Fundamental


Noselektiv MAO ingibitorlari orasida qaytmas MAO ingibitoriga



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

Noselektiv MAO ingibitorlari orasida qaytmas MAO ingibitoriga:  
■ nialamid   
Qaytar MAO ingibitorlariga esa:   
■ fenelzin  
■ pargilin  
■ tranilsipromin (transamin) kiradi.  
Ushbu dorilar antidepressant va psixostimulyator ta‘sirga ega. Shuning uchun ular, ayniqsa, 
depressiya  holatiga,  letargiya  bilan  kechadigan  depressiyalarga  buyuriladi.  Muntazam 
ravishda qabul qilinsa antidepressant ta‘siri taxminan 2 hafta oʻtgach yuzaga chiqadi. 
 
 


177 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
MAO ingibitorlarining  nojoʻya  ta’siri:
  
• uyqusizlik  
tashvish  
jigar disfunksiyasi  
• postural gipotenziya. 
Noselektiv MAO ingibitorlari bilan davolashda, tarkibida tiramin (pishloq, dudlangan goʻsht, 
qizil  sharob, pivo, tuzlangan  seld, soya  va  boshqalar) boʻlgan  ovqatlarni  iste‘mol  qilmaslik 
kerak.  Bu  gipertonik  krizni  rivojlanishiga  olib  kelishi  mumkin,  chunki  odatda  MAO 
tomonidan  ichak  devorida  faolsizlanadigan  tiramin,  bu  holda  inaktiv  boʻlmaydi  va 
simpatomimetiklik  vazifasini  bajaradi,  ya‘ni  pishloq  tarkibida  simpatomimetik  boʻlgan 
tiramin
  mavjud,  MAO  uni  parchalashi  kerak,  biz  esa  ana  shu  MAO  ni  ingibirlab  qoʻygan 
boʻlamiz,  shuning  uchun  yuqoridagi  mahsulotlar  bilan  birga  MAO  ingibitorlarini 
qoʻllanilmaydi  yoki  aksincha,  MAO  ingibitorlari  buyurilganda  yuqoridagi  mahsulotlar 
iste‘mol qilinmaydi. MAO ingibitorlarini trisiklik antidepresantlar bilan birgalikda qoʻllash 
mumkin  emas.  Ushbu  guruhning  preparatlari  mikrosomal  jigar  fermentlarini  ingibirlash 
qobiliyati tufayli barbituratlar, ogʻriq qoldiruvchi vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi. 
MAO-A  ingibitorlarining    asosiy  qismi 
moklobemidni
  oʻz  ichiga  oladi.  Noselektiv  MAO 
ingibitorlaridan  farqli  oʻlaroq,  moklobemid  ozroq  toksik  va  tarkibida  tiramin  boʻlgan 
ovqatlar bilan birlashganda deyarli qon bosimini oshirmaydi. 
 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə