Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Takroriy guvohnomalar berish



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
6.2. Takroriy guvohnomalar berish
Fuqarolik holati dalolatnom a yozuvining birinchi nusxasi 
saqlanayotgan FHDYo organi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra 
va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi. 
Alohida hollarda dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi yo'qolganda 
yoki ikkinchi nusxa bo‘yicha guvohnoma olish qulay bo'lgarida, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar FHDYo 
arxivlari dalolatnoma yozuvining birinchi va ikkinchi nusxalarning aynan 
bir xilligini tekshirgandan so‘ng tug‘ilganlik, nikoh, o‘lim va nikohdan 
ajralish to‘g‘risida takroriy guvohnomalar beradilar.
Takroriy guvohnomalar dalolatnoma yozuvlari kimga nisbatan 
tuzilgan bo‘lsa, shu shaxslarga yoki ularning qonuniy vakillariga beriladi. 
0 ‘lim to ‘g ‘risidagi takroriy guvohnom alar m arhum ning yaqin 
qarindoshlariga va vorislariga beriladi.
Nikohdan ajratilgandan so‘ng nikoh haqidagi takroriy guvohnoma 
berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqida ma'lumotnoma 
berilishi mumkin.
Takroriy guvohnoma berish haqidagi arizada arizachining familiya
ism, ota ismi, qanday guvohnoma so‘ralayotgani, fuqarolik holati 
dalolatnomasi qachon, qaysi FHDYo bo'limida qayd etilganligi, takroriy 
guvohnoma qanday maqsad uchun so'ralayotgani ko'rsatiladi.
Takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvi 
qayd etilgan joydagi FHDYo bo'limiga bevosita yoki o‘zi yashaydigan 
joydagi FHDYo bo'limi orqali murojaat etishi mumkin. Yashash joyidagi 
FHDYo organi orqali murojaat etilganda arizani qabul qilib olgan 
FHDYo organi uni dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga 
ijro uchun jo'natadi.
Ariza beruvchi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo bo'limiga 
murojaat etganda, takroriy guvohnoma shu kuniyoq beriladi. Pochta
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma so'ralgan arizalar shu kuni 
ijro etiladi va ilova xat bilan birgalikda arizachining doimiy yashash 
joyidagi tuman (shahar) FHDYo bo'limiga jo'natiladi va bir vaqtning 
o ‘zida ariza beruvchiga guvohnoma jo ‘natilganligi haqida xabarnoma 
beradi («Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»ning 
208-bandi).
FH D Y o b o ‘lim ida kerakli dalolatnom a yozuvining nusxasi 
saqlanmagan bo‘lsa, bu haqda arizaga yozib qo'yiladi va arizani 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent 
shahar FHDYo arxiviga yuboradi. FHDYo arxivi arizani qabul qilib 
olishi bilan arizachiga topshirish uchun u yashab turgan joydagi FHDYo 
b o ‘limiga takroriy guvohnom ani yuboradi. Beriladigan takroriy 
guvohnomalarning yuqori qismiga «Takroriy» degan belgi qo‘yiladi.
Agar dalolatnoma yozuvining nusxasi viloyat FHDYo arxivida ham 
saqlanmagan bo‘lsa, avyal yo‘qolgan dalolatnoma yozuvi belgilangan 
tartibda tiklanadi, so‘ngra guvohnoma yozib beriladi.
Gerbli guvohnomalar takroran berilganda arizachidan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi qarori bilan 
tasdiqlangan (1998-yil 20-oktyabrdagi qarori bilan o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilgan) davlat boji stavkalariga muvofiq eng kam oylik 
ish haqining 15 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə