Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan


 Fizikaviy kimyoning rivojlanishi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix19.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#151504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishiiIiii

1.2. Fizikaviy kimyoning rivojlanishi 
1836-yili Rossiya olimi G.I. Gess kimyoviy reaktsiyalar vaqtida umumiy 
issiqlik effekti doimiy qiymatga ega bo’lib, u orqali reaktsiyalar issiqlik 
effektlarining yig’indisiga teng bo’lishi qonunini kashf etdi. Bu qonun fizikaviy 
kimyoda termokimyoning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Rossiya olimlaridan 
N.N. Beketovning 1865-yildan boshlab fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qishi, 
Bulerovning «Kimyoviy tuzilish nazariyasi»ni yaratishi hamda, 1869-yili D. I. 
Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonunini va keyinroq gidratlar 
nazariyasini yaratishi fizikaviy kimyoning taraqqiyotiga keng yo’l ochib berdi. D.I. 
Mendeleev birinchi bo’lib qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun kimyodan keng 



foydalanish kerakligini vazifa qilib qo’ydi, shu bilan agrokimyo faniga asos soldi. 
Fizikaviy kimyoni rivojlantirishda I.A. Kablukovning ishlari ham ahamiyatlidir. U 
D.M. Mendelevning eritmalar gidrat nazariyasidan foydalanib, elektrolitlarning 
suvdagi eritmalarida ionlarning gidratlanish hodisasi va elektrolitik dissotsiatsiya 
jarayonlarida kimyoviy o’zaro ta‘sir ko’rsatish hodisalarini ochib berdi. U birinchi 
bo’lib, Moskva qishloq xo’jalik institutida fizikaviy kimyo kafedrasini tashkil qildi 
va talabalarga ma‘ruzalar o’qiydi. 
Fizikaviy kimyoning rivojlanishida chet ellik olimlarning ham hissalari katta. 
Masalan, Ya. Vant – Goff, V. Ostvald eritmalarga oid bir qancha qonunlar kashf 
etdilar. S. Arrenius elekrolit dissotsilanish nazariyasini yaratdi, P. Kyuri, M. 
Skladovskaya – Kyuriylar radioaktivlik hodisalarini kashf qildilar, V. Nernst 
termodinamikaning uchinchi qonunini yaratishga muvaffaq bo’ldi va hokazo. 
O’zbekistonda fizikaviy kimyoni rivojlantirishda o’zbek olimlaridan X.R. 
Rustamov, A.M. Murtazaevlar o’z ishlari bilan katta hissa qo’shdilar. Akademik 
X.U. Usmanov va uning shogirdlari yuqori molekulyar moddalarning fizikaviy 
kimyosini o’rganishda hamda yangiliklar yaratishda katta ishlar qilishmoqda. 
O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M. N. Nabiev va uning shogirdlari 
mineral o’g’itlarning fizikaviy kimyosini o’rganishda katta ishlar qilmoqdalar [5]. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə