Автотранспортлни ишлатиш ва таъмирлаш йыналиши быйича ы=ув амалиёти =ыллнмаси



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə1/6
tarix13.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#127745
  1   2   3   4   5   6
KSHM ni ajratish va yig\'ish





  1. MAVZU: « Krivoship - shatun mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish .»




  1. MAQSAD: O‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash faoliyati va asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyati, mexanizm va agregatlarni ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.




  1. O‘QUV SOATLARI: 6 soat (240 daqiqa).




  1. MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:

    • Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;

    • Dvigatelning KSHMni tartibli ketma-ketlikga asoslanib, texnik talablarga rioya qilib to‘g‘ri qismlarga ajratish va yig‘ish;

    • Asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish.




  1. MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;




  1. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:

Mexanizmni qismlarga ajratish va yig‘ishda quyidagilarga e’tibor beriladi:

    • birikish holati;

    • ishlov berilgan yuzalar tozaligi;

    • birikish va o‘rnatish holatlari;

    • detallar qanday sharoitda ishlashi va qanday yuklanishlarda bo‘lishi;

    • muhofazalovchi zichlagichlarning tuzilishi va o‘rnatilishi;

    • ishqalanuvchi yuzalarga moy yuborish joylari;

    • mexanizmning rostlash detallarini joylashishi.

KSHMning vazifasi yonilg‘i aralashmasining yonishidan hosil bo‘lgan gaz bosimi hisobiga, porshenning ilgarilanma-qaytma harakatini, tirsakli valning aylana harakatiga o‘zgartirib berishdan iborat. KSHMning detallari ikki guruhga ajratiladi. qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi.


Qo‘zg‘almas guruhga silindrlar bloki 1, kallagi 11 bilan, oldingi va ketingi qopqoqlar 8 mahkamlovchi va zichlovchi detallar; qo‘zg‘aluvchi guruhga porshen guruhi 12, shatun 13, tirsakli val 4 va maxovnik 10 kiradi.
Silindrlar bloki dvigatelning asosi sanaladi, uning ichida dvigatelning asosiy mexanizmlari va tizim detallari joylashgan. Silindrlar bloki kulrang cho‘yan (ZIL-130, KamAZ-5320) yoki aluminiy qotishmasidan (TICO, DAMAS, MATIZ, NEXIA) quyib tayyorlangan. Quyma murakkab quti shaklida amalga oshirilgan.








Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə