Foydalanuvchilar uchun book recommendation tizimini yaratish


Aloqa korxonalari va tashkilotlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi ustida nazorat



Yüklə 19,44 Mb.
səhifə17/19
tarix11.12.2023
ölçüsü19,44 Mb.
#147708
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
BIM gulzoda

2.2Aloqa korxonalari va tashkilotlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi ustida nazorat.
Mehnat muhofazasi - insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
OʻzR da xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom;

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizom;

  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom;

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ikki oy muddatda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi tarmoq nizomlarini ishlab chiqadi va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritilishini ta'minlaydi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash;

  • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash;

  • mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

  • xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;

  • fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;

  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;

  • xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq vakolatli organning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorlari hamda mehnat sharoitlari bo‘yicha (bosh) davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kasaba uyushmalarining inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonada xodimlarning mehnatni muhofaza qilishga hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir me’yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoki xodimlarning boshqa vakillik organlarining hisobot-saylov majlisida (konferensiyasida) saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalar va fuqarolar tomonidan xalqaro shartnomalar va kelishuvlar asosida ishlar bajarilganda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, qonunchilik va boshqa me'yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlarga muvofiq ko‘zda tutilgan mehnat muhofazasi talablari qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Korxonaning har qanday darajadagi boshqaruvida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinishiga mas’ul shaxs korxona rahbari hisoblanadi.



Yüklə 19,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə