baiidig3 asosan alohida hollarda, istisno tariqasida (agar
ota-onasi va
fljkoh tuzayotgan yoshlar 0 ‘zbekiston Respublikasining turli viloyat
y0ki tumanlarida yashab turgan bo'lsalar) otasi yoki onasining yozma
arjzasiga ko‘ra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi
pHDYo organida ham qayd etilishi mumkin.
' Fuqarolar nikoh tuzish uchun belgilangan bir oylik muddatni qisqartirish
yoki nikoh yoshini kamaytirish haqida ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Agar fuqaro murojaat etgan FHDYo bo‘limi
unga tushunarsiz tilda ish
yuritsa, fuqaro o‘z ona tilida ariza yozish, o‘z tilida tushuntirishlarberilishini
talab qilishi mumkin. FHDYo oiganlari faoliyatidan norozi bo'lgan fuqarolar
tegishli organlarga shikoyat qilish huquqiga egadirlar. -
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ishtirokchilari sifatida
fuqarolar bir qator majburiyatlarga ham ega. Ular fuqarolik holati
dallatnomalarini qayd etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida
taqdim etishlari, tug‘ilish, o‘lim holatlarini
qayd etish uchun qonunda
belgilangan muddatlarda murojaat etishlari, FHDYo organlariga yolg‘on
ma’lumotlarni bermasliklari lozim.
Odatda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ishtirokchilari
bevosita manfaatdor shaxslar bo‘ladi. Alohida hollarda, masalan, voyaga
yetmagan bolalar, muomalaga layoqatsiz shaxslar, jismoniy kamchiligi
tufayli o‘z huquqlarini himoya qilishga qiynaladigan
shaxslar nomidan
ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari
yoki homiylari) murojaat etadilar. Shuningdek ayrim fuqarolik holati
dalolatnomalari faqat manfaatdor shaxslarning emas, balki boshqa
fuqarolar va organlarning arizalari asosida qayd etiladi. Masalan,
tug'ilishni qayd etish haqidagi
ariza bolaning ota-onasi, qarindoshlari,
qo‘shnilari, tibbiyot muassasalari ma'muriyati, ichki ishlar yoki vasiylik
va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin («Fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish qoidalari»ning 15-bandi).
Dostları ilə paylaş: