Foydalanuvchilar uchun book recommendation tizimini yaratish


Bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishga oid resurslar veb saytini yaratish algoritmlari



Yüklə 19,44 Mb.
səhifə11/19
tarix11.12.2023
ölçüsü19,44 Mb.
#147708
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
BIM gulzoda

2.2 Bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishga oid resurslar veb saytini yaratish algoritmlari
Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u birinchi bo‘lib arab raqamlaridan foydalangan holda arifmetik amallarni bajarish qoidasini bayon etdi.
Har qanday qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun oldin uning yechish usulini tanlab, keyin uning algoritmini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Demak, hech bir masala yo‘qki uning yechilish yo‘llarini bilmasdan va algoritmini tasavvur qilmasdan turib uni kompyuterda yechib bo‘lmaydi.
Ta’rif. Algoritm deb, qo‘yilgan masalani yechish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi.
Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.
Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega:
Aniqlik va tushunarlilik- deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi.
Ommaviylik- deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi.
Natijaviylik- deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo‘lishi tushuniladi.
Diskretlik- deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo‘laklash imkoniyati tushuniladi.
Algoritm turlari
Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
CHiziqli algoritm- deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm- deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm- deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.

Yüklə 19,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə