Mashinalar puxtaligini oshirish usullari haqida umumiy malumotlar



Yüklə 64 Kb.
səhifə2/6
tarix19.10.2023
ölçüsü64 Kb.
#128005
1   2   3   4   5   6
MASHINALAR PUXTALIGINI OSHIRISH USULLARI HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR

Sinash usullari
Mashinalarni ishonchlilik ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan sinashlar quyidagi usullari mavjud: dala (xo’jalik) sharoitidagi sinashlar va tezkorlik bilan sinashlar.
Xo’jalik sharoitida sinashlar mashinalarning sinash usullarini asosiysi hisoblanadi. Ammo agrotexnik muddatlar chegaralanganligi sababli, mashinalar mustahkamligini qisqa muddatda baholash mumkin emas, bu bois tezkorlik bilan o’tkaziladigan sinash usullaridan foydalaniladi.
Tezkorlik bilan sinashlar quyidagilarga bo’linadi: stendda (dastgoh yoki qurilmalarda), poligon va tahlil qilish bilan.
Tezkorlik bilan sinashlarning qaysi birini tanlashda texnik vositalarning mavjudligi, olinadigan natujalarning muddati va aniqligiga hamda matematik ta’minlanishiga e’tibor beriladi.
Stendlarda sinashlar statsionar uskunalarda maxsus yuklagich yordamida o’tkaziladi.Yuklagich qurilmalari dala, ishlatish va asosiy ish jarayonlarini takrorlaydi.
Poligonda sinash harakatdagi mashinalar uchun maxsus dalada yoki yo’lda o’tkaziladi.
Bunda dala yoki yo’lda sinaladigan mashinalarga ta’sir qiluvchi barcha yuklanishlarni o’xshatib qo’yiladi. Bunda tuproq, yo’l va tortish qarshiligi ta’minlanadi.
Haqiqiy vaqt masshtabida, ish sharoiti va texnologik materiallarni fizik o’xshatilib sinashni taqlid qilib sinash deyiladi.
Taqlid qilib sinashda sinaluvchi obyekt ma’lum masshtabda kichaytirib olinishi mumkin, shunga ko’ra kuch va qarshiliklar tanlab olinadi.
Tezkorlik bilan sinash ikkita usul bilan o’tkaziladi: vaqtni zichlashtirish va yuklanishni jadallashtirish (intensivlash).
Vaqtni zichlashtirib sinash deb ma’lumotlarni har xil yuklanishlarni ko’paytirmay vaqtni tejash yo’li bilan o’tkazilishiga aytiladi. Masalan, salt yurishlar kamaytiriladi, sinashlar kechayu-kunduz uzluksiz o’tkaziladi. Vaqtni zichlashtirib sinashda obyekt vaqt birligida intensiv ishlaydi, tanaffus va salt yurish bo’lmaydi.
Bunda tezkorlik koeffisienti quyidagicha topiladi:

Ktez =


Bu yerda, T – kunlik yoki mavsumda sof ishlagan vaqt, soat


T - shu muddatdagi salt yurish vaqti, soat

Obyektlarni yuklanishini fizikaviy –kimyoviy jarayon (kuch, issiqlik yoki boshqa ta’sirlarni kuchaytirish) yordamida jadal ravishda kuchaytirilib ma’lumotlar olinishiga tezlashtirilish deb ataladi.


Yuklanish kuchaytirib sinash vaqtini birdan kamaytirish mumkin, lekin bunga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, chunki olingan natija, ishlatganda olingan ma’lumotga to’g’ri kelmasligi mumkin, unda tezkorlik bilan sinashning ahamiyati bo’lmay qoladi.
Yuklanishni kuchaytirib sinashni samarali bo’lishini ta’minlash uchun, uni ishlatish sharoitidagi sinashga o’xshashligini ta’minlash zarur.
Sinashlardagi o’xshashlik ikki usulda amalga oshiriladi: fizikaviy va matematik usullar. Fizikaviy o’xshashlikni ta’minlashda ikki tur sinashni, ya’ni yuklanishni kuchaytirish va ishlatish sharoitidagi sinash natijalari bir-biriga teng bo’lishni ta’minlash zarur. Buzilishlarni soni ko’rinishi yelishinin bir xilligi va boshqa xususiyatlari ta’minlanishi kerak.
Yuklanishni kuchaytirish va daladagi (amaliy) sharoitidagi sinashlarni matematik o’xshashligini ta’minlash uchun ularni buzilmasdan ishlash ehtimolliklarni bir-biriga teng bo’lishi kerak (rasm) ya’ni :
P (t tez ) = P(te).



Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə