Metal yuzalarining yeyilishi polimer rezina va ishqalanuvchi juftlikning yeyilishi Polimer va rezinaning yeyilish mexanizmi



Yüklə 15,11 Kb.
səhifə1/3
tarix09.06.2023
ölçüsü15,11 Kb.
#116359
  1   2   3
Metal yuzalarining yeyilishi polimer rezina va ishqalanuvchi juftlikning yeyilishi


Metal yuzalarining yeyilishi polimer rezina va ishqalanuvchi juftlikning yeyilishi


Polimer va rezinaning yeyilish mexanizmi
Polimer va rezinaning metall yuzalari bilan o’zaro ta'sirlashuvi mexanikaviy yoki molekulyar bo’lishi mumkin. Bunda yuza notyokisligining ilashuvi katta rol uynaydi. Chunki metall yuzalarining notyokisligi ta'sirida polimer yuza qatlami plastik deformasiyalanadi va kontakt maydoni sonini ortirish bilan ilashuv sonini ham ortiradi. Bu ikkinchi bir bor aktiv qatlamning plastik deformasiyasini rivojlantiradi. Natijada ishqalanish kuchi ortadi. Agar material elastik bilsa (masalan: rezina), unda metall yuzalari g’adir-budirligining boshqa bir xil sharoitida bunday ta'sir qilmaydi. Chunki plastik deformasiya bo’lmasa siljish uchun kamroq ish sarflanadi.
Agar adgeziya sezilarli bo’lsa, unda yemirilish polimerdagi kabi metallda ham boshlanadi. Natijada materialning zarralari bir biriga o’tadi. Yeyilish mexanizmi nuqtai nazaridan termoplastlar orasida politetraftaretilen (PTFE) ko’proq qiziqish uyg’otadi. Silliq po’lat yuzasida kichik tezlikda sirpanganda, polimerni po’lat sirtiga o’tib yupqa parda xosil qilishi kuzatiladi. Bunda parda ichida molekulalar zanjiri sirpanish yo’nalishida joylashib qoladi. Bu sirtda polimerning siljishi davom etgani bilan, uni bu sirtga o’tishi sezilarsiz bo’lib qoladi.
Po’lat yuzasining g’adir-budirligi Ra  0,1 mkm bo’lsa, PTFE jadal yeyila boshlaydi, ishqalanish koeffisienti ham ortadi. Bunday holat -200 S haroratgacha kuzatiladi. O’ta qattiq material qo’llaniladigan joyda polimer materiallari ishqalanish yuzalari uchun qoplama yoki qoplash materiali sifatida qo’llash samaralidir. Ba'zi bir polimerlar, ular yuzasidan zarralar ajralib chiqquncha katta energiyani yutishi mumkin. Polimerlarning bu xususiyatidan flotasion qurilmalarining rotori va statorini yemirilishga chidamliligini oshirishda qo’llaniladi. Polimerlarning avzalliklaridan yana biri, ular korroziyaga chidamliligidir (korroziyalanmaydi).
Polimer materiallarining ishqalanishini kamaytirish va yeyilishini pasaytirish uchun unga har xil aktiv moddalar qo’shiladi. Ular ishqalanish vaqtida ishqalanayotgan juftlarning ishchi yuzalari bilan ta'sirlashadi.
Metall va polimer materiallari orasidagi ishqalanishga harorat ta'sir etadi. Harorat ortishi bilan materialning elastik va plastik xossalari yomonlashadi. Haroratga bog’liq holda uni tarkibidagi organik bog’lovchilarning buzilishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, plastmassani metallga adgeziyasi yuqoridir. Harorat ortsa adgeziya kuchayib boradi. Adgeziyasi past plastmassalarda, harorat ortgani bilan ishqalanish kuchi sezilarli ortmaydi.
O’ta elastik materiallar, ishqalanish natijasida xosil bo’ladigan yuza qatlamlarini buzilishidan zararlanadi. Kam elastik materiallar mikroqirqilish, tirnalish, qatlamlanish va ko’chish oqibatida zararlanadi.
Kimyoviy faktorlar yeyilish jarayoniga o’zgacha ta'sir etadi. Polimer yuzasi zararlanganda, alohida molekulyar zanjirlar buzila boshlaydi, undan ajralib chiqqan erkin atomlar holatida bo’lgan elementlar metall bilan kimyoviy o’zaro ta'sirlashadi. Xosil bo’lgan birikma buzilib, yana yangitdan xosil bo’lib (tiklanib) turadi.
Metallmas materiallrning metall bilan xosil qilgan juftliklaridagi yeyilish jarayoni, metalli material juftligidagidan farq qilmaydi.



Yüklə 15,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə