Fermer xo'jaligi buxgalteriya hisobini tashkil etish va uning xususiyatlari reja


Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy qoidalari va vazifalari



Yüklə 51,8 Kb.
səhifə2/3
tarix05.10.2023
ölçüsü51,8 Kb.
#125570
1   2   3
FERMER XO\'JALIGI BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH VA UNING XUSUSIYATLARI

2. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy qoidalari va vazifalari
Fermer xo`jaligi - xalq xo`jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlash vazifasini bajaruvchi agrosanoat kompleksining asosidir.
Hozirgi kunda agrosanoat kompleksida yangi istiqbolli uyushmalar - agrosanoat kombinatlari va birlashmalari, ishlab chiqarish tizimlari, agrofirmalar tarkib topdiki, ular ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilishni tezlashtirish, ishlab chiqarishni yanada integrasiyalashishiga erishish, mahsulotni qayta ishlash, saqlash realizasiya qilishda yo`l qo`yiladigan yo`qotishlarni kamaytirish hamda mahsulotni iste’molchiga yetib borishni tezlashtirish imkonini beradi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga va xo`jalik yuritishning iqtisodiy uslublariga o`tishi fermer xo`jaligida ishlab chiqarishning o`sish sur’atlariga ta’sirini kuchaytirib, barcha mehnat jamoalarini o`z ishlab chiqarish imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanishga undamoqda.
Shu bilan bir qatorda xalq xo`jaligining asosiy tarmoqlarida, shu jumladan, fermer xo`jaligida ishlab chiqarish samaradorligining pasayib borayotganligi, iqtisodiyotning inqiroz jarayoni davom etayotgan va mustaqil davlatlar o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarning izdan chiqqanligi asosan ichki imkoniyatlarni aniqlash va ulardan foydalanishni talab qiladi. Bunday vazifani bajarishda buxgalteriya hisobi, nazorat va xo`jalik faoliyatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Fermer xo`jalik ishlab chiqarishning xususiyati ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi, xarajatlar jarayonining olinadigan mahsulot davriga mos kelmasligidadir. Masalan, jonli va buyumlashgan mehnat sarflari to`xtovsiz, butun yil mobaynida davom etadi, hosilni yig`ish, mahsulotni yetishtirish esa yilning ma’lum davriga to`g`ri keladi.
Fermer xo`jalik korxonalari uchun tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari qoldiqlarning sezilarli miqdorda mavjud bo`lishi xarakterlidir. Ishlab chiqarishning mavsumiylik xarakteri mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan notekis foydalanishga, sezilarli mavsumiy zaxiralarni yaratish zaruriyatiga olib keladi.
Fermer xo`jalik korxonalaridagi buxgalteriya hisobi amaldagi schyotlarning yagona rejalariga asoslanadi. Jumladan, unda «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida «Dexqonchilik», «Chorvachilik» kabi maxsus schyotlari ochiladi. Texnologik jarayonga aloqador bo`lgan bevosita xarajatlar sanoatdagi kabi «Asosiy ishlab chiqarish» kalkulyasiya schyotining tuzilishi hamda vazifasi bilan bir xil bo`lgan «Dexqonchilik» va «Chorvachilik» schyotlarining debetida Hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni, shuningdek ayrim bajarilgan ish va xizmat (operasiya)larini hisobga olishning ham o`ziga xos xususiyatlari bor. Bularni mazkur bobning tegishli bo`limlarida ko`rib chiqamiz. Korxonalar va tashkilotlarning yordamchi fermer xo`jaliklarida «Boshqa ishlab chiqarish va xo`jaliklar» schyotidan foydalaniladi, shunga ko`ra sub’ektning xarajatlari «Asosiy ishlab chiqarish», «Umumishlab chiqarish xarajatlari» va shu kabi schyotlarda aks ettiriladi.
Fermer xo`jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishda boshlang`ich xujjatlarning namunaviy shakllari, buxgalteriya registrlarining yagona shakllari, hisoblash ishlarini bajarishda hisobga olishning kompleks mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan usullaridan foydalanadilar. Fermer xo`jaliklaridagi buxgalteriya hisobining asosan memorial-order, jurnal-order va jadval-avtomatlashgan shakllaridan foydalaniladi.
«Fermer xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini Hisobga olish va tannarxni kalkulyasiya qilish tartibi to`g`risida»gi Nizom fermer va suv xo`jaligi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu nizomga ko`ra Fermer xo`jaligidagi xarajatlar xuddi sanoatdagidek, asosiy xarajatlar, xizmat ko`rsatish va boshqaruv xarajatlariga ajratiladi. Asosiy xarajatlarga urug` va ko`chat materiallari, xodimlarning ishlab chiqarishda qatnashgan va shirkat a’zolarining mehnat haqi, yonilg`i, oziqa, o`g`it va shu kabi sarflari kiritiladi. Ikkinchisiga umumishlab chiqarish (brigada, ferma, sex) xarajatlari va umumxo`jalik (sub’ekt bo`yicha umumiy) xarajatlari kiritiladi. Shunga ko`ra xarajatlar, sanoatda bo`lganidek, bevosita va bilvosita xarajatlarga guruh lanadi.

Fermer xo`jaligida ishlab chiqarish xarajatlari ularning elementlari va kalkulyasiya moddalariga ko`ra turkumlanadi. Xarajat elementlari deganda o`z iqtisodiy tarkibiga ko`ra bir xil bo`lgan xarajatlar tushuniladi.


Xarajatlar moddalarining ro`yxati va ularning tarkibi Fermer xo`jaligi ishlab chiqarishi sarflarini hisobga oladigan tegishli moddalarda ko`rib chiqiladi.
Fermer xo`jaligida buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari:

  • Fermer xo`jaligi korxonalari faoliyatining barcha bo`limlari bo`yicha rejalarni bajarish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

  • mehnat, moddiy (urug`, oziqa, yoqilg`i, o`g`it, xayvon, Fermer xo`jalik texnikasi) va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;

  • ishlab chiqarish zaxiralari va mahsulotning saqlanishi hamda ulardan oqilona foydalanishni nazorat qilishdir.

Fermer xo`jaligida asosiy vositalarni hisobga olish xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari (shu jumladan sanoat uchun ham) uchun belgilangan tartibda tashkil etiladi. Ammo asosiy vositalar tarkibidagi farqlar tufayli ayrim o`ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir.
Masalan, bu soxadagi barcha asosiy vositalarni fermer xo`jaligi ishlab chiqarishiga mo`ljallangan asosiy vositalar, fermer xo`jalik ishlab chiqarishiga mo`ljallanmagan asosiy vositalar va noishlab chiqarish asosiy vositalariga ajratiladi. Ishchi va mahsuldor chorva va boshqa hayvonlar alohida ajratiladi, shuning uchun ular alohida schyotlarda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning jamoa va davlat xo`jaliklaridagi bahosi sanoatdagi kabi belgilanadi. Joriy buxgalteriya hisobida va balansda aosiy vositalar boshlangich bahosida aks ettiriladi.
O`z xo`jaligida boqilgan, shuningdek chetdan xarid qilingan maHsuldor va ish chorva hayvonlarini asosiy vositalarga kirim qilishda jamoa va davlat xo`jaliklarida o`stirish hamda xarid qilishning (olib kelish sarflarini ham qo`shib) haqiqiy tannarxida baholanadi.


Yüklə 51,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə