Fizika va astronomiya asoslari


q =I·t (3) [q]=[I]·[t]=1A·1s=1C



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə51/87
tarix08.02.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#100481
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
asasasasasax cvbfhtymhjkuol

q =I·t (3) [q]=[I]·[t]=1A·1s=1C

Amalda tokning ancha kichik birliklari – milliamper (mA) va mikroamper (mkA) lardan foydalanishga to‘g‘ri keladi:


1mA = 10-3 A; 1mkA =10-6 A.


Zanjirda tok kuchini o‘lchash uchun ampermetr deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi. Ampermetr zanjirga faqat ketma-ket ulanadi.


Ba’zida zanjirdan o‘tayotgan tok shunchalik kichik bo‘ladiki, uni ampermetr bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Bunday hollarda galvonometr deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi. Kuchsiz toklar, uncha katta bo‘lmagan kuchlanish va kichik elektr miqdorini qayd qilish va o‘lchash uchun qo‘llaniladigan asbob galvonometr deyiladi. U qanday maqsadda ishlatilishiga qarab zanjirga ketma-ket yoki parallel ulanadi.
Kuchlanishni o‘lchash uchun ishlatiladigan asbob voltmetr deyiladi. Uning vazifasi tokli o‘tkazgichning istalgan ikki nuqtasi orasidagi potensiallar farqini o’lchashdan iborat. Voltmetrni zanjirga parallel ulash lozim.
O‘tkazgichdan o‘tgan tok uning yo‘g‘on – ingichkaligiga qarab zichroq yoki siyrakroq bo‘lishi mumkin. O‘tkazgich ko‘ndalang kesimining yuza birligi orqali o‘tgan tok kuchiga tok zichligi deyiladi. Bu kattalik elektr tokni o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimida taqsimlanishini harakterlaydi:
(4)
bu yerda dI – dS elementar yuzadan o‘tuvchi tok kuchi.
Tajribalar ko‘rsattiki, o‘tkazgichni butun ko‘ndalang kesimida o‘zgarmas tokni zichligi bir xil.
SI sistemasida tokning zichligi kvadrat metrga amper o‘lchanadi.



Tok zichligi doimo o‘tkazgichning yo‘g‘onligiga mos bo‘lishi lozim, aks holda o‘tkazgich qizib ketadi yoki elektr zanjirida keraksiz darajada elektr nobudliklari ro‘y beradi. O‘tkazgichning yo‘g‘onligiga qarab unda iqtisodiy jihatdan ijozat etiladigan tok zichligi qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi maxsus jadval ishlab chiqilgan. Elektr uzatish simlari shunday jadvallardan foydalanib chiqariladi.


O‘tkazgichlarda elektr tokini vujudga keltirish uchun o‘tkazgich ichida elektr maydon hosil bo‘lishi shartdir. Bu vazifani tok manbalari bajaradi.
Elektr tok manbalari xilma-xil bo‘lib, ularning barchasida musbat va manfiy zaryadlarni ajratish ishi bajariladi. Ajratilgan zaryadlar tok manbaining qutblarida to‘planadi. Tok manbaining qutblari orasida ichki elektr maydon hosil bo‘ladi.
Agar tok manbaining qutblari o‘tkazgich bilan ulansa, o‘tkazgichda tashqi elektr maydon hosil bo‘lib, maydon ta’sirida o‘tkazgich bo‘ylab erkin elektronlar harakatlanadi va elektr toki vujudga keladi.
Tok manbalarida zaryadlarni ajratish jarayonida mexanik ximiyaviy va boshqa turdagi energiyalar elektr energiyasiga aylanadi. Shunday qilib, har qanday tok manbalarida elektr energiya boshqa ko‘rinishdagi energiya hisobiga hosil qilinadi.
Masalan, termoelementda ichki energiya, fotoelementda yorug‘lik energiyasi, galvanik elementda va akkumulyatorda ximiyaviy energiyalar elektr energiyaga aylanadi.


Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə