Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix19.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#151504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishiiIiii

2.6. Qutblanish 
Elektroliz jarayoniga turli xil omillar ta‘sir ko’rsatadi. Shulardan biri 
qutblanish jarayoni bo’lib, u uch xil bo’ladi, ya‘ni elektrod qutblanish, kimyoviy 
qutblanish va konsentratsiyaviy qutblanish. 
Elektrod qutblanish. Elektrolitga tashqi manbadan elektr oqimi 
yuborilganda qatodga elektron kelishi sababli uning potentsiali manfiylashadi, 
anoddan elektronlar ketishi sababli uning musbat potentsiali oshadi, ya‘ni 
elektrodlar qutblashadi. Elektrolitdan elektr oqimi o’tganda, elektrodning elektr 
holati – uning potentsiali, qo’sh elektr qavati zaryadining zichligi o’zgaradi. Bu 
xodisaga elektrodning qutblanishi deyiladi. 


23 
Ikkala elektroddagi potentsial siljishlar yig’indisi qutblanish EYUK ni beradi. 
Elektrkimyo sanoatida elektrodga juda katta elektr oqimi beriladi, natijada 
qutblanish EYUK ham katta bo’ladi. 
Elektroliz vaqtida elektrolitli vanna galvanik elementga aylanadi va uning 
elektrodlari orasida tashqi elektr manbaiga qarshi yo’nalgan potentsiallar ayirmasi 
vujudga keladi. Bu xodisaga elektrolitik qutblanish yoki qisqacha qutblanish 
deyiladi. Elektroliz vaqtida elektrolitli vannaning elektrodlari orasida hosil bo’lgan 
elektr yurituvchi kuchga qutblanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Shuning 
uchun elektroliz vaqtida zanjirdagi elektr oqimining kuchi quyidagiga teng bo’ladi. 
r
R
E
E
J
k



bu yerda, Е
q
– qutblanish elektr yurituvchi kuchi. 
Kimyoviy qutblanish. Sulfat kislota eritmasiga platinadan yasalgan ikki 
elektrod tushirilib tashqaridan elektr oqimi yuborilsa, katoddagi potentsial 
vodorodning muvozanat potentsiallaridan oshganidan so’ng katodda vodorod 
ajralib chiqa boshlaydi, anodda esa kislorod ajraladi [13]. 
Elektrodlarda ajralib chiqayotgan bu gazlar platina elektrodga adsorbilanib, 
gaz elektrodlar – kislorod hamda vodorod elektrodni hosil qiladi. Natijada sulfat 
kislota eritmasiga tushirilgan platina plastinkalarda kislorod hamda vodorod 
elektrodlardan iborat quyidagi galvanik element vujudga keladi: 
Pt (H
2
)
-
|H
2
SO
4
|
+
O
2
(Pt) 
Bu galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi elektroliz davomida asta – sekin 
osha boradi va nihoyat, o’zining eng yuqori qiymatiga erishadi. Elktroliz jarayonida 
katodda tashqi manbadan elektron keladi va katodda qaytarilish jarayoni boradi. 
Anoddan elektron ketadi va anodda oksidlanish reaksiyasi boradi. Galvanik 
element elektrodlarida teskari jarayon boradi. Katodda elektron ketadi va 
oksidlanish reaktsiyasi boradi, anodga elektronlar keladi va qaytarilish reaktsiyasi 
boradi. Shunday qilib, elektroliz jarayonida katod anodga va anod katodga 
aylanadi. Shu sababli elektroliz jarayonida elektrolizyorda hosil bo’lgan qutblanish 
galvanik elementning elektr oqimi tashqi elektr manbaining elektr oqimiga qarshi 


24 
tomonga yo’nalgan bo’ladi. Natijada zanjirda elektr kuchi kamayadi. Demak, 
yuqoridagi misolda qutblanishning sababi galvanik elementning vujudga 
kelishidir. Shuning uchun bu xil qutblanish kimyoviy qutblanish deyiladi. 
Qutbsizlantirish. Qutblanish jarayoni elektroliz bilan ma‘lum miqdorda 
modda ajratib olish uchun ortiqcha elektr energiya sarf qilishini talab qiladi. Bu 
esa zarardir. Shunga ko’ra, qutblanishni yo’qotish yoki juda bo’lmaganda uning 
ta‘sirini kamaytirishga harakat qilinadi. Elektroliz jarayonida qutblanishni 
yo’qotish qutbsizlantirish (depolyarizatsiya)
 
deyiladi. Qutblanishni yo’qotish 
uchun uning sabablarini yo’qotish kerak. Konsentratsiyaviy qutblanish, eritmani 
shiddatli aralashtirish yo’li bilan yo’qotilishi mumkin, lekin uni butunlay yo’q qilib 
bo’lmaydi, chunki elektrodlarda hosil bo’lgan diffuzion qatlam bunga yo’l 
qo’ymaydi. Ortiqcha ionni cho’ktirish yo’li bilan ham konsentratsiyaviy 
qutblanishdan qutilish mumkin. Elektroliz paytida katodda biror kation eritmadan 
metall holida ajralib chiqishi uchun u o’z zaryadini berishi kerak, lekin metallar 
eritmaga ion holida o’tishga intiladi. Metallarning bu tabiati kationning 
zaryadsizlanishiga qarshilik qiladi. Bu qarshilikni yengish uchun katodga ma‘lum 
potentsial berish kerak bo’ladi. Shunday qilib, kation zaryadsizlanib katodda 
ajralishi uchun, ya‘ni elektroliz jarayoni borish uchun edektrodga beriladigan 
potentsial, ajralib chiqishi kerak bo’lgan shu metallning ma‘lum sharoitda hosil 
qilinadigan muvozanat bo’lsa ham ko’proq bo’lishi kerak. Kationning 
zaryadsizlanishi uchun kerak bo’lgan minimum potentsial ajralish potentsiali yoki 
(agar elektrod erisa) erish potentsiali deyiladi. Metallarning hosil qiladigan 
potentsiali ularning normal potentsiali bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham 
kuchlanishlar qatori ajralish potentsialining minimum miqdorini ifodalaydi. 
Elektroliznig borishi uchun tashqi manbadan beriladigan elektr yurituvchi kuch 
ma‘lum minimum qiymatdan kam bo’lmasligi kerak. Bunday elektr yurituvchi 
kuch ajralish kuchlanishi deb ataladi. Amalda biror moddaning ajralib chiqishi 
uchun kerak bo’ladigan ajralish potentsiali ba‘zi sabablarga ko’ra shu moddaning 
muvozanat potentsialiga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu xodisaga elektroddagi o’ta 
kuchlanish yoki o’ta kuchlanish potentsiali deyiladi. Moddalarning elektroliz 


25 
vaqtida ajralib chiqishi uchun kerak bo’lgan minimum EYuK qutblanish EYuK 
dan anchagina ko’p bo’lishi kerak. Bu hol elektrolizdagi o’ta kuchlanish deyiladi. 
Ma‘lumki elektrodda gaz ajralib chiqishi uchun juda ko’p elektr energiya kerak 
bo’ladi. Sanoatda elektrkimyoviy usul bilan kislorod, vodorod, xlor singari gazlar 
ko’p miqdorda olinadi. Shuning uchun elektrolizda ortiqcha sarf bo’ladigan elektr 
energiyasini kamaytirish katta amaliy ahamiyatga ega. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə