Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix19.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#151504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishiiIiii

 


28 
IV. XULOSA 
Xulosa qilib aytganda Fizikaviy kimyo fani zamonaviy kimyoning nazariy 
asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va 
fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy 
usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va 
ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar 
o`tkazadi.
Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega hamda 
kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy kimyoning ishlab 
chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda 
uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani 
tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar 
hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega, shu sababli ham, fizikaviy kimyo 
fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan. Fizik-
kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita 
moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha moddaning 
aralashmasidir. Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy 
kimyo xalq xo’jaligining hamma sohalaridа, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va 
sifatli mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi. Oziq – ovqat mahsulotlari 
texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli 
hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo fani bilan chambarschas bog’liqdir. 
Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, qishloq xo’jaligining malakali 
mutaxassislari, oziq – ovqat mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari 
umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir 
qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish 
kimyoviy texnologik jarayonlarda, o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir 
bo’lib turadigan turli jarayonlarni to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari 
texnologiyasida esa texnologik jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini 
oshirishga, hamda ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi. 


29 
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – 
uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq 
xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish 
mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi. 
Men o’z kurs ishimni tayyorlash jarayonida turli xil adabiyotlardan 
foydalandim va tashish soni tushunchasi bilan yanada yaqinroq tanishdim. Tashish 
sonini aniqlash, eksperimentlar o’tkazish bo’yicha amaliy tajribalar olish, tahlil 
qilish amaliyotda qo’llanilishini chuqurroq anglash kelajakdagi kasbiy faoliyatda 
foydali bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirdim. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə