Harakatli o’yinlar



Yüklə 2,45 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141303
Barkamol avlodni tarbiyalashda jishmoniy tarbiya, sport va xalq milliy o\'yinlari

  • Barkamol avlodni tarbiyalashda jishmoniy tarbiya, sport va xalq milliy
  • o’yinlarining ahamiyati.
  • “Harakatli o’yinlar”
  • O’yinlar maktab dasturidan keng o’rin olgan. Ular har tomonlama jismoniy tarbiyalashnning muhim vositalaridan biri sanaladi. Harakatli o’yinlarda harakatning barcha turlari ko’zga yaqqol tashlanadi. Bular yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, to’siqlardan oshib o’tish, qarshilik ko’rsatish va boshqalar. To’g’ri o’tkazilgan o’yinlar intizomni, sezgirlikni, chaqqonlikni, tezkor kuchni, chidamlikni rivojlanishiga, o’yinlarni jamoa bo’lib o’ynash esa do’stlik va o’rtoqlikni tarbiyalashga yordam beradi.
  • O’yin o’ynashdagi joy dars oldidan o’quvchilar bilan birgalikda tayyorlanadi.
  • Bunda maydonchaga vaqtincha va doimiy belgilar qo’yiladi. Zalda moyboyoq bilan, maydonchada esa ohak yoki bo’r eritmasi bilan doimiy belgi qo’yib chiqiladi Katta kichik bayroqchalar, ustunchalar, chiziqlar vaqtinchalik belgi vazifasini o’taydi. O’yinlarning mofaqiyatli o’tkazilish ko’pincha qanday tayyorgalik ko’rilganiga bog’liq. O’yin va uning varyantlari tashkil etish, uning borishi ikir- chikirigacha oldidan o’ylab qo’yiladi.
  • O’qituvchi o’yinni samimiy, xotirjam va obod bilan , o’zaro o’rtoqlik munosabatini saqlagan holda boshqaradi. U o’yinni uddalay olmagan bolalarga ham yaxshi munosabatini o’zgartirmaydi, hatto o’yinchiga u biroz harakat qilsa, o’yinni bemalol uddalay olishi mumkun ekanligiga ruhlatiradi .
  • ,,Qal’a himoyasi ” o’yini
  • O’yinchilar 3-4 guruhga bo’linib, aylanaga saflanadi. Har bir o’quvchining orasidagi masofa 1m. Ularning oyoqlari chiziqqa taqaladi. Aylana markaziga qal’a - gimnastika tayoqchalari tik qilib o’rnatiladi. O’yinchilardan biri qal’ani himoya qilish maqsadida uning atrofida aylanib yuradi. O’yinda volebol va basketbol to’pidan foydalaniladi. O’yin o’qituvchining ishorasi bilan boshlanadi. O’yinchilar to’pni bir-biriga oshira turib, payt poylab to’pni qal’aga tekkizishga harakat qiladilar. Himoyachi qo’llari, oyoqlari hamda gavdasi bilan to’pni yo’lini to’sib, qal’ani himoya qiladi.
  • To’pni qal’aga tekkizgan o’yinchi himoyachi bilan o’rin almashadi.
  • Himoyachiga qal’ani qo’l bilan ushlash huquqi beriladi. Agar to’p qal’aga tegib joyidan qo’zg’alsa-yu, lekin yiqilmasa, unda himoyachi uni qo’riqlashni davom ettiradi. O’yin qal’a yiqilguncha davom etadi. O’yin tugagach, faol o’quvchilar rag’batlanadi.
  • “To’p tashlash” o’yni
  • O’yinchilar ikki gurhga bo’linib, voleybol maydonchasining ikki tomonida turadilar. Guruhlar o’rtasida balandligi 2m qilib voleybol to’ri yoki arqon tortiladi. Har bir guruhda bittadan voleybol to’pi bo’ladi. Bunda o’yinchilarning vazifasi to’pni raqib tomonga o’tkazishidir. Har bir guruh o’zidagi to’pni raqib maydoniga bir vaqitda uzotishga harakat qiladi. To’p bilan butun maydon bo’ylab chopishga ruhsat beriladi. To’pni urib qaytarish ham, bir-biriga qaytarish ham mumkun. To’p yerga tushishi ham mumkun. Mabodo, tashlangan to’p raqib maydonidan tashqariga chiqib ketsa, shu guruh yutqazgan bo’ladi. Yutgan guruhga bir achko beriladi. O’yin bir guruh 15 achko to’plaguncha davom etadi.
  • “ Nishonga aniq ur ” o’yini
  • Devorga yerdan 1.5 m balandlikda, oralig’i 2 m dan qilib kattaligi 40 sm li nishon osib qo’yiladi. Devordan 2 m nariga chiziq tortiladi. Undan so’ng har 1 m ga 3-4 ta chiziq chiziladi. Chiziqlarning bir tomoniga 2 m, 3 m, 4 m, 5 m deb yozib qo’yiladi.
  • O’yinchilar ohirgi chiziq orqasida 3 qator bo’lib, o’z nishonlari ro’parasida turadilar. Qatorda birinchi bo’lib turgan o’yinchilarga uchtadan to’p beriladi. Ular endi devordan 2 m berida chizilgan birinchi chiziq orqasidan turadilar. Ishora berilgach o’yinchilar to’pni nishonga mo’jjallab otadi.

Agar birinchi to’p nishonga aniq tegsa endi u o’yinchi nishonni ikkinchi chiziq orqasida turib mojjalga olsa bordi-yu bunda ham to’p nishonga tegsa o’yinchi keyingi chiziq orqasi o’tadi. Shunday qilib qaysi o’yinchi uchala to’pni nishonga aniq tekkiza olsa, o’yinning ikkinchi turida unga to’rta to’p beriladi. Agar o’yinchi birinchi to’pni nishonga tekkiza olmasa, keyingi to’plarni u birinchi chiziq orqasida turib otadi. To’plar otib bo’lingach, ular yeg’ib olinib keyingi o’yinchiga beriladi.

  • Agar birinchi to’p nishonga aniq tegsa endi u o’yinchi nishonni ikkinchi chiziq orqasida turib mojjalga olsa bordi-yu bunda ham to’p nishonga tegsa o’yinchi keyingi chiziq orqasi o’tadi. Shunday qilib qaysi o’yinchi uchala to’pni nishonga aniq tekkiza olsa, o’yinning ikkinchi turida unga to’rta to’p beriladi. Agar o’yinchi birinchi to’pni nishonga tekkiza olmasa, keyingi to’plarni u birinchi chiziq orqasida turib otadi. To’plar otib bo’lingach, ular yeg’ib olinib keyingi o’yinchiga beriladi.
  • Bu o’yinda nishonga aniq tekkan to’p hissobga olinadi vaqt hissobga kirmaydi. Shuning uchun nishonni shoshmay mo’ljalga olish lozim boladi.

Sizga namoyish etilgan o’yinlarning barchasi o’sib kelayotgan yosh avlodni jishmonan sog’lom va barkamol bo’lishida, o’sish yoshidagi bolalarni jismoniy sifatlari choqqonlik, epchillik, chidamlilik, kuchlilik va tezkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyitga ega.

  • Sizga namoyish etilgan o’yinlarning barchasi o’sib kelayotgan yosh avlodni jishmonan sog’lom va barkamol bo’lishida, o’sish yoshidagi bolalarni jismoniy sifatlari choqqonlik, epchillik, chidamlilik, kuchlilik va tezkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyitga ega.

ETIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT !!!


Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə