Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Nikohni qayd etishning alohida hollari



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
11.3. Nikohni qayd etishning alohida hollari
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 217-moddasiga asosan 
tergov izolyatorlarida, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro 
etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan tuziladigan nikohni 
qayd etish ushbu muassasa joylashgan yerdagi FHDYo oiganlarida qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Amaliyotda bunday nikohni qayd etishni so‘rab odatda ishi tergovda 
yoki sudda bo‘lgan ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkum shaxs bilan 
nikohga kirishni xohlagan shaxs murojaat etadi.
Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs nikohga kirish 
haqidagi maxsus shakldagi arizaning o‘ziga taalluqli qismini to ‘ldirib, 
o‘zi doimiy yashayotgan yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan 
hududdagi FHDYo bo‘limiga topshiradi. FHDYo bo‘limi arizada 
keltirilgan m a'lum otlarni ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlari bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan maMumotlarning 
to‘g‘riligini hamda arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani 
qaytaradi. Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani 
mahkumga berish uchun jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatiga 
topshiradi. Jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati arizaning tegishli 
qismini to‘ldirish uchun mahkumiga taqdim etadi. Jazoni ijro etish 
muassasasi m a’m uriyati t o ‘ldirilgan arizadagi m aM um otlarni 
mahkumning shaxsiy yig‘majildidagir ma’lumotlar bilan solishtiradi, 
ularning haqiqiyligini va mahkumning imzosini tasdiqlaydi. Shundan 
so‘ng ariza mazkur hududdagi FHDYo organiga yuboriladi.
Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDYo organi bilan kelishilgan 
holda jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati tomonidan belgilangan 
binoda nikohga kiruvchilarning ishtirokida amalga oshiriladi. Mahkum 
bilan nikohga kirgan shaxsga nikoh guvohnomasi beriladi. Mahkumning 
shaxsiy yig‘majildidagi anketasiga FHDYo organi tomonidan shtamp 
bosiladi er yoki xotinning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan 
yiH, FHDYo organining nomi va nikoh tuzilgan sana, dalolatnoma 
yozuvining raqami yozib qo‘yiladi. Xuddi shunday maMumotlar'
47
www.ziyouz.com kutubxonasi


mahkum bilan nikoh tuzgan shaxsning pasportiga ham yoziladi.
Sudgacha ehtiyot chorasi sifatida qamoqda ushlab turilgan shaxslar 
bilan nikohni qayd etish tergov ishini olib borayotgan mansabdor shaxs 
yoki organ ruxsati bilan shu hududdagi FHDYo organi tomonidan 
tergov izolyatori (qamoqxona)da amalga oshiriladi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə