Mavzu: mikroelementlarning oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati



Yüklə 27,91 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü27,91 Kb.
#146739
Mavzu mikroelementlarning oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati-fayllar.org


Mavzu: mikroelementlarning oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati

MAVZU: MIKROELEMENTLARNING OʻSIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI
REJA: I.Kirish

II. Asosiy qism


1.Mikroelementlar toʻgʻrisidagi fanning rivojlanishi.
2.Oʻsimliklarning kimyoviy tarkibi
3..Bor moddasi yetishmasligi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Mikroelementlarning yetishmasligi o’simliklarning qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tegishli mikroo’g’itlardan foydalanish kasallikning oldini olibgina qolmay, balki ancha yuqori va sifatli hosil olishga olib keladi. Mikroelementlarning ijobiy ta’sir etishining asosiy sababi, ularning oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarda, azot almashinuvida qatnashishi o’simliklarning kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini oshirish bilan bog’liq bo’ladi. Mikroelementlar ta’siri natijasida barglarda xlorofillning miqdori oshadi, fotosintez kuchayadi, butun o’simlikning assimilyatsion faolligi oshadi.

Mikroelementlar, hatto ularning juda ozgina miqdori bo’lmagan taqdirda odam ham, hayvon ham, o’simlik ham yashay olmaydi. Qora mollar oziqasida kobaltning yetishmasligi hayvonlarda og’ir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Hammaga ma’lum bo’lgan bo’qoq kasali odam va hayvon organizmida yod yetishmaganida, ya’ni tuproq va suvda uning miqdori 0,00001 foizdan kam bo’lganida yuz beradi. Rux miqdori yetarli bo’lmagan tuproqda o’sgan o’simlik barglari ola-bula rangga kirib qoladi. Tuproqlarda mis, temir magniy, bor, marganes va boshqa kimyoviy elementlarbirikmalarining yetishmasligi ham o’simliklarning kasallanishiga sabab bo’ladi. Biroq mis, rux va nikel konlari mavjud bo’lgan hududlarda (Janubiy Ural) ham o’simliklar kasallanadi. Atrof-muhitda ba’zi bir kimyoviy elementlar miqdorining oshib ketishi natijasida ham, o’simlik va hayvonlar har xil kasalliklarga chalinishi mumkin ekan. Masalan, ichiladigan suvda ftor miqdori 0,00005% dan ortib ketsa, odam va hayvon tishining emal qavati olabula dog’lar bilan qoplanadi, suyakda fiyuoroz kasali paydo bo’ladi.


1872-yilning 29-yanvarida rus olimi K.A. Timiryazov Peterburg tabiatshunoslari majlisida “ O’simlik hayotida ruxning ehtimoliy ahamiyati” degan mavzuda so’zga chiqadi. Olim tarkibida temir tuzlari bo’lmagan eritmada o’stirilgan bir nechta tup makkajo’xori o’simligi ustida olib borilgan o’z tajribasini ta’riflaydi. Bunday muhitda o’simlik bargi so’lib, sarg’ayib qolgan. Shundan keyin Timiryazov bir o’simlik bargini temir tuzi eritmasi bilan, ikkinchi o’simlik bargini rux tuzi eritmasi bilan ho’llagan. Natijada eritmalarga tushirilgan har ikki yaproq ham yashil rangga bo’yalgan. Tajriba natijalari o’simlik hayotida rux va temirning rolinigina ko’rsatibgina qolmadi. Natijalar o’simlikka turli kimyoviy elementlarning zarurligini va bularning ozginagina miqdori o’simliklarning holatiga kuchli ta’sir etishini ko’rsatdi.
Mikroelementlar to’g’risidagi fan asta-sekin rivojlanib bordi. K.K. Gedroys mikroelementlarning ba’zi o’simliklarning hosilini oshirish xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. F.V. Chirikov bug’doy hosilini hatto 2—3 martaga ko’paytirishga erishdi.
Hozirgi kunga kelib, o’simliklar tarkibida kimyoviy elementlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo’lib, shulardan 16 tasi o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar hisoblanadi. O’simlik quritilib tekshirilganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% vodorod va 1,5% atrofida azot bo’lib, bu 4 ta element o’simlik tarkibidagi kimyoviy moddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz miqdorda bo’lib, atiga 5% ni tashkil etadi. O’simlik tarkibidagi 87% uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan oladi.
O’simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdorini quyidagi misoldan yaqqol ko’rish mumkin. 1 gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi makro va mikroelementlarning ulushi quyidagicha: azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157 kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502 kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002 kg.
Mikroelementlar - organizm, oʻgʻit, rudalarda kam miqdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, kushlar va hayvonlarning oʻsishini tezlashtiradi, qoramollarda koʻpayib ketsa, molibdenoz kasalligi paydo boʻladi. Tishni baquvvat qiladi, qon hosil qilish va immunitet reaksiyalariga, skeletning rivojlanishiga yordam beradi, koʻpayib ketganda flyuoroz paydo boʻladi. Qon hosil qilish jarayoni, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi; yetishmaganida hayvonlarning boʻyi oʻsmaydi va bolalashi kamayadi massasi 0,001% gacha) uchraydigan ki-myoviy elementlar. Tuproq va togʻ jinslari, suv tarkibidagi ayrim makroele-mentlar koʻpchilik hayvonlar, oʻsimliklar va odam uchun M. hisoblanadi.
Organizmda M. xilma-xil biologik faol birikmalar: fermentlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa tarkibiga kiradi. Bu M. taʼsiri, asosan, organizmda moddalar almashinuvi jarayonlari faolligining oʻzgarishida namoyon boʻladi. Baʼzan M. organizmlarning oʻsishi, qon hosil qilishi, toʻqimalar orqali nafas olish jarayonlari, hujayralar ichi moddalar almashinuvi va h.k.ga taʼsir koʻrsatadi.
Tuproqda M. kam yoki koʻp boʻlsa, oʻsimlik va hayvonlar organizmida M. yetishmovchiligi yoki ortiqligi payqaladi.
Chorva mollarining mahsuldorligini oshirish uchun mol ozigʻiga M. qoʻshib beriladi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan iborat oziq-ovqat odam organizmiga kiradigan M.ning asosiy manbaidir. Ichiladigan suv odam organizmining yod, mis, rux, marganets, kobalt kabi M.ga boʻlgan sutkalik ehtiyojining faqat 1 — 10% ini taʼminlaydi.
M. organizmda bir xil tarqalmaydi. Ularning biror organda koʻp toʻplanishi elementning fiziologik roli va shu organning oʻziga xos faoliyatiga bogʻliq (mas, jinsiy bezlarda Zn koʻp toʻplanadi va ularning funksiyasiga taʼsir etadi); baʼzi hollarda M.ning organlar funksiyasiga taʼsir etishi toʻplanish joyiga bogʻliq boʻlmaydi. Odam organizmida koʻpchilik M. (Al, Ti, Cl, Pb, F, Sr, Ni) miqdori yoshga qarab orta boradi. Oʻsish, rivojlanish davrida M. miqsori tez ortib, 15—20 yoshga yetganda kamayadi yoki toʻxtaydi. M. organizm hayot faoliyati uchun muhim boʻlish-boʻlmasligiga koʻra, zarur (Co, Fe, Cu, Zn, Mn, I, F, Br) va unchalik zarur boʻlmagan (Al, Sr, Mo, Se, Ni) turlarga boʻlinadi.
Klinik tibbiyotda So, Fe, Cu kabi M.ning preparatlari anemiyaning baʼzi turlarini davolashda, Vg va I farmakologik moddalar sifatida qoʻllanadi. M. gigiyenada muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda (mas, endemik buqoqning oddini olishda tuz va nonni yodlash, tish chirishiga karshi suvni ftorlash va h.k.).
M. tanqisligiga qarshi kurashish maqsadida, shuningdek, tibbiyotda So preparatlari (V12 vitamini)dan foydalaniladi, uy hayvonlariga mineral ozuqalar (So, Gʻ, I), oʻsimliklarga — mikrooʻgʻitlar beriladi (455-6.dagi jadvalga q.).
Bor, marganes, rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o’simlik organizmining 100000 dan bir va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular mikroelementlar deb atalgan.
Tuproqda va yaylovlarda kobalt yetishmasligi esa “sxotka” kasalligini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning yungi to’kila boshlaydi. Tuproqda mis bo’lmaganda esa, qo’y va qora mollarning kasallanishi, o’simliklarning hosilining keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Mikroelementlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o’g’it sifatida tuproqqa solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay, larning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek hosil shoxlarini shakllanishini, shonalash, gullash va hosilni erta pishib yetilishini tezlashtiradi.
Bor tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tugunchalar to’kiladi, poya hamda ildizning o’sish nuqtalari shikastlanadi. Bor hujayradagi suv miqdorini ko’paytiradi, oqsil va uglevod almashinuv jarayonini tezlashtiradi. Bu qand moddalarini o’sish nuqtalari va mevaga borishini tartibga soladi. O’simliklarning qurg’oqchilikka bardoshini oshiradi. Bor yetishmasa, fotosintezjarayoni sekinlashadi, shuningdek o’simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. O’simliklar tarkibidagi bor miqdori o’rtacha 0,0001% yoki 1 kg quruq moddada 0,1 mg ga tengdir. Bor tanqisligida o’simliklarda quruq va jigarrang chirish, sarg’ayish, ildizmevalarning o’zaklanishi hamda bakterioz kabi illatlar kuzatiladi. Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalilar, g’o’za, zig’ir, sholi, sabzavotlar va qand lavlagi borga talabchan o’simliklar jumlasiga kiradi. Tuproq tarkibida bor miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklarda zaharlanish alomatlari paydo bo’ladi. Poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, to’kiladi. Borning ko’pligi chorva mollarining salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Turli tuproqlarda bor tanqisligining quyi chegarasi turlicha bo’ladi, bu ko’rsatkich qora tuproqlarda 0,3—0,6 mg/kg, bo’z tuproqla rda 0,45—2 mg/kg dan past bo’lganda borli o’g’itlar qo’llash lozim. Borli o’g’itlarni qo’llash natijasida zig’ir (tola) va paxtadan gektariga 2—3 sentnergacha qo’shimcha hosil olish mumkin. Qand lavlagi hosildorligi 45 sentnerga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3—2,1% ga ko’payadi.
Agarda tuproq tarkibida bor moddasi bo’lmasa, o’simlik yoshlik davridayoq o’sishdan to’xtaydi. O’simliklarda bor moddasining yetishmasligini uning tashqi ko’rinishidan ya’ni, o’simliklarning sekin o’sishidan, yosh poya va yaproqlarning mo’rtlasha boshlashidan dukkakli o’simliklar ildiz tuganaklarining zaiflashganligidan bilish mumkin. Bu hoi o’simliklarda oziqa moddalari harakat qiladigan yo’llar faoliyatining buzilishiga bog’liqdir. Bor hamma elementlarga bir xil miqdorda zarur emas. Tarkibidagi borning miqdoriga qarab, ular bir biridan kuchli farq qiladi. Arpa, bug’doy, tariq, suli, makkajo’xori kabi bir pallali o’simliklarda bor juda kam bo’ladi, ikki pallali o’simliklarda esa juda ko’p bo’ladi. O’simlik tarkibida bor qanchalik ko’p bo’lsa, u borning yetishmasligini shunchalik tez sezadi. Bir o’simlikning o’zida (ildizda, poyasida, yaprog’ida, gulida) turli vaqtda mikroelementlar miqdori turlicha bo’ladi. Demak, o’simliklarning borga bo’lgan talablari turlichadir. Ba’zi o’simliklar shonalash davrida borga juda boy bo’ladi. Masalan: shu davrda kungaboqar yaprog’ida uning miqdori 0,005% gacha yetadi, boshqa davrlarda esa juda kam bo’ladi. Temperaturaning o’zgarib turishi ham o’simlikning borga bo’lgan talabiga ta’sir ko’rsatadi, harorat pasayganda borga bo’lgan talab ham pasayadi. Bularning hammasi o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlarini, tuproqni tashqi muhit va boshqalarni hisobga olmay turib, mikroelementlami bir xilda qo’llash mumkin emasligini yana bir bor ko’rsatadi.
Mis. Nafas olishning kuchayishi o’z navbatida o’simlikda uglevod almashinishini va oqsilning sintez bo’lishini tezlashtiradi. Bularning hammasi o’simlikning umumiy holatini yaxshilaydi, jumladan uni zamburug’ kasalliklariga chidamliligini oshiradi. Mis asosan yaproq xloroplastlarida to’planib, xlorofillni buzilishdan saqlaydi. Bu liam oqsilning kuchli sintez bo’lishi natijasidir. Oqsil ko’p bo’lgan taqdirda rang beruvchi xlorofill moddasi oqsil bilan qo’shilib uning chidamliligi oshadi, bu esa yaproq va umuman o’simlikning hayotiy faoliyatini kuchaytiradi, fotosintez jarayonini uzaytiradi va natijada urug’ hosili hamda undagi uglevodlar miqdorini ko’paytiradi. Miso’g’iti lavlagida shakarni, moyli o’simliklarda yog’ni, beda, lavlagi, kartoshka va boshqa o’simliklarda “C” vitaminning miqdorini ko’paytiradi. Qizig’i shundaki, mis birikmalari (bor, marganes va rux birikmalari singari) o’simliklarning suv rejimiga va ularning qurg’oqchilikka hamda sovuqqa bardosh berishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatib, yaproqlarda suvni sezilarli darajada ko’paytiradi.
Mis yetishmasligi tufayli yuz beradigan kasalliklardan mevali daraxtlardan yuqori qismining qurib qolishi (ekzamtema) va o’tsimon o’simliklarni zararlaydigan xloroz, barg uchining burishib qolishi kasalliklari yaxshiroq o’rganilgan. Meva daraxtlari yuqori qismining qurib qolish hodisasi butun yer yuziga tarqalgan. Ayniqsa sitrusli o’simliklar bu kasalliklarga tez-tez chalanib turadi. Yozda olma daraxtining tepa shoxlari quriydi. Shu kasallik tufayli daraxtning o’sishi ham sekinlashadi. Yaproqning ba’zi joylari astasekin quriy boshlaydi. Kasallikning tez rivojlanishi natijasida yangi yaproqlar burishib qoladi va to’kiladi, novdaning yuqori qismi quriydi. Ko’pincha suli, arpa, bug’doy va boshqa g’alla o’simliklari ham xloroz, barg uchlarining qurib qolishi kasalliklari bilan zararlanadi. O’simlik qattiq zararlanganda o’sishdan to’xtaydi va qurib qoladi. Mis birikmalaridan foydalanib, bu kasalliklarning hammasini yo’qotish yoki butunlay bartaraf qilish mumkin. O’simliklarda misning o’rtacha miqdori 0,0002% yoki 1 kg og’irlik hisobiga 0,2 mg ga to’g’ri keladi. O’simlik hujayrasida 2/3 qism mis erimaydigan, birikkan holda uchraydi. O’simlikning o’suvchi qismlari va urug’i nisbatan misga boy bo’ladi. Bargdagi misning 70% i xloroplastlarda konsentrlanadi. Ma’lum darajada misning fiziologik ahamiyati uning mis tutuvchi oqsillar va fermentlarning tarkibiga kirishi bilan belgilanadi.
Marganes (Mn). Yetarli miqdorda marganesning bo’lishini talab etuvchi o’simliklar jumlasiga donli ekinlar, dukkakli don ekinlari, qand lavlagi, ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar kiradi. Har xil ekinlarning hosili bilan har gektar yerdan 1000—4500 g gacha marganes olib chiqib ketilishi mumkin. O’simliklarda marganesning umumiy miqdori o’rtacha 0,001% ga yoki 1 kg og’irlik hisobiga 1 mg ga to’g’ri keladi. Uning asosiy miqdori barglar va xloroplastlarda to’planadi.
Marganes shakar va xlorofil miqdorining oshishida, uning oqsil bilan bog’lanishining mustahkamligini ta’minlashda, shakarlarning harakatini yaxshilashda, nafas olish jadalligini kuchaytirishda ishtirok etadi. Marganes yana askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi.
Shunday ma’lumotlar borki, marganes fosforning qari pastki barglardan ustki yosh barglarga harakatini kuchaytirisliga ijobiy ta’sir etadi. Marganes to’qimalarning suvni ushlab qolish qobiliyatini oshiradi, transsperatsiyani kamaytiradi, o’simliklarning hosil tugishiga ko’maklashadi. Marganesning o’ta tanqisligida rediska, karam, pomidor, no’xat va boshqa ekinlarning hosil tugishi umuman to’xtab qolishi kuzatilgan. Barglarning oqarishi va sarg’ayishi, dog’larning paydo bo’lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastinkasining buralib qolishi-marganes tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Marganes o’simliklarning rivojlanishini tezlashtiradi. Marganes tanqisligida xlorozlar, g’allasimonlarning kulrang dog’liligi, qand lavlagining sariq dog’liligi kuzatiladi.
Molibden (Mo). Molibdenning eng ko’p miqdori dukkakli o’simliklarda uchraydi. Dukkakli o’tlar urug’ida 1 kg quruq vazn hisobiga 0,5 mg dan 20 mg gacha molibden bo’lishi, g’allasimonlar urug’ida esa 1 kg quruq vazn hisobiga 0,2 mg dan 1,0 mg gacha molibden bo’lishi mumkin. Molibden o’simliklarga boshqa elementlarga nisbatan kamroq yutiladi. O’simlik barglarida molibden boshqa a’zolariga nisbatan ko’proq to’planadi. Aksariyat o’simliklarda molibden miqdorining quyi chegarasi 1 kg quruq moddada 0,1 mg hisoblanadi. Dukkakli ekinlarda bu ko’rsatkich 0,4 mg/kg ni tashkil etadi. Molibden dukkakli o’simliklarning ildizidagi tuganaklarning rivojlanishini kuchaytiradi, oqsil tarkibidagi azotning o’zlashtirilishiga yordam beradi. Dukkakli o’simliklarning tuganaklarida molibden birikmasi to’planadi. M.Ya. Shkolnik va M.M. Steklovalarning tekshirishlari molibden birikmalari qo’llanilganda donli o’simliklarning yarovizatsiya davrini tezlashishini ko’rsatadi. Beda ustida olib borilgan tajribalar ham molibden birikmasining ahamiyatini ko’rsatadi. A.A. Drobkov ma’lumotlariga ko’ra, molibden ta’siri ostida bedaning yer sirtidagi qismi 70% ga, urug’ liosili esa 90% dan ko’proqqa ko’payadi. Turli ekinlar no’xat, loviya, pomidor, qand lavlagi, beda, lyupin va baqlajon hosilini oshirishda molibden mikroelementining ijobiy ta’siri isbotlangan. Molibden o’simliklardagi nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi va nitratlarning nitritlargacha qaytarilishida ishtirok etadi. Umuman olganda, molibdenni o’simliklardagi azot almashinish jarayoni mikroelementi deb atash mumkin. Molibden fotosintez, nafas olish, vitamin va fermentlar sintezida faol ishtirok etadi.
O’simliklardagi molibdenning eng kam miqdori 1 kg quruq vazn hisobiga 0,10 mg bo’lgan chegara hisoblanadi,boshqa o’simliklar va dukkaklilar uchun 1 kg ga 0,40 mg ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkichdan past bo’lgan miqdor molibdenning tanqisligidan dalolat beradi. Bug’doyning o’rtacha hosili bilan 1 gektar yer hisobiga 6 g molibden, bedaning hosili bilan esa 10 g gacha molibden olib chiqib ketiladi.
Oziq muhitidagi molibdenning tanqisligini tadqiq etish shuni ko’rsatadiki, o’simliklarda azot almashinuvi izdan chiqadi, to’qimalarda ko’p miqdorda nitratlar to’planadi. Hayvon va odam organizmida ko’p miqdorda iste’mol qilish tufayli konserogen birikmalar nitrozaminlarning hosil bo’lishi kuzatiladi. Molibdenning oshiqcha miqdori o’simlikka toksik ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarida molibdenning bo’lishi odam va hayvonlarning sog’lig’iga putur yetkazadi. 1 kg quruq massada 1 mg molibden bo’lsa, odam va hayvonlar uchun zararli hisoblanadi. O’simliklar tarkibida 1 kg quruq massasi hisobiga 20 mg va undan ko’proq miqdorda molibden bo’lgan hollarda: hayvonlar molibdenli toksikoz, odamlar endemik padagra kasalliklariga duch keladi.
Kobalt (Co). O’simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o’rtacha 0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o’simliklarda bu ko’rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi. Kobalt qo’proq dukkakli o’simliklarda uchraydi, ko’proq tuganaklarda yig’iladi. Shuningdek, kobalt generativ organlarda ham to’planadi, changdonda yig’iladi va uning o’sishini tezlashtiradi. O’simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% vitamin B12 va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir. B12 mikroorganizmlar tomonidan sintezlanib, o’simliklarga tuproqdan o’tadi yoki azot to’plovchi tuganaklarida hosil bo’ladi. B12 uchraydigan o’simliklar dukkaklilar, turup, piyozlar hisoblanadi. Uning 30% ga yaqini yuqori darajada barqarorlikka ega bo’lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar tarkibida uchraydi. O’simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 m arta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kobalt ta’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga 30—35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi.
Rux (Zn). Rux ham o’simliklar uchun zarur bo’lgan mikroelementlardan biri hisoblanadi. Rux o’simliklarning issiqlikka va sovuqlikka bo’lgan chidamliligini oshiradi, fosforning ko’proq o’zlashtirilishiga yordam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga o’tishi sekinlashadi, shuningdek o’simliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari to’planishi kuzatiladi. Rux yetishmaganda o’simlik hujayralarining bo’linishi sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o’zgaradi, poyadagi bo’glim oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi.
Ruxning tanqisligiga grechixa, xmel (qulmoq), qand lavlagi, kartoshka, qizil beda o’ta sezgir bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, begona o’tlar madaniy ekinlarga nisbatan ruxga boyligi bilan ajralib turadi. Ninabargli o’simliklar tarkibida va shuningdek, zaharli zamburug’larning tarkibida rux ko’p uchraydi. Dala ekinlarining ruxga bo’lgan talabi mevali daraxtlarga nisbatan pastroq bo’ladi.
So’nggi vaqtda rux mikroelementini vitaminlar, jumladan “C” vitaminning to’planish jarayoni bilan bog’liq ekanligi aniqlangan. M.Ya. Shkolnikning tekshirishlariga ko’ra, rux mikroelementi o’simlikning yaproq va poyalarida uglevodlar miqdorini ko’paytiradi, bu esa o’simliklarning sovuqqa, qurg’oqchilikka va sho’rtob tuproqlarga chidamli bo’lishiga bevosita bog’liq. Rux birikmasi tuproq chirindisi tomonidan oson yutiladi, shuning uchun ham bu mikroelementning bir qismi tuproqning chirindili qavatiga chiqadi. Tarkibida rux bo’lgan mikroo’g’itlar tuproqqa solinganda o’simlik azot, fosfor, kaliy, kalsiy birikmalarini yaxshi o’zlashtiradi. Bu mikroelement tuproq makroorganizmlari uchun ham zarur hisoblanadi. Dala ekinlari hosili orqali har yili 1 gektar yer hisobida 75—250 g rux olib chiqib ketiladi.
Ya.V. Peyve ma’lumotlariga ko’ra, 1 kg tuproqdagi mikroelementlarning umumiy miqdori quyidagicha : bor—1,5—55 mg, mis—1,5—30,0 mg, rux—2,50—6,50 mg, marganes—100—250 mg, molibden—0,2—7,5 mg, kobalt—0,4 dan 4,0 mg gacha.
Mikroelementlarning tuproqda kam yoki ko’p bo’lishi ham salbiy hol hisoblanadi. Masalan, 1 kg tuproqda bor miqdori — 0,3 mg, marganes 10,0 mg, rux — 1,5—2,0 mg, mis — 2—3 mg, kobalt — 1,5—3,0 mg, molibden 0,20—0,25 mg dan kam bo’lgandagina mikroelementlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdorini bir me’yorda ushlab turish uchun dalalarni organik o’g’itlar (go’ng) bilan o’g’itlab turish yaxshi natija beradi. Chunki, go’ng tarkibida deyarli hamma turdagi makro va mikroelementlar mavjud. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, aksariyat ko’p hollarda go’ng solinmay makroolg’itlar katta miqdorda berilib, yuqori hosil olish moMjallangan dalalarda, o’simliklar va tuproqning mikroelementlarga bo’lgan muhtojligi yaqqol seziladi.
Bor (B). Adabiyotlardan ma’lumki, yengil mexanik tarkibli chimpodzol, chim-gleyeli, botqoqlangan tuproqlarda bor juda kam bo’ladi. Tundra tuproqlarining tarkibida 1—2 mg/kg, chim podzol tuproqlarda 2 —5 mg/kg bor uchraydi. Agar noqoratuproq zonada 1 kg tuproqdagi horning miqdori 0,2—0,5 mg dan ko’p bo’lsa, borli mikroo’g’itlar solish tavsiya etilmaydi. Ammo bu ko’rsatkich qora tuproqlar uchun 0,3—0,65 ni, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari uchun 0,45—2,0 mg/kg ni tashkil etadi. Bori kam bo’lgan bu xil tuproqlarda uni o’g’it sifatida solish har gektar yer hisobiga zig’ir tolasini 2—3 s, qand lavlagisini 45 s ga oshirib, bir yo’la keyingi ekinning ildiz mevasidagi shakarning miqdorini ham 0,3—2,1% ga oshishiga sababchi bo’ladi. Borli o’g’itlar qo’llash natijasida zig’ir va paxtadan gektariga qo’shimcha 2—3 s hosil olish mumkin. Tuproq tarkibida bo’r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklarda zaharlanish alomatlari paydo bo’ladi: poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, kuyadi, to’kiladi. Borning serobligi chorva mollari salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.Misga torfli tuproqlar, Boltiq bo’yining chim-karbonatli tuproqlari, botqoq va botqoqlangan tuproqlari, qum va qumoq tuproqlari juda kambag’al bo’ladi.


Xulosa
Nordon tuproqlarni ohaklash o’simliklarga tuproqdan misning kelib tushishini kamaytiradi. Ohak misning adsorbenti sifatida ta’sir etadi hamda ishqorlash yo’li bilan kompleks birikma hosil bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu vaqtda o’simlik misga nisbatan tanqislikni sezadi, tuproqda esa mis miqdorining kamligi kuzatiladi. Noqoratuproq zonada misning miqdori har kg tuproq hisobiga 1,5—3,0 mg dan, qora tuprqlarda 2,0—5,0 mg dan, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida 1,5—4,0 mg dan kam bo’lgan hollarda o’simliklarning misga bo’lgan ehtiyoji kuchayadi.Marganes (Mn). Tuproqda marganesning miqdori bir muncha yuqori bo’lishiga (sariq tuproqlarda 1% gacha va undan ziyod, chim podzol tuproqlarda va qora tuproqlarda 0,1—0,2%) qaramay, bu elementning ko’p qismi tuproqda qiyin eriydigan oksid va gidrooksidlar tarzida bo’ladi. Neytral reaksiya atrofida (pH 6 dan 8 gacha) o’simliklar unga nisbatan tanqislik sezishi mumkin, chunki bu muhitda marganes qiyin eriydigan birikma shaklida bo’ladi. Marganesning miqdori noqoratuproq zonada 1 kg tuproqda 25—55 mg, qora tuproqda 40—60 va bo’z tuproqda 10—50 mg bo’lganda yaxshi samara beradi. Tuproqda marganes kam bo’lgan hollarda (yoki umuman boTmaganda) oziqlanish balansidagi elementlarning nisbati buziladi, chunki u kalsiy singari tashqi muhitdan ionlarni tanlab singdirilishida o’zini antogonist sifatida namoyon qiladi. Marganes reutilizatsiya jarayonini tartibga solib turuvchi element sifatida ham muhim o’rin tutadi. U o’simlik hujayralarining suv tutish qobiliyatini oshiradi va hosil elementlarining ko’proq saqlanishiga yordam beradi. Tuproqda marganes miqdori 1% gacha yetadi, lekin uning asosiy qismi o’simliklar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan shakldadir.Molibden (Mo). Tuproqdagi umumiy molibden miqdori 1 kg tuproq hisobiga 0,20 dan 2,4 mg gacha, harakatchan shakldagi miqdori esa 0,10 dan 0,27 mg gacha bo’ladi. Odatda, tuproqning haydalma qatlamida harakatchan shakldagi molibden, umumiy molibdenning 8—17 foizini tashkil etadi.
Yengil mexanik tarkibli, kam chirindili tuproqlar tarkibida molibden eng kam miqdorda uchraydi. Molibdenning eng kam miqdori podzol va qum tuproqlarda (1 kg ga 0,005 mg) uchraydi. Umumiy harakatchan shakldagi molibdenga eng boy bo’lgan tuproqlar, qora tuproqlar hisoblanadi. Demak, bu o’z-o’zidan bu tuproqlarning biologik akkumulatsiya qobiliyati borligidan dalolat beradi. Odatda, tuproqda molibden oksidlangan holatda kalsiy va boshqa metallarning molibdatlari tarzida uchraydi. Nordon tuproqlarda molibden, aluminiy, temir va marganes bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Ishqoriy tuproqlarda esa oson eriydigan natriy molibdenga aylanadi. Tuproq eritmasining nordonligi pasaytirilsa, molibdenning suvda eriydigan shakli ortadi. Ohaklash natijasida molibdenning o’simliklar tomonidan yutilishi kuchayadi, lekin pH 7,5—8 bo’lgan tuproqlarda karbonatlarning miqdori ko’payganligi sababli pasayadi. Molibdenning tanqisligi chimli-podzol, quritilgan nordon torf tuproqlar va qora tuproqlarda kuzatiladi.

Gumusga boy tuproqlar o’z tarkibida molibden yalpi miqdorining ko’pligi bilan ajralib turadi. Molibden bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarda o’simliklar azot, fosfor va kaliyni yaxshi o’zlashtiradi. Azot oqsil tarkibiga to’liq o’tadi, natijada sabzavot va poliz ekinlarida azotning nitrat shaklida to’planishining oldi olinadi. Shuning uchun molibdenni dukkakli ekinlarga fosfor va kaliy bilan, boshqa ekinlarga esa azot bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.Rux (Zn). Ruxning umumiy miqdori qora tuproqlarda 1 kg tuproqqa nisbatan 24,90 mg, tundra tuproqlarida 55,76 mg ni tashkil etib, uning kam miqdori chim podzol tuproqlarida 20,67 mg ga teng bo’ladi. Rux tanqisligi ko’pincha neytral va kuchsiz ishqoriy karbonat tuproqlarda uchraydi. Nordon tuproqlarda rux ko’proq harakatchan va o’simliklar tomonidan o’zlashtiradigan holatda


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ziyonet


2. Xolboyev B. E. "Agrokimyo"
3. Musayev B.S. "Agrokimyo"
http://fayllar.org
Yüklə 27,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə