2-Ma’ruza. O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi. Xuquqiy asoslari va nizomlari reja


 O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash



Yüklə 222,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix21.10.2023
ölçüsü222,72 Kb.
#130315
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MARUZA

 
2.3. O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
tizimining huquqiy asoslari 
O‘z O‘BTT ning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining metrologiya 
sohasidagi qonunlari va hujjatlaridan iborat. 
28 dekabr 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya 
to‘g‘risida” Qonuni (keyinchalik – Qonun) qabul qiliganligi munosabati bilan 
O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT) ning qonuniy 
asosi yaratildi. 
Qonunda metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat boshqaruv 
vakolatli idorasining faoliyat sohasi, fizik kattaliklarning birliklari, ularni qayta 
tiklash va qo‘llanish, O‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmatlari, davlat 


metrologik tekshiruv va nazorati, metrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish 
belgilangan. 
O‘lchashlar birliligi o‘lchash holati sifatida belgilangan. Bunda o‘lchash 
natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va o‘lchashlarning xatoliklari 
belgilangan ehtimollik bilan berilgan. 
Qonunga muvofiq metrologiya bo‘yicha faoliyatni davlat boshqaruvini 
metrologiya bo‘yicha milliy idora – Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish O‘zbekiston agentligi (O‘zstandart Agentligi) amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.1994 y. №410 
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, 09.02.1996 y. №53 “O‘zbekiston 
Respublikasining etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni 
takomillashtirish to‘g‘risida”, 02.12.2003 №539 “O‘lchash vositalarini tayyorlash, 
xaridga chiqarish va ijara bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomni 
tasdiqlash to‘g‘risida” Qarorlariga muvofiq metrologik faoliyatning ba’zi sohalari 
aniqlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2004 y. №373 
“Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston Agentligi 
tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida” Qarorida 
O‘zstandart Agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va huquqlari, 
shu jumladan metrologiya sohasida belgilangan. 

Yüklə 222,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə