Franklar davlatining tashkil topishi



Yüklə 31,77 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü31,77 Kb.
#144965
1   2   3   4   5   6
X-XI ASRLARDA YEVROPA SHAXARLARI

Shahar mudofaasi.


o`rta asrlarda Yevropada Strasburg, Augsburg, Gamburg, Brandenburg, Sen-Jermen, Oksford, Kembridj, Frankfurt, Bryugge kabi ko`plab shaharlar vujudga keldi.
Shaharliklar va qaroqchilarning hujumlaridan himoyalanish uchun o`zlari yashayotgan hududlar atrofida zovurlar qazib, ko`tarma qilib o`rab olar, ustiga qator qoziqlar qoqardilar. Keyinchalik bu istehkomlar g`isht devorlar bilan almashtirilgan. Shaharga kelayotgan yo`lovchiga uzoqdanoq shaharning devorlari va minoralari yaqqol ko`rinardi. Shaharga osma ko`prikdan o`tib, soqchilar doim hushyorlik bilan qo`riqlab turadigan mustahkam darvozalardangina kirish mumkin edi.

Hunarmandlar ustaxonasi.


o`rta asr shahar hunarmandchiligi qo'1 mehnatiga asoslangan mayda sanoat ishlab chiqarishi edi.
Hunarmand ustaxonasida hunarmand, shogirdlar va xalfalar mehnat qilardi. Hunarmand usta hisoblanardi. Ustaxona tayyor mahsulotni sotadigan do`kon vazifasini ham o`tagan. Shogird hunar o`rganuvchi edi. Xalfa ustaning uyida yashagan. U ma'lum miqdorda mablag` to`plagach, o`zining ustaxonasini ochishi mumkin edi. Buning uchun u namuna bo`la oladigan bir buyum yasashi ham lozim bo`lgan. Ustaxonada barcha ishlar qo`lda bajarilgan.

Hunarmandlar sexi.


Hunarmandlar o`zlarini qishloq hunarmandlari raqobatidan hamda feodallar talonchiligidan himoya qilish uchun sexga birlashganlar. Ustalarning umumiy yig`ilishi sex nizomi (qonun-qoidalari)ni tasdiqlagan.
Nizom hunarmandlardan buyumlarni qafiy nusxada ishlab chiqarishni talab qilardi. Har bir ustaning ustaxonasida qancha dastgoh bo`lishi, nechta shogird va xalfa saqlashi mumkin ekanligi belgilab qo`yilgan. Nizom ustalarga buyurtmachi va xaridorlarni, shogird va xalfalarni bir-biridan o`ziga og`dirib olishni taqiqlardi.
Sexlar bir xil hunarmandlarning boshqalar hisobiga boyib ketmasligiga intilardi.
Sexlarga ustalar tomonidan saylab qo`yiladigan oqsoqollar boshchilik qilardi. Ular sex nizomiga rioya qilinishini kuzatib borar va uni buzgan hunarmandlarni qattiq jazolardi. Masalan, London shahrining novvoyi bulka nonni belgilangandan kam og`irlikda pishirib sotsa, uni qafasga solishib shahar aylantirishar, xaloyiq pldida sharmandasini chiqarardilar. Parij va boshqa ko`p shaharlarda sifati past buyumlarni bozor maydpnidagi Ja'nat ustuni" oldiga qo`yardilar. Jarima eng ko`p qo`llaniladigan jazo edi.
Har bir sexning o`z gerbi va bayrog`i bo`lgan.

Yüklə 31,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə