Mavzu: Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli



Yüklə 188 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü188 Kb.
#139665
  1   2   3   4   5
Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli



Reja :
1. Kalkulyatsiya ma’nosi 
2. Kalkulyatsiyaning turlari 
3. Jarayonli kalkulyatsiya qilish usullari


Mavzu: Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli
Kalkulyatsiya (lot. calculatio, calculo - hisoblayman, hisob-kitob - mahsulot birligi yoki 
bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish hisoblanadi. Tayyorlangan materiallar, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash 
jarayoniga buxgalteriya hisobida kalkulyatsiyalash deyiladi. Korxonada aniq bir turdagi 
mahsulot birligini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha, shuningdek, xalq xoʻjaligining sanoat, 
transport va boshqa tarmoqlarida ish birligini (tashish, ta’mirlash va boshqalar) bajarish uchun 
qilingan xarajatlarni pul shaklida ifoda etadi. 
Kalkulyatsiya quyidagi turlarga boʻlinadi:
Reja kalkulyatsiyasi (ilg‘or ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning ilg‘or 
usullarida sarflar me’yorlari asosida tuziladi). Bunday kalkulyatsiya navbatdagi davr uchun 
(yil, corak) ayrim mahsulotlarning oʻrtacha tannarxini belgilashda qoʻllaniladi, ulgurji narxni 
belgilashga asos boʻladi.
Hisobot kalkulyatsiya (xaqiqatda sarflangan xarajatlarni asoslovchi ma’lumotlar asosida 
hisoblanadi, reja vazifalari bajarilishini nazorat qilish uchun tuziladi, amaldagi xarajatlar 
darajasini koʻrsatadi);
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, 
bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash, ya’ni toʻg‘ri kalkulyatsiya 
qilish katta ahamiyat kasb etadi. Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish 
va xizmat koʻrsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlarida joriy 
tartibda guruhlanadi.
Kalkulyatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir tizimga keltirish va 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) larning tannarxi 
toʻg‘risida ma’lumot shakllantirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda-har xil xarajatlarni yagona 
pul oʻlchovida umumlashtirish va ularni mahsulot (ish, xizmat) lar turlari boʻyicha guruhlash 
usulidir.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi.
-xarajatlarni hisobi obyektini, kalkulyatsiya obyektini va kalkulyatsiya birliklarini toʻg‘ri 
aniqlashtirish zarur. Kalkulyatsiya obyekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni 
oʻz ichiga oladi. Xarajatlar hisobi obyekti koʻpincha ularning paydo boʻlishi joylari, bir xil 


turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini oʻz ichiga oladi.
- korxona xarajatlarini davrlar boʻyicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar 
ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog‘lash muhim emas. 
Tovar-moddiy zaxiralar (mahsulot (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash usullari 
ularning turi, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish 
mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tovar-moddiy zaxiralar nomenklaturasiga 
bog‘liqdir.
Tashkilotning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy 
zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy 
zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq boʻlgan, 
ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga 
quyidagilar tegishli boʻladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat 
xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning 
iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar boʻyicha guruhlarga ajratiladi:
a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan 
holda);
b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari, shu jumladan ular 
boʻyicha hisoblangan yagona ijtimoiy toʻlov summalari;
v) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi;
g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish boʻyicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), 
boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va favqulodda zararlar 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralar (mahsulot (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash usullari 
ularning turi, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish 
mavjudligi, ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi, tovar-moddiy zaxiralar nomenklaturasiga 
bog‘liqdir. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari boʻlib: oddiy, 
me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni 
inventarь baholash usuli ham qoʻllaniladi.
Tannarxni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega boʻlmagan 
tashkilotlarda qoʻllaniladi. Ushbu usul qoʻllanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish 
xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi.


Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga boʻlish yoʻli 
bilan hisoblab chiqariladi.
Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab 
chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari boʻyicha xarajatlarni hisobga 
olishga asoslangan. Me’yornomalar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda joriy 
shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan koʻrib chiqiladi.
Tannarxni aniqlashning buyurtma usuli ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot (ish, xizmat) 
(bir xildagi mahsulotlar guruhi)ga doir alohida buyurtmalar boʻyicha identifikatsiyalanadigan va 
hisobga olinadigan yakka tartibdagi va mayda turkumli ishlab chiqarishga ega boʻlgan 
tashkilotlarda qoʻllanadi. Buyurtmaning ob’ekti boʻlib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi 
mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperimental ishlar 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda 
buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruktsiyalarga ega boʻlgan 
alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin.
Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga 
qadar toʻlaligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi.
Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar 
bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma boʻyicha 
xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Agar ushbu buyurtma bir xildagi 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat boʻlsa, mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining 
tannarxi mazkur buyurtma boʻyicha xarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga boʻlish 
orqali aniqlanadi.
Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish 
tannarxi ularning konstruktsiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-sharoitlaridagi 
oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning tannarxi boʻyicha 
baholanadi.
Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlang‘ich xom ashyo va materiallar ishlab 
chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pog‘onalardan oʻtadigan tashkilotlarda qoʻllanadi.
Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi, soʻngra uning 
birligi tannarxi aniqlanadi.
Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bog‘liq holda ikki variantda amalga 
oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda.
Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
tannarxi hisoblab chiqariladi hamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning 


tannarxi va mazkur bosqich boʻyicha xarajatlardan iborat boʻladi. Oxirgi bosqich mahsulotining 
tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hamdir.
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, 
xizmatlar)ning tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich boʻyicha alohida hisobga olinadi. 
Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar boʻyicha uni ishlab 
chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Bir texnologik jarayonda bitta xom ashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har biri 
oʻzining sotish narxiga ega boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning oʻzida ishlab 
chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan 
mahsulot (ishlar, xizmatlar), sotish qiymati asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga qaraganda juda 
past boʻlgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ning farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli xildagi 
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiyalash mumkin emas.
Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning sotish qiymatini boʻlinish 
nuqtasida aniqlash mumkin boʻlgan hollarda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini 
boʻlinish nuqtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
a) natura koʻrsatkichlaridan foydalanish usuli. Ushbu usulda boʻlinish nuqtasiga qadar qilingan 
xarajatlar asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning har bir turiga uning natura koʻrsatkichlarida 
ifodalangan ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
b) boʻlinish nuqtasidagi sotish qiymati asosidagi usul. Ushbu usulda boʻlinish nuqtasiga qadar 
qilingan xarajatlar asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning har bir turiga uni sotishdan taxmin 
qilingan tushum umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning alohida turlari keyingi 
qayta ishlov berishga oʻtkazilgan hamda boʻlinish nuqtasida ularni sotishning joriy qiymati 
(sotish qiymati)ni aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda ishlab chiqarish xarajatlarini 
boʻlinish nuqtasida birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari oʻrtasida 
taqsimlash quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
a) sotishning sof qiymati usuli. Ushbu usulda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) turlari boʻyicha xarajatlar ularni sotishning sof qiymatiga mutanosib ravishda 
taqsimlanadi;


b) yalpi foydaning sotishdagi doimiy ulushi usuli. Ushbu usuldan foydalanilganda xarajatlar 
shu tariqa taqsimlanishi lozimki, bunda har bir alohida mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun 
umumiy yalpi foydaning foiz ulushi bir xil boʻlishi hamda umumiy yalpi foyda koʻrsatkichiga 
teng boʻlishi kerak. Yalpi foydaning foiz ulushi birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) turlarining umumiy tannarxini ushbu mahsulot turlarini sotishdan taxmin qilingan 
umumiy tushumdan chiqarib tashlab, soʻngra foyda miqdorini sotishdan taxmin qilingan umumiy 
tushumdan foiz koʻrinishida aks ettirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Agar ishlab chiqarishning bir texnologik jarayonida bir vaqtning oʻzida bir qancha 
turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqib, mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan biri yoki bir qancha 
turi asosiy (maqsadli) turga tegishli boʻlsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qoʻshimcha 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.
Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashda qoʻshimcha mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ning joriy qiymati yoki sotishning sof qiymati ishlab chiqarish jarayonlarining 
umumiy xarajatlaridan chegiriladi, xarajatlarning qolgan qismi esa asosiy mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ga tegishli boʻladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning qoʻshimcha turlarini hisobga olish quyidagi usullardan 
biri bilan amalga oshiriladi:
a) qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni haqiqatda sotish. Ushbu usulda joriy davrda 
sotilgan asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi qoʻshimcha mahsulot (ishlar, 
xizmatlar)ni haqiqatda sotish (sof sotish) summasiga kamaytiriladi. Qoʻshimcha mahsulot 
(ishlar, xizmatlar)ning sotilmagan zaxiralari qoldig‘i boʻlinish nuqtasidan keyin qoʻshimcha 
mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishiga qilingan xarajatlar summasidan kelib chiqqan holda 
hisobga olinadi. Qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) qoldig‘ini haqiqatda sotish (sof sotish) 
summasi qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilganda tan olinadi;
b) qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni haqiqatda ishlab chiqarish. Ushbu usuldan 
foydalanilganda asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda sarflangan xarajatlar 
ishlab chiqarilgan qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) barcha miqdorining sof sotish qiymati 
summasiga darhol kamaytiriladi. Sotilmagan qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning 
qoldig‘i sotishning sof qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish tarmog‘ining xususiyatlariga bog‘liq holda tovar-moddiy zaxiralar, shu 
jumladan qoʻshimcha mahsulotlar tannarxini aniqlashning qoʻllanadigan usullari tashkilotning 
hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.



Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə