O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 56,6 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü56,6 Kb.
#150363
  1   2
189 06.04.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi uch oy muddatda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazsin, litsenziya bitimlarining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
189-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “Turizm to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qaroriga muvofiq turizm faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Turizm faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri turizmni rivojlantirish departamentlari (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-oktabrdagi 781-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/781/1984-son)
Turizm faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, litsenziyalovchi organga turizm faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaxs (turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari) (keyingi o‘rinlarda litsenziya talabgori deb ataladi) litsenziya talabgori bo‘lishi mumkin.
4. Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar turizm xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq turlarni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, jumladan band (bron) qilish, joylashtirish, tashish, ovqatlanishni tashkillashtirish, shuningdek rekreatsiya, ekskursiya va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi litsenziya talabgorlariga beriladi.
Bunda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish talab etilmaydi.
5. Litsenziyalovchi organ litsenziyani quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha beradi:

Yüklə 56,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə