Yangi tahrirdagi konstitutsiyada fuqorolarimiz hayotidagi ahamiyati va tutgan o'rni



Yüklə 21,03 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü21,03 Kb.
#184086
Ravshanov S.A-Yangi tahrirdagi konstitutsiya maqola


Yangi tahrirdagi konstitutsiyada fuqorolarimiz hayotidagi ahamiyati va tutgan o'rni
Ravshanov Sobir Abdimalik o‘g‘li
GulDU doktoranti
sobirravshanov3@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi  referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan va 2023-yil 1-may sanasidan boshlab kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqimiz hayotidagi o'rni, ahamiyati shuningdek xalqimiz ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini qamrab olganligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar:
konstitutsiya, jamiyat, huquqiy davlat, hokimiyati, inson qadri, yangi konstitutsiya.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi. Qonunga asosan 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi. Konstitutsiyaviy qonun referendum yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e`lon qilingan kundan e`tiboran 2023-yil 1-mayda kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyasining 65-foizi xalqimiz takliflari asosida shakillantirildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga 6-bo‘lim, 27-bob, 155-moddadan iborat 434-ta yangi normalar kiritildi. Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat`iy nazar to‘g‘ridin-to‘g‘ri amal qila boshladi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning xohish-irodasi bilan amaliyotga tadbiq etildi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyada mamlakatimizning uzoq o'n yilliklardagi taraqqiyotini belgilab beruvchi o'zgartirishlarni o ‘zida mujassam etdi.
Yangi konstitutsiya joriy etilishi keng ko'lamli muhokamalardan so'ng va haqiqatan ham butun O‘zbekiston fuqarolari ovoz berishi orqali amaliyotga tadbiq etildi. Yangi tahrirdagi konstitutsiya O'zbekiston jamiyatining zamonaviy poydevorini shakllantirishda, shunikdek xalqimizning chinakam irodasini shakllantirishda, insonning o ‘zini, o ‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'tgan davrlar nuqtai nazaridan qaraganda, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan konstitutsiya O'zbekiston uchun juda katta tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan voqea bo'lganligi aniq. Mamlakatning erkinlik, demokratiya, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo'lida harakatlanishini, jahon davlati maqomini tiklash va mustahkamlashni ta'minladi. Ammo bugun zamon talablari bilan qaraganda ko'rindiki, mamlakatimizning Asosiy qonuni bunyodkorlik salohiyatini to'liq tugallanmagan edi. Shuni xam ta'kidlab o ‘tish lozimki taxminan o'ttiz yil davomida vaziyat keskin o'zgardi: jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy tomonlama o‘sishi, aholining tafakkurida kata o ‘sish sodir bo‘lganligi Mustaqil O'zbekistonni chinkamiga yangi O'zbekistonga aylandi. Bizning tashqi konturimizda, butun dunyoda ham jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Mamlakatimiz Asosiy qonuniga tuzatishlar kiritish zarurligi masalasini bugungi jamiyatning hayot tarzining o'zi kun tartibiga qo'ydi.
Agar biz o'zgarishlarning mohiyatini qisqacha ifodalashga harakat qilsak, ular ikki yo'nalishli vazifani hal qilishga qaratilgan: O'zbekistoning demokratik, huquqiy, ijtimoiy davlat sifatida yanada rivojlanishiga yangi turtki berish, unda eng yuqori qadriyat hisoblanadi. O'zbekiston 21-asrda duch keladigan har qanday: fuqarolarning erkinliklari va huquqlari, inson qadr-qimmati va farovonligi muammolarga javob berishda yangi Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartishlar orqali amalga oshadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yangi konstitutsiyaning fuqorolarimiz uchun har taraflama manfaatli ekanligini anglatuvchi qismini Yangi konstitutsiyamizning boshlang’ich muqaddimasidan ham yaqqol tushunishimiz munkun:
“Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi,
inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib,
demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib,
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda,
davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib,
mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib,
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda,
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib,
fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda,
ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e’lon qilamiz.”
Yuqoridani muqaddima qismidagi so‘zlardan yangi konstitutsiyamizning naqadar demokratik, insoniy prinsiplarga asoslanganligini anglashimiz munkun.
Shuningdek yangi konstitutsiyamizning 28-moddasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak unda quyidagi jumlalar keltirilgan:
“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.”
Yuqorida keltirilgan moddada inson huquqlari jamiyatning eng oliy nemati ekanligi, uning qadri, qimmati har narsadan ustun ekanligi aks ettirilgan. Bu bilan yurtimizda inson huquqlari yanada yuksalishi, uning huquqlari qonun bilan yanada mustahkamlanganligini ko‘rish munkun.
Yuqorida keltirilgan moddalar misolida shuni ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Asosiy qonun o'zining yangi ko'rinishida davlat va jamiyatni yangilovchi Konstitutsiyadir. Gap shundaki, bu imkoniyatlarni O'zbekiston manfaati uchun imkon qadar to'liq ro'yobga chiqarish zarur.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish munkunki, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shu qadar mukammal, dolzarb va hajmliki, men ishonchim komilki, ular ko'p yillar davomida O'zbekistoning oldiga qo'yilgan strategik maqsad vazifalariga mos keladi, ya'ni yangi qo'shimchalar yoki o'zgartirishlar kiritish muhtoj bo'lmaydi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiyamizda O’zbekiston - ijtimoiy huquqiy davlat inson huquq va erkinliklari ustuvorligi ta`minlanib har bir moddasida o‘z aksini topgan.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son

  2. https://lex.uz/uz/docs/-6445145

Yüklə 21,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə