Buyurtmali kalkulyatsiya qilish usuli



Yüklə 41,63 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü41,63 Kb.
#158296
  1   2   3
BUYURTMALI KALKULYATSIYA QILISH USULI



BUYURTMALI KALKULYATSIYA QILISH USULI
Reja:

  1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning usullari

  1. Buyurtmali kalkulyatsiya qilish mohiyati, afzalliklari



  1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning usullari

Mahsulot tannarxini rejalashtirish, korxonaning ishlab chiqarish- xo‘jalik faoliyatini oshirish yo‘llarini belgilash uchun korxona xarajatlarini shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tarmoq bo‘yicha sarflanayotgan xarajatlar bilan taqqoslash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxini to‘g‘ri rejalashtirish, hisoblash va tahlil etish hamda uning pasayish manbaalarini aniqlash maqsadida faqat umumiy xarajatlamigina emas, balki ularning tarkibiy qismlarini ham bilish muhimdir. Ishlab chiqarish turi va murakkabligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va xarakteri, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi va boshqa omillarga ko‘ra kalkulyatsiya qilishda respublikamiz korxonalari quyidagi tannarxni kalkulyatsiya qilish usullaridan foydalanishmoqda:
Oddiy
Buyurtmali
Normativ
Jarayonli usul
Tannarxni faoliyat va mahsulot turlari, sotish bozorlari, mintaqalar hamda xaridorlar bo‘yicha kalkulyatsiya qilish kerak. Sarflarni shakllantirish usullari tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu jarayon o‘zining muhim xususiyatlariga, jumladan, sohaviy xususiyatlariga ega. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ulaming hisobini yuritish hamda tahlil qilishga yagona yondashuvni ta’minlash uchun ushbu sarflaming tegishli tasnifi kerak. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishga faoliyat turlari, ishlab chiqarishning hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning turi, korxonaning boshqaruv tuzilishi va o‘lchamlari ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat o‘z tarkibiga ko‘ra, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga ko‘ra ham turlichadir. Ba’zi birlari uni tayyorlash va ishlab chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bogiiq boMadi. Uchinchi toifasi esa amaldagi qonunchilik bo‘yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yo‘nalish-ishlab chiqarish xarajatlarining alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir. Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida nimanidir bilib olmoqchi bo‘lsalar, aynan shu narsaning o‘zi hisob yo‘nalishi bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yo‘nalishiga mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi, sotish boiimi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zaxiralami baholash zaruratini yuzaga keltiradigan holatlar misol bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
- asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, lining tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalikni yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlari va yarim tayyor mahsulotlaridir.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega boTgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlaming transport tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklaming yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bogMiq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
“Moddiy xarajatlar” elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitimlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslarvtomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi1 .
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
-Xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar.
-Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq boMgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan: ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar.

Yüklə 41,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə