Forish tuman1-sonli umumta`lim maktabi direktori Berkinova Gavhar Aliyevnaga


DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI



Yüklə 420,52 Kb.
səhifə7/56
tarix23.12.2023
ölçüsü420,52 Kb.
#156638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
4-a sinf darslik bildirgi

DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL
FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI

SHARTNOMA
Bir tomonidan 1-son umumta'lim maktabi nomidan (umumta'lim maktabi joylashgan tuman (shahar), 1-umumta'lim maktabining raqami (nomi) ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda «Maktab» deb yuritiluvchi direktor G.A.Berkinova ikkinchi tomondan ta'lim uzbek tilida olib boriladigan 4-“a”-sinf o‘quvchsi Ismatova Sabinaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud umumta'lim maktabi o‘qituvchisi, bundan buyon matnda «Foydalanuvchi» deb “Ijaraga oluvchi” mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2023/2024 o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024_ yil 30 maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo‘lgan darsliklarva/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan beriladi:
1. O’qish+mashq daftar. 2. Ona-tili 3. Matematika 4.tabiiy fan+mashq daftar 5. Tarbiya
6.Ta’sviriy san’at 7. Rus-tili 8. Ingliz-tili 9. Texnologiya 10.Musiqa
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik
foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:
birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida.
9-11 sinf o`quvchilarining har bir darslik va mashq daftarchalari uchun – uning to`rt baravari miqdorida.

Yüklə 420,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə