2-Ma’ruza. O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi. Xuquqiy asoslari va nizomlari reja


 O‘zbekiston o‘lchashlar birililigini ta’minlash davlat tizimi asosiy



Yüklə 222,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix21.10.2023
ölçüsü222,72 Kb.
#130315
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MARUZA

2.4. O‘zbekiston o‘lchashlar birililigini ta’minlash davlat tizimi asosiy 
nizomlari 
O‘Z O‘BTT ning me’yoriy asosi O‘zbekiston o‘lchashlar birlililgini 
ta’minlash davlat tizimining hujjatlari majmui (O‘z O‘DT), shuningdek O‘z O‘DT 
nizomlarining bajarilishini ta’minlovchi me’yoriy va metodik hujjatlardan iborat. 
O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi 
– bu davlat tomonidan 
tartibga solinadigan o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazish 
talablari, qoidalari, nizomlari, me’yorlari va tartibini belgilovchi, o‘zaro bog‘liq va 
bir-birini taqozo qiluvchi xalqaro, davlatlararo va milliy me’yoriy va metodik 
hujjatlar majmuidir. Bunday hujjatlar majmui metrologiya bo‘yicha milliy idora 
tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) mamlakat hududida foydalanishga kiritiladi. 
Hozirgi vaqtda O‘zO‘DT da O‘zstandart Agentligi kiritgan 3000 dan ortiq 
turli toifa va darajadagi me’yoriy va metodik hujjatlar bor. 
O‘z O‘DT ning asosini metrologiya bo‘yicha milliy idora ishlab chiqadigan 
va tasdiqlaydigan asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Bunday me’yoriy 
hujjatlarda qonuniy metrologiya sohasidagi asosiy qoidalar va protseduralar 
o‘rnatiladi. Asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlarda birliklar, o‘lchash metodlari va 
vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablari, metrologik tekshiruv va 
nazorat sub’ektlari va ob’ektlarining harakat sohalari, huquqlari va vakolatlari aks 
ettiriladi. 
Metrologik me’yorlar qoidalarni o‘rnatuvchi va O‘zbekiston Respublikasi 
hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha 


me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini 
O‘zstandartAgentligi bajaradi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik va boshqaruv idoralari, 
tadbirkorlik sub’ektlari o‘z vakolatlari doirasida davlat metrologik tekshiruvi va 
nazorati qo‘llanilmaydigan sohada O‘zstandart Agentligining o‘lchashlar birliligini 
ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarini ravshanlashtiruvchi va ularga zid 
kelmaydigan metrologiya doirasida me’yorlar va qoidalarni o‘rnatuvchi me’yoriy 
hujjatlarni yaratishi va tasdiqlashi mumkin. 

Yüklə 222,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə