Agregat va mashinalarni xo‘rda qilish va sinashning asosiy texnologik jarayonlari


Ishlamay qolishlar tashish, saqlash, ishlash va sinash chog‘larida kuzatiladi



Yüklə 280,46 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü280,46 Kb.
#137119
1   2   3   4   5   6
3-ma\'ruza

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Guruh
Ishlamay qolishlar tashish, saqlash, ishlash va sinash chog‘larida kuzatiladi. Davrga ko‘ra siyqalanish, me’yorida ishlash va falokatli yeyilish chog‘idagi ishlamay qolishlar bo‘ladi. Oqibatlariga ko‘ra – xavfli (rul boshqarmasi, tormozning ishlamay qolishi) va xavfsiz ishlamay qolishlar farq qilinadi. Shuningdek, yaqqol va ochiq ishlamay qolishlar ham bo‘ladi.

Yeyilish turlari. Yeyilish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar mexanik, fizik-kimyoviy, issiqlik va elektr omillariga bo‘linadi. Yeyilish turlari ham xilma-xil bo‘lib, ular ishqalanish omillarining turlicha qo‘shilib kelishiga bog‘liqdir.
Yeyilish mashina detali ashyosining yoki boshqa elementining (bo‘yog‘i, moyi) asta-sekin yemirilish jarayoni bo‘lib, element ishqalanganda yoki tashqi muhit bilan boshqacha tarzda o‘zaro ta’sirlashganda yuz beradi.
2.1-jadval
Mashinalardagi tutash detallar yeyilishining asosiy turlari

Guruh

Yeyilish turining nomi

Yeyilish turini ifodalaydigan asosiy jarayon

Mexanik

Zarrachalardan yeyilish

Qattiq zarralar yoki jismlar ta’sirida qirqish, tirnalish

Qayishqoq deformatsiyalanish

Sirtqi qatlamning oqishi, uzatiladigan yuklanish ta’sirida makrodeformastiyalanish

Mo‘rt yeyilish

Sirtqi qatlamning mo‘rtligi tobora oshib borishi (masalan, parchalanish oqibatida), keyin uning yemirilishi (ba’zan siklik tarzda kechadi)




Toliqib yeyilish

Toliqib yemirilishni keltirib chiqaruvchi takroriy deformatsiyalanish (xususan, kichik siklli)

Molekular mexanik

Yopishib qolish natijasida yeyilish

Molekular ilashib qolish va ko‘ chirish, bog‘lanishlaring buzilishi, zarralaring yulinib chiqishi

Issiqdan yeyilish

Shuning o‘zi



Korrozion mexanik

Korroziya (zanglash) ta’sirida yeyilish

Metalining muhitdagi tajovuz (agressiv) kimyoviy elementlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi mahsullarining hosil bo‘lishi va ularning mexanik tarzda chiqib ketishi

Oksidlanish natijasida yeyilish

Shuning o‘zi




Freting-korroziya

Metallning oksidlanishi va ana shu oksidlar ta’sirida yeyilishi

Natijada uning xossalari (qattiqligi, qayishqoqligi, tuzilishi, kimyoviy tarkibi va shu kabilar) o‘zgaradi. Yeyilishga chidamlilik ashyoning muayyan ishqalanish sharoitida yeyilishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati bo‘lib, yeyilish tezligi yoki jadalligiga teskari bo‘lgan kattalik bilan baholanadi.


Yeyilish turlarining uch guruhini: mexanik, molekular-mexanik va yemirilish (korroziya) - mexanik yeyilishlarni o‘z ichiga oladi.

  1. Mexanik yeyilishlarda ishqalanuvchi detallar sirtlarida sof mexanik hodisalar: ashyoning qirqilishi, zarralarning sinib ajralishi, qayishqoq deformatsiya va shu kabilar yuz beradi.

  2. Molekular-mexanik yeyilishlar ishqalanuvchi sirtlarning ayrim qismlarida ashyolarning ilashib (yopishib) qolishi, keyin bu joylarda metallning yemirilishi hodisasi bilan bog‘liqdir.

  3. Korrozion-mexanik yeyilishlarda ishqalanuvchi sirtlarda oksid pardalari, kimyoviy birikmalar hosil bo‘ladi, keyin bu birikmalar mexanik tarzda yemiriladi.

Yeyilish ilashib qolish natijasida yeyilish, oksidlanish natijasida yeyilish, issiq ta’sirida yeyilish, abrazivdan yeyilish va chechaksimon yeyilishga bo‘linadi.


  1. Yüklə 280,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə