Fizika va astronomiya asoslari



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə50/87
tarix08.02.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#100481
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
asasasasasax cvbfhtymhjkuol

Dоimiy tоk qоnunlari.

Moddaning tuzilishi, atomlarning tarkibi, elementar zarrachalarning ayrim xususiyatlari elektr va magnit hodisalariga bog‘liq.


Elektr so‘zi grekcha «elektron» so‘zidan olingan bo‘lib, qahrabo demakdir. Elektr to‘g‘risidagi ta’limot, ya’ni zaryadlangan zarrachalar, masalan, elektron, pozitron, proton, ion va hokazolarninng mavjudligi, harakati hamda o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq elektromagnit hodisalari majmui.
Elektr zaryadlarining tartibli harakati elektr toki deyiladi. Metallarda o‘tkazgich toklari elektr harakati vaqtida sodir bo‘ladi. O‘tkazgichlardagi elektr toki ulardagi erkin elektronlarning harakatidan iborat. Tashqaridan elektr kuchi ta’sir etmasa, bunday elektronlarning tartibsiz (xaotik) harakati hech qanday elektr xususiyatlarini namoyon qilmaydi. Ammo biror elektr maydoni ta’sir etsa, elektronlarning harakati aniq tomonga yo‘naladi. Demak, o‘tkazgichlardagi erkin elektronlarning yo‘nalgan harakatini o‘tkazgich toki deb ataladi.
Umumiyroq qilib olsak, elektr toki qanday va qayerda sodir bo‘lmasin, u muayyan elektr miqdorining harakatidir, deyishimiz mumkin.
Harakat ishtirok elektr miqdorlari oz yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Buning uchun tok kuchi degan tushuncha ishlatiladi. O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan vaqt birligi ichida o‘tgan elektr miqdoriga tok kuchi deb aytiladi.
Umuman tok kuchi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, demak, tok kuchi:


(1)

bu yerda: dq – dt qisqa vaqt ichida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzidan o‘tuvchi elektr zaryad.


Agar vaqt o‘tishi bilan tok kuchi va uning yo‘nalishi o‘zgarmasa, ya’ni I= const bo‘lsa, tok o‘zgarmas deb ataladi. O‘zgarmas tokning kuchi quyidagiga teng:


(2)

Elektr zanjirini hisoblashda zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi yoki qisqacha tok muhim ahamiyatga ega.


SI sistemada tokning asosiy birligi amper (A) hisoblanadi. Tok birligining nomi fransuz fizigi Andre Mari Amper sharafiga amper deb ataladi.

formuladan elektr miqdorining SI sistemadagi o‘lchov birligini aniqlashda foydalanish mumkin, ya’ni:





Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə