Fransiyaning Afrikadagi mustamlakachilik siyosati
Reja:
Kirish
1. 19-asrdagi fransuz mustamlakachilik urushlari.
2. Fransiya va Afrika: zamonaviy mustamlakachilik. Zamonaviy
fransuz koloniyalari
3. Fransiyaning Jazoirdagi mustamlakachilik siyosati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mustamlakachilik XIX asrning 70-yillari oxiridan boshlab imperiyasining
yaratilishi mustamlakachilik siyosatining yo‗nalishi
avval bosib olingan
mustamlaka hududlarini o‗zlashtirish va yangi mustamlakalar bosib olishga
qaratildi. 1881-yilda Shimoliy Afrikada joylashgan Tunisning bosib oli- nishi
yangi mustamlakalar bosib olish yo‗lidagi dastlabki qadam bo‗ldi.
Germaniya
Fransiyaning Tunisni bosib olishiga atayin qarshilik ko‗rsatmadi. Uning maqsadi
Fransiya va Italiya munosabatlarini keskinlashtirish edi. Chunki, Germaniya
Italiyaning ham Tunisga da‘vogarligini yaxshi bilardi.
Fransiya bilan
munosabatlari keskinlashgan Italiya endi Germaniya bilan yaqinlasha boshladi.
Oxir-oqibatda, bu yaqinlashuv 1882-yilda Italiyaning 1879-yilda Germaniya va
Avstriya-Vengriya imperiyalari o‗rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoqqa
qo‗shilishiga olib keldi.
Shu tariqa, Yevropada jahon tarixiga „Uchlar ittifoqi―
nomi bilan kirgan harbiy-siyosiy ittifoq qaror topdi.
Fransiyaning Afrikadagi bosqinchilik siyosati Tunis bilangina cheklanib
qolgani yo‗q. Aksincha, 1891-1896-yillar
davomida Gvineya, Senegal,
Madagaskar va Mavritaniyani ham bosib oldi. 1912-yilda esa Marokash ustidan
o‗z protektoratini o‗rnatdi. Fransiya Osiyoda ham o‗z mustamlakalarini ko‗paytirib
bordi. Chunonchi, 1884-yilda Vyetnamni egalladi. Oradan o‗n yil o‗tgach, Laos
ustidan protektorat o‗rnatdi. Shu tariqa, 20 mln.
aholi yashay- digan
mustamlakachilik imperiyasi tuzildi. Bu mustamlakachilik imperiyasi tufayli,
Fransiya katta daromad manbalariga ega bo‗ldi
.
Fransiya hozirgi kunda ham 20 ga
yaqin Afrika mamlakatlarida,
bu mamlakatlar mustaqil, ularning o‗z bayrog‗i,
madhiyasi va chegaralari bor bo‗lsa-da, hukmronlik qilmoqda. Fransiya XXI
asrdagi mustamlakachilik siyosatini o‗zgartirib, barcha sobiq koloniyalariga
"shartli mustaqillik" taqdim etdi. Shartli mustaqillikni nima ekanligini quyida
o‗rganib chiqamiz.