Fotorezistor tavsifini tadqiq etish


Laboratoriya ishini bajarish tartibi



Yüklə 38,73 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü38,73 Kb.
#135418
1   2   3   4
1-Lab

Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Tadqiqotni o‘tkazish uchun 4 – rasmda keltirilgan laboratoriya stendi ishlatiladi. Mazkur ishda ФСК-1Г fotorezistorning tavsifi tadqiq qilinadi. Yorug‘lik manbasi sifatida cho‘lg‘amli lampa ishlatiladi. Uning ravshanligi R0 rezistor bilan boshqariladi. Yorug‘lik manbasi tomonidan hosil qilinayotgan yoritilganlik lyuksmetr yordamida o‘lchanadi.

4 - rasm. Laboratoriya stendining sxemasi: TM – ta’minot manbasi, YOM – yorug‘lik manbasi (cho‘lg‘amli lampa), R0 – nurlanish ravshanligini rostlovchi rezistor, FR – fotorezistor, FD -fotodiod, FT – fototranzistor, Om – ommetr, mA – milliampermetr, L – lyuksmetr.
Fotorezistorni tadqiq etish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Ommetr bilan fotorezistorning qorog‘ulikdagi qarshiligini o‘lchang.
2. Nurlanish ravshanligini oshirgan holda fotorezistor qarshiligini yoritilganlikka bog‘liqligini o‘lchang.
3. Qorong‘ulikdagi qarshiligini yorug‘likdagi qarshilikka nisbatini yoritilganlikka bog‘liqlik grafigini quring.
Hisobot tarkibi
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

  1. Tajriba ishining bayonnomasi;

  2. Tavsifini olish uchun sxemalar;

  3. Tavsif chizmalari;

  4. Fotorezistor ma’lumotlari va tavsiflari;

  5. Bajarilgan ishlar bo‘yicha xulosalar.

Nazorat savollari

  1. Fotorezistorning ishlash tamoyili.

  2. Fotorezistorning qo‘llanilish sohalari?

  3. Fotorezistorning asosiy parametrlari va ularni aniqlash usullari.

Yüklə 38,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə