Mavzu: Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli


Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli



Yüklə 188 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü188 Kb.
#139665
1   2   3   4   5
Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli

 Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli
Тannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda bir 
xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Хarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilishni har 
bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish 
va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan 
texnologiyaga ega subyektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va 
mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi.
Хarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun 
nisbatsiz umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum 
davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. 
Bunday ishlab chiqarishlarga kimyo, neftni qayta ishlovchi, to’qimachilik, sement va boshqa 
ishlab chiqarishi seriyali va ommaviy turdagi tarmoqlar kiradi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va 
rejalashtirish va ishlab chiqarish obyektlarining hisobi uchun qo’llaniladigan birliklar 
to’g’risidagi aniq tavsif mashinasozlik misolida berilgan.
Seriyali ishlab chiqarish ommaviyga nisbatan tezkor-ishlab chiqarishni rejalashtirish 
aniqlashtirilgan uslublaridan va tayyor mahsulotni o’lchashga nisbatan detallashtirilgan reja-
hisob birliklaridan foydalanadi. Oqimli ishlab chiqarishda bo’lgan mashinasozlik korxonasida 
seriyali turdagi sex va uchastkalar ko’p hissani tashkil etadi. Ishlab chiqarishni guruhli tashkil 
etishda reja-hisob birliklarini tahlil qilib me’yorlashtirish, ishlab chiqarish topshiriqlarini ish 
joylari, brigadalar bo’yicha hisoblash, ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishining tezkor hisobi 
asosi bo’lib aniq stanok yoki stanoklar guruhiga bog’langan ma’lum nomlanishdagi detal 
bo’lishini aniqlash mumkin.
Rejalashtirishning texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish uchun yagona me’yoriy 
asosni qo’llash sharoitida seriya (guruh)li ishlab chiqarishning hamma turlari uchun yagona reja-
hisob birligidetalga o’tish mumkin bo’lib ko’rinadi. Тexnologiya, predmetli va predmet-
texnologiya ixtisoslashgan sexlar va bo’linmalarning turli yo’nalishidagi ishlab chiqarish seriya 
(guruh)li turdagi subyektlarda detal yagona reja-hisob birligi sifatida qo’llanilsa xarajatlarni 
xo’jalik hisobiga ajratilgan brigadalar va bo’linmalarga, kalkulatsiya hisoblarida- xarajatlarni 
me’yorlar va ulardan chiqib ketishlar bo’yicha ajratish bilan mahsulotlarning turlari bo’yicha 
guruhlash imkoni tug’iladi. Agar ishlab chiqarish bo’linmalarida detallarga ishlov berish 
uskunasining texnologiya jihatdan bir turi o’rnatilgan bo’lsa unda ishlov berish texnologiyasi 
prinsipial ravishda bir xil, farqlar esa ishlov berish vaqtida va ishlab chiqarish bo’linmasi yoki 
brigadasi ichidagi texnologiya yo’nalishda hisobga olinadi. Bu ajratuvchi xususiyatlar miqdoriy 
jihatdan o’lchanishi mumkin va hisob ma’lumotini qayta ishlashning mexanizatsiyalashgan 


variantida brigada komplektining moddiy va mehnat xarajatlarini brigadalar bo’yicha 
me’yorlashda, me’yorlangan sarfni mahsulotni haqiqatda chiqarilganligiga yoki brigada 
tomonidan bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmi hisobida asos bo’luvchi belgi sifatida xizmat 
qilishi mumkin. Sarflarni detallar bo’yicha me’yorlash har bir detalga bosh texnolog bo’limi 
tomonidan yoziladigan texnologiya kartalarda moddiy xarajatlarni hisoblash uchun qabul 
qilingan. Ular mahsulotlarning nomlari bo’yicha guruhlanadi, raqamlanadi va broshuralanadi. 
Kartalarning bitta nusxasi ish turlari va shu ishlarni bajaruvchi bo’linmalar bo’yicha guruhlanadi.
Bunday tartib me’yoriy hisoblashishlarni texnik-iqtisodiy rejalashtirish va tezkor-ishlab 
chiqarish reja hisoblashishlar ning ishonchliligini ta’minlaydi. Subyektlarning seriya (guruh)li 
ishlab chiqarishida me’yorlashtirish, rejalashtirish, hisob, nazorat va tahlil maqsadlarida yagona 
reja-hisob birligini o’rnatish qo’shimcha qiyinchiliklar, hisob va kalkulatsiya ishlarining 
ko’payib ketishini tug’dirmaydi.
Detal, uning buyumga kirish me’yori hozirgi davrning o’zida me’yoriy kalkulatsiya qilishning 
obyekti hisoblanadi, chunki uzel, agregat, buyumga me’yoriy kalkulatsiya tuzilishidan oldin 
to’g’ri xarajatlarni detalga bo’lgan natural va qiymatli mazmunining me’yorlari aniqlanadi. Detal 
reja-hisob birligi sifatida quyidagi elementlarni qamrab oluvchi me’yoriy rejalashtirish va ishlab 
chiqarishga bo’lgan xarajatlar hisobi tizimining komplektlanganligi talabiga javob beradi: 
mahsulot chiqarishning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uni tayyorlash muddatining yetkazib 
berish shartnomasi muddati bilan to’g’ri kelishini, sexlar, bo’linmalar va brigadalar bo’yicha 
mahsulot tarkibini me’yorlashtirish va boshqalar; iste’mol, asosiy jamg’armalarning sarflari va 
zaxiralari, moddiy, mehnat va moliya resurslarining yagona me’yoriy asosida texnik, texnologiya 
va iqtisodiy asoslash; ishlab chiqarish bo’linmalari darajasida ishlab chiqarish faoliyati 
natijalarini rejalashtirish, hisobga olish va aniqlash. Ishlov beradigan sexlar Asosiy xom-ashyo 
va materiallar A Тayyor mahsulot Тugallanmagan ishlab chiqarish Тugallanmagan ishlab 
chiqarish Bevosita mehnat haqi V Тayyor mahsulot Тugallanmagan ishlab chiqarish Ishlab 
chiqarish ustama xarajatlari S Тayyor mahsulot Тugallanmagan ishlab chiqarish Тayyor 
mahsulot 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" A-sex 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" V-sex 2010-
"Asosiy ishlab chiqarish" S-sex Хom-ashyo, mehnat, ishlab chiqarish ustama sarflari va o’zining 
sarflari Тayyor mahsulotlar Тugallanmagan ishlab chiqarish A-sexning sarflari va o’zining 
sarflari Тayyor mahsulotlar Тugallanmagan ishlab chiqarish V sexning sarflari va o’zining 
sarflari Тayyor mahsulotlar Тugallanmagan ishlab chiqarish 2810-"Ombordagi tayyor mahsulot" 
9110-«Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" Omborga qabul qilingan tayyor mahsulotlar Sotilgan 
mahsulotlarning tannarxi Sotilgan mahsulotlarning tannarxi.
Ommaviy ishlab chiqarishda mehnatning brigadali shakli ishlab chiqarishni texnik, 
texnologiya va tashkiliy sharoitlari bilan bog’liq. Rejali ishlab chiqarish topshiriqlari kompleks 


brigadalar tomonidan bajariladigan ishlarning keng doirasini o’z ichiga oladi. Lekin bunday 
holda ham reja-hisob birligi bo’lib brigadaga yuklatilgan uning tayyorlash va ishlov berish 
bo’yicha ma’lum ro’yxati bilan detal xizmat qiladi. Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab 
chiqarishni tezkor rejalashtirish va hisobning reja-hisob birliklarini shu ishlab chiqarilgan 
mahsulotining tannarxini kalkulatsiya qilish birliklari bilan taqqoslab faqat subyekt bo’yicha 
yig’ish, sinash va oxiriga yetkazish ishlarini bajaradigan oxirgi tizimli bo’linma darajasida 
ularning mosligini belgilashi mumkin. Тizimli bo’linmalar darajasida rejahisob birliklari ichki 
ishlab chiqarish xo’jalik hisobida obyekt tarkibini tavsiflovchi xarajatlar obyektlarining qismi 
bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayoniga parallel ravishda xarajatlarni jamg’arish jarayoni yuradi. 
Тo’g’ri xarajatlar bo’linmalar bo’yicha birlamchi ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Тo’g’ri 
moddiy va mehnat xarajatlaridan tashqari jarayonlar bo’yicha hisob tizimida to’g’ri xarajatlarga 
ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarishning yuritilishini nazorat qilish, bir bo’lim ichida 
lokalizatsiya qilish sharti bilan amortizatsiya bo’yicha sarflar kiritilishi mumkin. Sarflar turli 
usullar yordamida kalkulatsiya obyektlari bo’yicha taqsimlanadi. Jarayonli kalkulatsiya qilish 
tizimi buyurtmalararo kalkulatsiya qilish tizimidan ancha oddiy va arzonroq, chunki buyurtmalar 
va individual ishlar bo’yicha kartochkalar to’plami yo’q. Buxgalteriya hisobi schyotlarida 
yozuvlar oddiy (YaТMlarsiz variant) yoki "O’zi ishlab chiqargan YaТMlar schyoti" orqali 
(YaТMli variant) amalga oshirilishi mumkin.
Quyidagi misol yordamida hisoblashning jarayonli usuli mohiyati va jadvallar tahlilini 
koʻrib chiqamiz.
Plastmassa oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ikkita 
jarayon orqali mahsulotni tayyor holatga keltiradi: shaklga keltirish (A sexida) va qayta ishlash 
(V sexida). A sexida ishlab chiqarish jarayonining boshlanishi bilan asosiy materiallar ishlatiladi. 
Qoʻshilgan xarajatlar har ikki sexda ham ishlab chiqarish jarayonida teng taqsimlanadi. A sexida 
shaklga keltirilgan tugallangan yarim fabrikatlar V sexiga oʻtkaziladi. V sexida qayta ishlangan 
oʻyinchoqlar omborga topshiriladi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq qoʻshimcha ma’lumotlar 
quyidagi jadvalda berilgan:
Hisobot davri boshida tugallanmagan ishlab chiqarish
15 ming dona
Materiallar, ming soʻm
600,0
Qoʻshilgan xarajatlar (40% ga tugatilgan), ming soʻm
166,5
766,5


Hisobot oyi davomida ishlab chiqarilgan, ming dona
72,0
Hisobot oyida qayta ishlash boshlangan
60,0
Belgilangan muddat yakunida asosiy ishlab chiqarish (50% ga 
tugatilgan), ming soʻm
3,0
Hisobot oyida asosiy materiallar berilgan, ming soʻm
3300,0

Yüklə 188 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə