Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 0,7 Mb.
tarix25.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#161629
Gidravlik yuritmalarning umumiy tavsiflari mavzusida insho.


Mavzu: Gidravlik yuritmalarning umumiy tavsiflari.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:

  1. Gidravlik yuritmalar haqida umumiy tushunchalar.

  2. Gidravlik yuritmalarning tuzilishi va ishlash prinspi.

  3. Turli soxalarda gidravlik yuritmalarning qo’llanilishi.

Xulosa.
Foydalanilgan adabyotlar ro’yxati.

Kirish. Gidravlik yuritma deb gidravlik mashinalarning barcha qsimlari to’plami ya’ni gidravlik uskunalari, ishchi suyuqlik harakatlanadigan quvurlar, barcha yordamchi uskunalar to’plami hisoblanar ekan. Gidravlik mashinalar, nasoslar va gidrodvigatellar gidravlik yuritmaning qisimlari hisoblanar ekan. Gidravlik qurilmalar uskunalari yordamida gidravlik yuritmalarni boshqarishimiz mumkin bo’ladi. Turli maqsadlar uchun klapnlar, drossellar, gidro taqsimlagichlar gidravlik qurilmalarning uskunalari hsoblanadi. Barcha gidravlik tizimda ishlaydigan mashinalar gidravlik ishchi suyuqlik yordamida mashinaning ishchi organiga tasir ko’rsatib bajariladi. Bunda ishchi suyuqlik maxsus gidravlik zarbalar va bosimlarga bardosh beradigan quvirlarda harakatlanadi.



Gidravlik yuritmaning ishlahi Paskal qonini asosida ya’ni suyuqlik real hayotda siqlmaydi, unga berilgan tashqi bosim esa suyuqlik hajmi bo’ylab birxilda uzatiladi. Gidravlik yuritmalarni ikki turga bo’lishimiz mumkin bo’ladi, gidrodinamik va hajmiy gidro yuritmaar.

Hajmiy gidravlik yuritmaning eng soda ko’rinishi
Bunda ikki silindr va to’gri quvir ishchi suyuqlik bilan toldirilgan bolib bunda birinchi porshinga p1 kichik bosim berib ikkinchi porshenda p2 kattaroq bosim hosil qilinadi.
Gidravlik yuritmalar tuzilish sxemasi: Dvegatel-nasos agregat-yordamchi qurilmalar-boshqaruv qurilmalari-gidravlik quvirlar-drossel, klapn- baklar, kondetsioner-gidrodvegatel-qayta aloqa-yuklam. Bunda elektr yoki ichki yonuv dvegateli yordamida mexanik energya olinadi, ushbu mexanik energya gidravlik yuritma orqali gidravlik energyaga aylantiriladi, gidravlik energiya bilan esa mexanik ish bajariladi. Gidravlik yuritmalardan juda ko’p maqsadlarda foydalanish mumkin bo’ladi. Aftamabelsozlikda, turlexil og’ir texnika larda va sanoatda. Gidravlik yureitmalardan ma’lim bir davriy ishni bajarish uchun masalan tegirmonlarda, preslash dastgohlarida, turli vazifalarni bajaradigan stanoklarda, yuk ko’tarish qurilmalarida keng qo’llaniladi. Bularni boshqarish uch xil bolishi mumkin: Qo’lda boshqariladigan, yarim avftamat va to’liq avftamatlashtrilgan holda boshqarish mumkin buladi.

Bir tomonlama harakatlanuvchi porshenli nasos.
Aslida har qanday gidravlik yuritmalarda ishchi suyuqlik sifatida italgan tomchisimon suyuqlikdan foydalanish mumkin bo’ladi. Lekin gidravlik yuritmalarning samarali ish olib borishligi va uzoqbardoshliligini oshrish maqsadida ma’lum bir texnalogik talablarga javob beradigan ishchi suyuqliklardan foydalanish kerak bo’ladi. Gadravlik yuritmalarning ishchi suyuqliklari nafaqat gidravlik energyani uztishda ish bajaradi baliki ush tzimni moylash amlyotini ham bajaradi. Gidravlik yuritmalar ishlash jarayonida malum bir vaqt utgach ishchi suyuqlik o’zining fizik-mexanik xususiyatlarini yo’qotishi mumkin. Gidravlik yuritmalarga ishchi suyuqlik danlab olishda quyudagilarga etibor berish lozim bo’ladi: Suyuqlik qovushqoqligiga, atrof muhit bilan tempratura tsiriga, gidravlik yuritma ishchi suyuqligining bosimiga va ruxsat etilgan ishlash muddatiga. Eng qo’llanilishi oson va tannarxi arzon ishchi suyuqlik bu suv hisoblanadi. Ammao suv yetarlicha tablarga javob bermaganligi sababli diyarli qo’llanilmaydi.
Ishchi suyuqlikning aylanish tezligi kata bo’lgan gidrodenamik uzatmalarda asosan qovushqoqligi past bo’lgan, suv moyli aralashmalar qo’llaniladi. Gidravlik moylar neft maxsulotini qayta ishlash natijasida olinadi. Neft maxsulotiga kata miqdorda tempratura berish natijasida turli xildagi yoqilg’ilar sanoat qurilish xomashyolari, asfaltva gidravlik moylar ajratib olinadi. Demak har bir gidravlik tizim bajaradigan vazifasiga, ishlash sharoiti, muhitiga qarab turli xildagi gidravlik moylardan foydalanilar ekan. Bugungi kunda hali istalgan muhit va sharoitda ishlatsa boladigan gidravlik moylar yaratilgani yoq.


Gidravlik yuritmalarning yordamchi qurilmalari. Gidravlik yuritmalarning yordamchi qurilmalari ushbu tizimni boshqarishda , samarali ish jarayonini olib borishda muhim ahamyatga ega hisoblanadi. Yordamchi qurilmalar turlari: Drossel (ventl) ventllardan asosan zaruryat tug’ilganda suyuqlik harakatini cheklash maqsadida foydalaniladi.

Teskari klapn – bunda suyuqlik faqat bir tomonga harakatlanadi va tizimdagi bosimni suniy ravishta ushlab turadi.

Gidro taqsimlagich- bunda suyqlikning ishchi linyalardagi harakatini boshqarish mumkin bo’ladi. Gidrotaqsimlagichlarning turli xil boshqaruvga ega turlari mavjut: qo’lda boshqariladigan, purjenali, electron boshqaruvga ega turlari mavjut.
Gidroakumlator- gidravlik tizimda nozozlik yuzaga kelganda yoki avarya holatlaridan ma’lum muddat bosimni ushlab turish uchun qo’llaniladi. Bunda ishchi suyuqlik ma’lum bosim ostida zaxira bakda ushlab turiladiva nozozlik paytida aftamatok ishga tushib ketadi.

Manometr – suyuqlikning quvirlardagi harakati davomida uning bosimini ko’rsatib turadi. Manometr to’g’ridan to’g’ri ishchi shlanglarga ulangan bo’ladi.



Filtirlar – suyuqlikn tizimdagi ifloslanishdan qisman tozalshda qo’llaniladi.

Moy bachogi – har bir gidravlik tizmga ega mashenalarda yoki qurilmalarda albatta moy bachogi mavjut bo’ladi. Tzimga nasos orqali moy haydaladi va o’sha tizimning qaysidir qismidan moy yana qaytib gidrabachokka quyiladi. Mashina gidravlik tizimi ishlagan paytida tizimda ishchi suyuqlik doimiy serkulatsya bo’lib turadi. Gidravlik bachokda ishchi suyuqkik doim ortiqch zaxirasi bilan mavjud bo’ladi.

Gidravlik yuritmalarni harakatga keltirish uchun ikki xil dvegatellardan foydalaniladi. 1. Elektr dvegatellari. 2. Ichki yonuv dvegatellari. Elektr dvegatellari ham ishlaydigan tok turiga qarab o’zgaruvchan va o’zgarmas tokka ishlaydigan turlari qo’llanilishi mumkin bo’ladi. Ichkiyonuv dvegatellarining dezel yoki benzenda ishlaydigan turlari keng qo’llaniladi. Bu ikkala dvegatel ham gidravlik yuritmalarda nasoslarni harakatlantirish uchn xizmat qiladi. Nasos esa Gidravlik tizimdagi suyuqlik sirkulyatsiyasini ta’minlab beradi. Nasos dvegatel bir biriga reduktor yordamida biriktirilgan bo’ladi. Reduktor qo’yilishidan maqsad mator abarotini nasosga oshirib yoki kamaytirib uztib beredi. Asosan gidravlik yuritmalarda abarotni kamaytiruvchi reduktorlar qo’llaniladi. Abarot kamayganda nasos suyuqlikka kattaroq bosim beradi. Dvegatel harakati reduktor orqali nasosga uzatiladi, nasos esa gidrobachokdagi ishchi suyuqlikni bosim ostida gidromatorlarga yoki gidrosilendrlarga haydaladi. Bular orqali esa turli xil mexanik ishlarni bajarish mumkin bo’ladi. Gidromator bu suyuqlik energyasi evaziga aylanma harakat oluvchi mexanizim hisoblanadi. Gidromatorlar og’ir gusenetsali texnikalarning harakatlanish tizimlarida va boshqa ko’plab ayllanma harakat talab qilinadigan joylarda qo’llanilishi mumkin boladi.


Gidravlik tizimning tuzilish sxemasi.

Gidravlik yuritmalarda sqlovchi klapin yurtmaning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bunda saqlovchi klapn tzimdragi suyuqlik energyasini ushlaydi. Ya’ni gdra nasos ishlamagan paytda ham ishchi gdroslendrdagi suyqlikni orqaga qaytib ketishga yo’l qo’ymaydi va tizimdagi bosimni saqlab turadi. Bunda asosan og’ir nagruskadagi yuklarni ushlab turishda foydalaniladi. Bitta gidravlik tizim orqali bir nechta operatsialarni bajarish mumkin bo’ladi. Bunda gidravlik yuritmaning sxemasi o’sha vazifaga moslab tayyorlanadi va ushbu sxema asosida jixozlarni yig’ish mumkin bo’ladi. Tizimning asosiy sxemasida barcha asosiy va yordamchi elementlar ko’rsatilgan bo’ladi.


Bugungi kunda diyarli barcha soxalarda sanoatda ishlab chiqarishda, turli zavod fabrikalarda, avtomabilsozlikda, turli og’ir texnikalarda gidravlik yuritmalar asosiy ish bajarish tizimi sifatida qo’llanilaniladi. Gidravlik ekskovatorlarning barcha harakatlanish organlari gidravlik yuritmalar orqali harakatga keltiriladi. Yengil avtamobilsozlikda avtamobillarning ro’l boshqaruv tizimlari, tormozlash tizimlarida gidravlik tizimdan fotdalaniladi. Ishlab chiqarish zavod fabrikalarida turli xil vazifalarni bajaruvchi tegirmonlar, stanoklar, preslash dastgohlari, yuk ko’tarish qurilmalarida asosiy harakatga keltiruvchi mexanizimlari gidravlik yuritmalar hisoblanadi.

Xulosa. Men ushbu yozma ishimda gidravlik yuritmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, qollanilish soxalari bo’yicha yaqindan tanishdim. Gidravlik yuritmalar fizika qonunlariga bo’ysinadigan tizim bo’lib u inson faolyatida zarur boladigan turli yumushlarni bajarishda, inson bajarishga qodir bolmagan vazifalarni bajarishda qo’llanilar ekan. Gidravlik yuritmalarning ishlashi fizika qonunyatlari asosida amalga oshiriladi. Biz gidravlik yuritmalar yordamida suyuqlik energyasi evazika inson bajarishga qodir bo’lmagan miqdorda energya yoki kuch olishimiz mumkin bo’ladi. Bugingi kunda bu soxaning shunchalik keng qo’llanilishiga qaramasdan ochilmagan va kashf qilinmagan qirralari juda ko’p hisoblanadi va bu borada tinimsiz izlanib kelinmoqda. Bizga ma’lum bo’lgan gidravlik yuritmalarning juda ko’plab qulayliklariga qaramasdan, kamchiliklari ham mavjut ekan. Bu kamchiliklar ustida ko’plab ilmiy tadqiqod institutlari izlanishlar olib borilmoqda va ko’pchiligi bartaraf etilmoqda.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Yu. K. Ivanovskiy, K. P. MorgunoV “Gidroyuritma nazariy asoslari”.

  2. Intirnet manbalari: https://uz.wikipedia.org/.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə