Fizikadan masalalar to’plami


§66. Elektr tokini o'lchovchi asboblar



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə105/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112
gupkina-2

§66. Elektr tokini o'lchovchi asboblar.



  1. Ichki qarshiligi 1kOm bo'lgan voltmetrga ketma-ket ravishda 9kOm bo'lgan qo'shimcha qarshilik ulansa, uning o'lchov chegarasi necha marta oshadi?


  1. 2 V kuchlanishni o'lchashga mo'ljallangan voltmetrni 12 V kuchlanish manbaiga ulash kerak. Agar voltmetrdagi tok kuchi 0,05 A dan oshmasligi kerak bo'lsa, unga qanday qo'shimcha qarshilik ulash kerak?


  1. Voltmetr 100 V kuchlanishni o'lchashga mo'ljallangan va 10kOm ichki qarshilikka ega. Agar bu voltmetrga qo'shimcha ravishda 90kOm qarshilik ketma ket ulansa, bu voltmetr yordamida qanday maksimal potensiallar farqini o'lchash mumkin?


  1. Ichki qarshiligi 10 Om bo'lgan milliampermetr 0,01A gacha bo'lgan tok kuchini o'lchay oladi. Bu asbobga ketma-ket ravishda qanday qo'shimcha qarshilik ulansa, u yordamida 1 V kuchlanishni o'lchash mumkin bo'ladi?


  1. Qo'shimcha qarshilik ulangan voltmetr 100 V gacha bo'lgan kuchlanishni o'lchay oladi. Agar voltmetrning ichki qarshiligi 100 Om, qo'shimcha qarshilik 400 Om qarshilikka ega bo'lsa, voltmetr qo'shimcha qarshiliksiz qanday eng katta kuchlanishni o'lchay oladi?


  1. Qo'shimcha qarshilik ulanganda voltmetrning o'lchash chegarasi 5 marta oshdi. Voltmetrning o'lchov chegarasini yana 5 marta oshirish uchun qo'shimcha qarshilikni necha marta oshirish kerak?


  1. Ampermetr 0,02 Om qarshilikka ega bo'lib, 1,2 A gacha bo'lgan tokni o'lchay oladi. Bu ampermetrga qanday shunt qarshilik(mOm) parallel ulansa u yordamida 6 A tok kuchini o'lchash mumkin bo'ladi?


  1. Qarshiligi 0,4 Om bo'lgan shunt ulangan ampermetrdan 5 A tok oqayotgan bo'lsa, tarmoqlanmagan qismdagi tok kuchi nimaga teng? Ampermetrning ichki qarshiligi 1,2 Om.


  1. Shuntlangan ampermetr 10A gacha bo'lgan tok kuchini o'lchay oladi. Agar shuntning qarshiligi 0,05 Om bo'lsa, shuntsiz ampermetr yordamida qanday eng katta tok kuchini o'lchay oladi? Ampermetrning ichki qarshiligi 0,2 Om ga teng.




  1. Shunt ulangandan so'ng ampermetrning o'lchash chegarasi 10 marta oshdi. Shuntning qarshiligi necha marta kichraytirilsa, ampermetrning o'lchash chegarasi yana 10 marta oshadi?




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə