Agregat va mashinalarni xo‘rda qilish va sinashning asosiy texnologik jarayonlari


Mashina detallarining ishqalanish va yeyilishga sinash usullari



Yüklə 280,46 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü280,46 Kb.
#137119
1   2   3   4   5   6
3-ma\'ruza

Mashina detallarining ishqalanish va yeyilishga sinash usullari.
Ishqalanish va yeyilishga sinash uchun yaratilgan mashinalar tuzilishi va ishlash asosiga ko‘ra juda xilma-xildir. Odatda ular ish rejimlarini yetarli katta diapazonda o‘zgarishini ta’minlab beradi, chunki ishqalanish va yeyilishga sinovlar oxirgi natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi juda ko‘p omillarni hisobga olishni talab qiladi.
Friksion xossalar sinalayotgan juftlikning faqat materialigagina bog‘liq bo‘lmay, balki ishqalanish uzelining tuzilishiga ham bog‘liq. Odatda tajribada to‘rt bosqichni o‘z ichiga olgan ko‘p bosqichli sinov sxemasi ishlatiladi (2.2-jadval).
Ishqalanish va yeyilishga sinov usullari keltirilgan. Mashinalarning aniq modellari kerakli sinov turlarini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar (qo‘shimcha ishqalanish sxemalari olish qurilmalari, namuna yoki kontrjism (kontrtela) ga qo‘shimcha harakat yaratish, titrash (vibratsiya) va zarbalar hosil qilish, harorat, yeyilishni o‘lchash va qayd qilish, sinov jarayonini avtomatlashtirish va h.k.) bilan ta’minlangan.
Mashina detallarini ishqalanish va yeyilishga sinash uchun qanday mashinalar ishlatilishini ko‘rib chiqamiz.
SMS-2 ishqalanish mashinasi sirpanib dumalash, sirpanishsiz dumalash va sirpanib ishqalanish vaqtida moy sharoitida va usiz ishqalanish hamda yeyilish jarayonlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. SMS-2 ishqalanish mashinasining prinsipial sxemasi disk- disk juftini sinash vaqtida berilgan.



2.2-rasm. Mashina detallarini ishqalanish va yeyilishga sinash usullari

Pastki sinalayotgan namuna 10 ponatasmali (klino-remennaya) uzatma 1 orqali elektrdvigatel 2 yordamida aylantiriladi. Ponatasmali uzatma 1 o‘zgartiriluvchi shkivlar va z0, z, shesternyalar bilan ta’minlangan. Yuqoridagi namuna 9z0, z2 shesternyalar va almashtiriluvchi juft z3, z4 bilan aylantiriladi. Berilgan sirpanish koeffisiyenti z3, z4 jufti yordamida belgilanadi.




Yüklə 280,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə