Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə108/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
gupkina-2

x=Asinωt qonuni bilan tebranayotgan jism qancha vaqt ichida muvozanat vaziyatidan amplitudaning yarimigacha ko`chadi? Tebranish davri T=24 s


  1. Jism x=Acosωt qonuni bilan tebranmoqda. Jism qancha vaqt ichida boshlang`ich vaziyatdan amplitudaning yarimigacha ko`chadi. T=24 s


  1. x=Asinωt qonuni bilan tebranayotgan jism amplitudasining yarimini bosib o`tish uchun ketgan vaqt amplitudasining keyingi yarimini bosib o'tish uchun ketgan vaqtdan necha barobar kichik?


  1. Garmonik tebranishning amplitudasi 6sm, nuqtaning maksimal tezligi 1.2m/s bo`lsa uning siklik chastotasini toping.


  1. Ikki moddiy nuqta garmonik tebranmoqda. Birnchi jisimning maksimal tezligi 4m/s. Agar ikkinchi jismning tebranish davri birinchisinikiga qaraganda 3 marta katta, tebranish amplitudasi 6 marta kattaligi malum bo'lsa, ikkinchi jismning maksimal tezligini toping.


  1. Nuqta muvozanat vaziyatidan 4sm siljigandagi tezligii 6sm/s, 3sm siljigandagi tezligi 8sm/s. Uning siklik chastotasini toping.


  1. Nuqta muvozanat vaziyatidan 4sm siljigandagi tezligii 6sm/s, 3sm siljigandagi tezligi 8sm/s. Nuqtaning tebranish amplitudasini toping.(sm)


  1. Ikkita jism garmonik tebranmoqda. Birinchisining siklik chastotasi 36rad/s ikkinchisiniki 9rad/s. Jismlarning tebranish amplitudasi bir xil bo`lsa, birinchi jismning maksimal tezlanishi ikkinchi jismning maksimal tezlanishidan necha marta katta?


  1. G'ishtni arava ustiga qo'yildi va aravani polda x=Acosωt qonuni bo`yicha tebranma harakatga keltirildi, bu yerda A=10sm. Qanday maksimal ω chastotada g`isht arvachaga nisbatan sirg'almaydi? Aravacha va g`isht orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.5, g =9.8m/s2



  1. Gorizantal tekislikda yotgan taxtacha ustida brusok yotibdi va u y=Asinωt qonuni bo`yicha vertikal yo`nalishda harakatlanmoqda, A=20sm. Qanday maksimal ω chastotada brusok taxtacha ustida siljimaydi? g=9.8m/s2


  1. Metall plita ustida massasi 200g bo'lgan magnit yotibdi. Magnitni plitadan uzish uchun yuqori yo`nalishda 16 N kuch kerak. Buning o`rniga vertikal yo`nalishda y=Asinωt qonuni bo`yicha siljitamiz, bunda A=5sm. Qanday minimal siklik chastotada magnit plitadan uzilib ketishini aniqlang.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə