Agregat va mashinalarni xo‘rda qilish va sinashning asosiy texnologik jarayonlari



Yüklə 280,46 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü280,46 Kb.
#137119
1   2   3   4   5   6
3-ma\'ruza

Muntazam ishlamay qolish deganda ko‘p marta takrorlanadigan ishlamay qolish tushuniladi. Bunga ob’yekt loyihasidagi nuqsonlar, uni tayyorlash jarayonining buzilishi, past sifatli ashyolardan foydalanilishi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘ladi. Muntazam ishlamay qolishni yuzaga keltirgan sababni aniqlash va bartaraf etish mumkin. Bunday ishlamay qolishlar ko‘pincha loyihalashdagi kamchiliklar tufayli yuz beradi. Shuning uchun ular konstruksion ishlamay qolishlar deb yuritiladi. Ishlamay qolishlar, masalan, loyihalovchi tasodifiy o‘ta yuklanishlarni hisobga olmaganda, detallarning ashyolari noto‘g‘ri tanlanganda, tutashmalarning o‘tkazilishi ish sharoitiga mos kelmaganda yuz berishi mumkin va hokazo.
Qisman (texnologik) ishlamay qolish sodir bo‘lganda ob’yektdan o‘z vazifasi bo‘yicha, ammo kamroq samara bilan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday ishlamay qolishlar texnologik jarayonlar (masalan, mexanik jarayon va termik ishlov berish jarayoni): detallarni tayyorlash va tiklash texnologik jarayonlari noto‘g‘ri tanlanishi yoki detallarni tayyorlash (tiklash), butun mashinani yoxud uning tarkibiy qismlarini yig‘ish, rostlash, siyqalantirish hamda sinash texnologik ketma-ketligi buzilishi natijasida yuz beradi. Bunday ishlamay qolishlar ashyolari noto‘g‘ri tanlash, ular xossalarining barqaror emasligi oqibatida ham ro‘y berishi mumkin.
To‘liq (ekspluatatsion) ishlamay qolish odatdagi sharoitda, ya’ni texnikadan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalariga amal qilinganda ham, ularga rioya qilinmaganda ham yuz beradi. Masalan, xizmat ko‘rsatuvchilar noto‘g‘ri ishlaganlarida va ularning malakasi past bo‘lganda (mashina noto‘g‘ri ishga tushirilganda, undan ruxsat etilmagan o‘ta yuklanishlarda foydalanilganda va hokazo) shunday bo‘ladi. Bu ishlamay qolishlar mashinaning tuzilishi ish sharoitiga mos kelmaganda ham vujudga kelishi mumkin.
Ishlamay qolish va shikastlanishga mos ravishda ularing mezonlari, sabablari, belgilari (paydo bo‘lishi), xarakteri va oqibatlari ko‘rib chiqiladi:

  1. ishlamay qolish mezonlari. Ob’yektning ishga yaroqli holati berilgan parametrlar ro‘yxati va ular o‘zgarishining ruxsat etilgan chegaralari bilan belgilanadi. Ishlamay qolish mezonlari ob’yektga oid ilmiy-texnik hujjatlarda ko‘rsatiladi;

  2. ishlamay qolish sabablari. Ishlamay qolish sabablari loyihalashda, ishlab chiqarishda va ta’mirlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ishlatish qoidalari va me’yorlarini buzish, har xil shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy yeyilish hamda eskirish jarayonlari bo‘lishi mumkin;

  1. ishlamay qolish (shikastlanish) belgilari deb ob’yektning ishga yaroqsiz holati uchun xos bo‘lgan hodisalar yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning kuzatuvchining sezgi organlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Masalan, dvigatel ishlayotganida ma’lum shovqin va taqillashlarning paydo bo‘lishi, asboblardan foydalanish koeffisiyentining o‘zgarishi va boshqalar shular jumlasidandir;

  2. ishlamay qolish xarakteri deganda ob’yektdagi ishlamay qolish bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan o‘zgarishlar tushuniladi. Masalan, simning uzilishi, detallarning deformatsiyalanishi va hokazo;

  3. ishlamay qolish oqibatlariga ishlamay qolish yuz bergandan keyin paydo bo‘ladigan hodisalar, voqealar va jarayonlar kiradi. Chunonchi, dvigatelning to‘xtab qolishi, sovitkich muzining erishi va hokazolar. Ishlamay qolishning ayrim oqibatlari ayni chog‘da uning belgilari bo‘lishi ham mumkin.

Bartaraf etilishining murakkabligiga qarab ishlamay qolishlar oddiy va murakkab xillarga bo‘linadi. Oddiy ishlamay qolishlarga asbob va anjomlar yordamida tiklash mumkin bo‘lgan ishlamay qolishlar (masalan, uzellarni mahkamlash boltlarining uzilishi yoki bo‘shashib qolishi va hokazo), murakkab ishlamay qolishlarga esa detallarning yeyilishi, darz ketishi hamda sinishi kiradi.
Ishlamay qolishlar paydo bo‘lish tarziga ko‘ra asta-sekin, to‘satdan, o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘ladigan, turg‘un va boshqa ishlamay qolishlarga ajratiladi:

  1. asta-sekin ishlamay qolish element parametrlarining uzoq vaqt asta-sekin o‘zgarib borishi natijasida paydo bo‘ladi (chunonchi, tutashmalardagi haroratning ortishi);

  1. to‘satdan ishlamay qolish kutilmaganda, bir zumda (masalan, buyumning ichida va tashqarisida ta’sir qiluvchi yuklanishlarning to‘satdan ko‘payib ketishi natijasida) yuz beradi;

  2. o‘zidan o‘zi bartaraf bo‘ladigan ishlamay qolishlar birorta shaxsning aralashuvisiz bartaraf bo‘ladi (masalan suv tushishi natijasida tormozlarning ishlamay qolishi, yonilg‘i naychalarining vaqtincha tiqilib qolishi);

  3. turg‘un ishlamay qolishlar xizmat ko‘rsatuvchilar aralashganidan keyingina bartaraf bo‘ladi;

  4. bog‘liq bo‘lmagan ishlamay qolishlar ishlamay qolishlar ta’siridan tashqari, har qanday sabab tufayli yuz beradi;

  5. bog‘liq bo‘lgan ishlamay qolishlar boshqa elementlar ishlamay qolishi tufayli ro‘y beradigan ishlamay qolishlardir. Masalan, klapanning uzilishi silindr-porshen guruhining, binobarin, butun dvigatelning ishlamay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.


  6. Yüklə 280,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə