Mashinalar puxtaligini oshirish usullari haqida umumiy malumotlar


Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash



Yüklə 64 Kb.
səhifə5/6
tarix19.10.2023
ölçüsü64 Kb.
#128005
1   2   3   4   5   6
MASHINALAR PUXTALIGINI OSHIRISH USULLARI HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR

4. Mashinalardan foydalanish davrida, ularning ishonchliligini ta‘minlash.

Qishloq xo’jaligi soxasida ishlatiladigan texnikalarning dastlabki ishonchlilik darajasi, ushbu mashinalarning foydalanish davrida bajariladigan ish hajmiga mutanosib (proporsional) bo’ladi. Mashinalar bajargan ishi miqdori oshib borishi bilan ularning ishonchlilik darajasi (bo’zilmay ishlashlik, uzoq xizmat qilishlik, remontbobligi va saqlanuvchanlik xossalari) pasayib boradi.


Mashinalarni ishlatishda ularning ishonchliligini ta‘minlash (saqlash) uchun quyidagi tadbirlarga e‘tibor berish kerak:
1) Yangi yoki remont qilingan mashinalarni xo’jalik sharoitlarida 50…60 soat davomida yo’q va tezlikni asta-sekin oshirib borish bilan chiniqtiriladi. Bunda yo’q iste‘mol qilinadigan quvvatning 20 foizidan boshlab asta-sekin oshirib boriladi.
2) Texnik xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil etish, ularni o’tqazish uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash lozim. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar mamlakasini oshirish, zarur asbob va moslamalar komplektining bo’lishi shart.
3) Mashinalarni normal ish rejimida ishlatish lozim. Mashinalarga me‘yoridan ortiq yo’q berilmasa, ular vazifasi bo’yicha rasmona tezlikda ishlatilsa, ularning xizmat muddatlari oshadi. Mashinalarni ortiqcha qizdirmasdan ishlatish; dvigatelllarni ishga tushirishda past tezlikda qizdirish –bo’zilmay ishlashning asosiy garovi bo’ladi.
4) Yonig’li-moylarni saqlashga oid zavod tavsiyalariga qat‘iy rioya qilish, ularni tozaligini ta‘minlash, birikmalarni, karter va korpus qutilarini chang kirmaydigan qilib mahkamlash, mashinalarning ishlamay qolishlarini kamaytiradi va ularning uzoq xizmat qilishini ta‘minlaydi.
Mashinalarning ishlatishda sodir bo’ladigan buzilish va nuqsonlari to’g’risidagi axborotni yig’ish va ishlash tizimi ularning ishonchliligiga bilvosita ta‘sir o’tkazadi. Har xil sharoitlarda ishlaydigan mashina qismlarining buzilishi xaqidagi ma‘lumotlarni mashinani tayyorlagan zavodga mo’ttasil yuborib turish lozim. Keyinchalik ushbu yig’ilgan axborotlarni zavod loyihachilari tahlil yoib, mashinalarda ko’p uchraydigan nuqsonlarini sababini aniqlaydilar va mashina loyihasini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadilar.



Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə