qobiliyatini bunday usul bilan maxsus ta’mirlash ustaxonalarida tiklash maqsadga muvofiqdir. Bu usulning afzalligi shundaki, bunda mashina (agregat)ning ta’mirlashlararo resursi tiklanadi va uning ishonchliligi darajasi oshiriladi.
Mashinalarda eng ko‘p sodir bo‘ladigan ana shunday ishlamay qolishlarga ish vaqtida salnik va zichlaralardan suyuqlik chiqishini, blok kallagi qistirmasining kuyishini, porshen halqalari yeyilishi tufayli karter moyining ortiqcha sarf bo‘lishini, klapanlaring taqillashini, moy filtrlari va havo tozalagichning, yonilg‘i filtrlarining tiqilib qolishini, yurish qismi detallarining chekli yeyilishi va shu kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Resurs bo‘yicha ishlamay qolishlarga o‘zak va shatun vkladishlarining, tirsakli val bo‘yinlarining hamda gilza va porshenlarning uzatmalar qutisi va orqa ko‘prik shesternya hamda podshipniklarining chekli yeyilishi, taqsimlanish tartibotlarining buzilishi va boshqalar kiradi.
Ishlamay qolishlarning ularni bartaraf etishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ikki turga bo‘linishi har bir mashina turi uchun ekspluatatsiya va resurs bo‘yicha ishlamay qolishlarning asoslangan sabablari ro‘yxatini tuzish, agar ular paydo bo‘lishining ehtimoliy davriyligi ma’lum bo‘lsa, bevosita xo‘jaliklarda va ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalarida bajariladigan ishlarning hajmi hamda narxini rejalashtirish imkonini beradi. Shuningdek, ishlamay qolishlarning yuqorida aytilgan turlarga ajratilishi, ishlamay qolishlarni bartaraf etish, ta’mirlash tushunchalarini aniq ta’riflash imkonini ham beradi.
Mashina (uzel, agregat) ning ishlash qobiliyatini tiklash texnologik jarayoni ishlamay qolishlarni bartaraf etish deb yuritiladi. GOST 18322–97 ga ko‘ra, mashina (uzel, agregat) ning ishlash qobiliyati, sozligi va ta’mirlashlararo resursini tiklash texnologik jarayoniga ta’mirlash deb aytiladi.
Ishlamay qolishlarning ekspluatatsiya va resurs bo‘yicha ishlamay qolishlarga bo‘linishi mashinaning va ayrim elementlarining buzilmasdan ishlash va chidamlilik ko‘rsatkichlarini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. GOST 27.002-97 ga ko‘ra, ish1amay qolishi – ob’yektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo‘lgan hodisa.
Ishlash qobiliyatining buzilishi sabablarini bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin. Bu guruhlardan biri yaqqol, so‘zsiz ishlamay qolishidir. Bunday ishlamay qolishlarga mashinalari terish apparatlaridagi pastki tayanchlarning, dvigatellarning tiqilib qolishi, shpindelli barabanlarni yurgizish kinematik zanjirining yoki uning ayrim mexanizmlarining buzilishi, loaqal bitta g‘ildirak shinasi ishlash qobiliyatining buzilishi, mashinaning hech bo‘lmasa bitta uzatmasining ishdan chiqishi, yonilg‘i, moy yoki sovituvchi suyuqlikning chiqishi kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Yaqqol va so‘zsiz ishlamay qolishlardan tashqari, shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, bunda jiddiy ishlamay qolishlarni keltirib chiqaradigan sabablari bartaraf etish maqsadida mashina to‘xtatishi kerak bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiradi: bitta detalni mahkamlab turgan bolt yoki gaykalar qattiqligining 20 foiz (va bundan ortiq) bo‘shashib qolishi; mexanizmlaridagi begona shovqinlar (taqillash, g‘ichirlash va hokazo); moy va yonilg‘ining (daqiqasiga uch tomchidan ortiq) hamda sovituvchi suyuqlikning (daqiqasiga 10 tomchidan ziyod) tomchilashi; asosiy detallarning oxirgi holatga kelishi (masalan, shpindelli baraban korpus detallarining, uzatmalar qutisi, dvigatel blokining darz ketishi, shpindellar o‘qdoshligining buzilishi, vallar, roliklar, shlitsalarning egilishi, separatorlar, podshipniklarning yemirilishi va boshqalar).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ishlamay qolish – ob’yektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo‘lgan hodisa. Davlat standartida ishlamay qolishlarni quyidagicha tasniflash ko‘zda tutilgan:
Resurs bo‘yicha, bog‘liq bo‘lmagan, bog‘liq bo‘lgan, to‘satdan, asta-sekin, yaqqol, yashirin, konstruktiv ishlab chiqarish va ekspluatatsion ishlamay qolishlar. Shuningdek, unda ishlamay qolish mezoni atamalari, ishlamay qolish sabablari va oqibatlari ham keltiriladi.
Resurs bo‘yicha ishlamay qolish natijasida ob’yekt oxirgi holatga keladi. Ishlamay qolishlarni muntazam, to‘liq va qisman ishlamay qolishlarga ajratish ham qabul qilingan.

Yüklə 280,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə