Фон из разноцветных треугольников



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#149564
  1   2   3
1-ma\'ruza

Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi

Reja


Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligiga kirish.
1
2
3
Qadimgi Mesopotamiya tarixi manbashunosligi
Qadimgi Eron va Xitoy tarixi manbashunosligi

Qadimgi Sharq tarixi Shimoli Sharqiy Afrika, Old Osiyo, Janubiy va Sharqiy Osiyoning juda keng hududlarini ishg’ol qilgan eng qadimgi Sharq davlatlarining tarixiy taraqqiyotini o’z ichiga oladi.

Qadimgi Sharq tarixi Shimoli Sharqiy Afrika, Old Osiyo, Janubiy va Sharqiy Osiyoning juda keng hududlarini ishg’ol qilgan eng qadimgi Sharq davlatlarining tarixiy taraqqiyotini o’z ichiga oladi.

Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi tushunchasi XIX asrda fan tariqasida Yevropada yuzaga kelgan. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi hujjatlar bilan ishlash tizimi ikki xil turga (asosiy manbalar va ikkilamchi) bo‘lib o‘rganiladi. Fransiya arxeolog olimlari hamda London akademiyasi mutaxassislari rahbarligida ushbu yo‘nalish ilk bor o‘rganila boshlandi. Manba turlari va uni o‘rganish metodikasi ishlab chiqilib, yil sayin mukammallashib borgan. Qadimgi yozma manbalar sfragistika va numizmatikasiga ham ahamiyat berilib, Qadimgi Misr tarixini yozish usullari doimiy taraqqiy etib borgan. Iyerogliflami o‘qish markazlari Yevropaning qator yirik shaharlarida yuzaga kelgan. Bu yo‘lda nainki Misr, balki, Mesopotamiya, Xettlar, Finikiya, Eron, Xitoy, Hindiston sivilizatsiyalarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qoldi.

Arxeologik manbalami tahlil qilish va yozma manbalar bilan solishtirib xronologiyasini belgilash Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligini o‘rganishda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Qadimgi Misr me’moriy yodgorliklarida bitik toshlar tarzida yozilgan manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi Misr tarixshunosligi va manbashunosligi ilk bor S.Sassi, J.F. Shampalyon va boshqalaming asarlarida tilga olingan. Shu bilan birgalikda G.Karteming arxeologik izlanishlari va Tutanxamon maqbarasining ochilishi olamshumul ahamiyatga ega. Qadimgi Misr yozuvi J.Shampalyon tomonidan ilk bor o'qilganda aynan Manefon yozib qoldirgan ma’lumotiar bilan taqqoslangan.


Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə