Mashinalar puxtaligini oshirish usullari haqida umumiy malumotlar


Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning



Yüklə 64 Kb.
səhifə6/6
tarix19.10.2023
ölçüsü64 Kb.
#128005
1   2   3   4   5   6
MASHINALAR PUXTALIGINI OSHIRISH USULLARI HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR

5. Mashinalarni ta‘mirlash davrida, ularning
ishonchliligini oshirish
Mashinalar ishonchliligi ularni remont qilish vaqtida ham ta‘minlanadi. Remont korxonasiga keltirilgan remont talab mashinalarni (detallarni) to’g’ri saqlash katta ahamiyatga ega. Remont qilinadigan buyumlarni qoniqarsiz sharoitda saqlansa, ular zanglashi va eskirishi va yangi nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli, remont talab buyumlar (mashina, detal, agregatlar) maxsus jihozlangan omborxona, bostirma (ayvon) va maydonchalarda saqlanishi shart.
Remont paytida mashinalar ishonchliligini ta‘minlash-remont qilish texnologiyasini sifati oshirishga bog’liq bo’ladi. Buning uchun quyidagilarga e‘tibor berish zarur:
1. Detallar va agregatlar sirti har xil qirlardan (qurum, smolali va to’zli cho’kindilardan) yaxshilab tozalanishi lozim. Buning uchun zamonaviy yuvish mashinalaridan, o’ta samarali yuvish vositalaridan foydalaniladi.
2. Agregatlar va uzellarni bo’laklashda, ularning ishkastlanishini oldini olish maqsadida, zamonaviy asbob-uskunalardan, gidravlik ajratkichlar, pnevmatik kalitlarni ishlatish talaba etiladi:
3. Mashina detallarini yaroqli-yaroqsizga ajratishda yuqori aniqlikdagi zamonaviy o’lchov asbob-uskunalari (kalibr, andozalar va boshqa) dan foydalanib, texnik shartlarga qat‘iy rioya qilinadi.
4. Detallarni komplektlashda, ularni vazni bo’yicha tanlab, taranglik bilan biriktiladigan detallarni qizdirish, mahkamlanadigan detallar dinamomyorik kalitlar yordamida qotirish lozim.
5. Mashinalarni yig’ishda, chiniqtirishda va sinashda ham texnik shartlar talablariga qat‘iy amal qilish talab etiladi. Bunda zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar:


1.Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo’jaligi mashinalari. Toshkent, O’qituvchi 2002Y.
2.A.I. Komilov, Q.A. Sharipov, N.T. Umirov, I.M.Marupov, R.T. Rustamov Traktor va avtomobillar. Toshkent «Talkin» -2003.(lotin alifbosida)
3.F.B.Yevdokimov Umumiy elektrotexnika T.O’qituvchi.1995.
4.N.I.Vershagin i dr. Organizasiya i texnologaya mexanizirovannыx rabot v rastenivodstve, Ucheb, posb № IRPO; Izd.sentr «Akademiya», 2000
5.E.Oyxo’jayev, X.Qo’shnazarov «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalash» Toshkent «Mehnat», 1988.
Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə