xohishlari qat'iy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun imkoniyat
yaratishdir.
Voyaga yetmagan farzandlari bo'Imagan er-xotinning o ‘zaro roziligi
bilan nikohdan ajralishni qayd etish ariza berilgan kundan uch oy muddat
o ‘tgandan keyin amalga oshiriladi. 3 oylik muddat er-xotin o ‘z
harakatlari to‘g‘risida jiddiy o ‘ylab olishlari
uchun beriladi va bu
muddatni qisqartirishga yo‘l qo'yilmaydi.
Fuqarolarning familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish uchun bir qator
hujjatlar to ‘planishi va tekshirilishi zarur boMganligi uchun bu haqdagi
arizalarni ko‘rib chiqish muddati 45 kun deb belgilangan.
Fuqarolik holati d alo latn o m alarin i
qayd etish m uddatlari
qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkim Masalan, nikohlanuvchilarning
o'rtasida umumiy farzandlari bo‘lsa yoki nikohlanuvchi ayol homilador
b o ‘lsa, yoxud b o shqa uzrli sab a b la r
m avjud boM ganda
nikohlanuvchilaming arizalari va muddatni qisqartirish uchun asos
bo'ladigan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida nikohni qayd etish
uchun belgilangan bir oylik muddat qisqartiriladi. Ba'zi hollarda familiya,
ism, ota ismini o'zgartirish, dalolatnoma
yozuvlarini tiklash uchun
qo‘shimcha maMumotlar to ‘planishi va tekshirilishi zarur bo'lganda,
belgilangan muddatlar uzaytiriladi.
Ayrim fuqarolik holati dalolatnomalarining qayd etish uchun FHDYo
organlariga murojaat qilish muddatlari ham belgilangan. Misol uchun,
Oila kodeksining 205-moddasiga asosan bola tug‘ilgan vaqtdan boshlab
bir oy ichida, agar bola o‘lik tug‘ilsa, 24 soat
ichida FHDYo organlariga
murojaat etish kerak. Oila kodeksining 223-moddasiga asosan o‘limni
qayd etish haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach
uch kundan kechiktirilmay berilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: