Faxritdinovich



Yüklə 114,67 Kb.
səhifə5/19
tarix11.12.2023
ölçüsü114,67 Kb.
#145775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Audit kurs ishi

Auditorlik faoliyati





Auditorlik tekshiruvlar
Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari


Majburiy auditorlik tekshiruvi
Buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish

Moliyaviy hisobotni tuzish




Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi
Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya- xo’jalik faoliyatini tahlil qilish




Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvi
Buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati

Auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar




1-chizma:O’zbekiston respublikasida auditorlik faoliyati.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashtirish (ruxsatnoma berish) va auditor malaka sertifikatini berishning yangi tartibi joriy etildi. Bunday chora-tadbirlarning amalga oshirilishi albatta auditorlik tekshirishlarning sifatini yanada yaxshilash imkoniyatini yaratdi. Auditorlik tashkilotlarga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya mahsus vakolatli davlat organ – Moliya Vazirligi tomonidan beriladi va auditorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida

amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarida malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasda auditor malaka sertifikatini olish tartibi quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:

  • oliy iqtisodiy ma’lumotning buxgalteriya hisobi, auditorlik, moliyaviy yoki soliq nazorati sohalarida amaliy ish, dars berish staji kamida 3 yil bo’lishi;

  • yoki oliy noiqtisodiy yoki o’rta maxsus iqtisodiy ma’lumot bilan auditor, bosh buxgalter, revizor yoki soliq inspektori sifatida kamida 5 yillik ish stajining borligi. Bunday ish stajiga ko’rsatilgan ishlarda xodimlar shtatida yoki o’rindoshlik sifatida ishlagan davrlari, shuningdek, auditorning yordamchisi sifatida ishlagan vaqti ham kiradi;

  • auditorlarni tayyorlash markazlarida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditorlarning respublika Auditorlar palatasi bilan kelishib tasdiqlangan o’qitish dasturlari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikdan o’tish.

Shundan so’ng auditor malaka sertifikatini olish uchun tegishli talab etiladigan hujjatlar Moliya Vazirligiga taqdim etiladi va Moliya Vazirligi tomonidan tashkil etilgan imtihonda qatnashishga ruxsat etiladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan da’vogar uchun auditor malaka sertifikati beriladi. Auditor malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga muvofiq quyidagi xo’jalik sub’ektlarining turlari bir yilda bir marotaba majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishlari shart:

  • aktsiyadorlik jamiyatlari;

  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;

  • sug’urta tashkilotlari;

  • investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;

  • mablag’larning hosil bo’lish manbalari Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilingan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;

  • ustav fondida davlatga tegishli ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.

Tashkiliy jihatdan auditorlik tekshirishlari majburiy va tashabbus bilan o’tkaziladigan auditga ajratiladi. 90-yillardan keyin auditorlik tashkilotlarining mijozlari auditorlarning dalolat berish vazifasiga muhim ehtiyoj sezib, o’z tashabbuslari bilan tekshirish o’tkazishga qaror qabul qila boshladilar. Bunday vaziyatning sabablari o’sha vaqtda ham, hozir ham quyidagicha:

  1. muassasalarning rahbar yoki bosh buxgalteri almashuvi;

  2. xo’jalik va soliq huquqlari beqaror va ba’zan mantiqqa zid rivojlanish sharoitda malakali iqtisodiy-huquqiy maslahat olish zarurati;

v) ayrim kompaniyalarda ularning faoliyati rivojlanib kengayishi sari, shuningdek, filiallari paydo bo’lishi bilan moliya ishlarini boshqarishdagi qiyinchiliklar;
g) mavjud g’oyat chalkash va ba’zan shavqatsiz soliq qonunlari doirasida kompaniya byudjetga juda ko’p soliq to’laydigan aslida boshi berk ko’chaga o’xshaydigan vaziyat;

  1. kompaniya sotib olayotgan (o’ziga qo’shib olayotgan) yangi tarkibiy bo’linmalar sobiq mustaqil yuridik shaxslarning aktivlarini va majburiyatlarini haqiqiy baholash ehtiyoji;

  2. moliyani boshqarishning samarali tizimini, mijozning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash;

j) soliq inspektsiyasidan qo’rqish yoki ularning manfaatlarini himoya qilish ehtiyoji va boshqalar.
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ hujjatlarga amal qiladilar.
Auditorlik tashkiloti, auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi, o’zining nomiga ega muhri, mustaqil balansi, banklarda hisob raqamlariga ega bo’lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Auditorlik tashkilotlari ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliyaviy hisobotlar hamda u bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy axborotlarning qonunchilikka muvofiqligi va ishonchliligini auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazadi, shuningdek professional xizmatlar ko’rsatadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholashda auditorlik tashkilotlari, avvalambor daromadlilik (rentabellik), kapitaldan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorligi, to’lov qobiliyati va o’zini- o’zi moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi.
Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun 6-moddasiga asosan asosan auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:

  • auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;

  • auditorlik tekshiruvi o’tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;

  • auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish;

  • uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olish;

  • ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;

  • auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo’jalik yurituvchi

sub’ektga professional xizmatlar ko’rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo’lib kirish.

  • Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (2- chizma):


Yüklə 114,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə