tasdiqlangan va 1998-yil birinchi sentyabrdan amalga kiritilgan (8 bo‘lim,
30 bob, 238 moddadan iborat). Kodeksda nikoh tuzish shartlari va
tartibi, nikohning tugatilish asoslari, ota-ona va bolalar o ‘rtasida huquq
va majburiyatlarning vujudga kelish asoslari, bolaning nasl-nasabini
belgilashga oid normalar berilgan. Kodeksning 7-bo‘limi «Fuqarolik
holati dalolatnomalarini qayd etish» deb nomlanadi. Bu bo'limda
fuqarolik holati dalolatnomalari va ulami qayd etuvchi organlarga, gerbli
guvohnomalarga ta’rif berilgan. Tug‘ilish,
nikoh tuzish, nikohdan ajralish,
o'limni qayd etish tartibi va muddatlari, ularni qayd etish uchun taqdim
qilinadigan hujjatlar, tug'ilishni qayd etish bilan bir vaqtda otalikni
belgilash, otalikni belgilash munosabati bilan tug'ilish to ‘g‘risidagi
yozuvlarini o ‘zgartirish, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishi
to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritish, familiya, ism, ota ismini
o'zgartirishga oid asosiy qoidalar belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi CFHDYo organlari haqida N izom
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay'atining 2005-yil 27-
oktyabrdagi 34-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Nizomda FHDYo
organlari faoliyatining tashkiliy asoslari, bu oiganlarining asosiy vazifalari,
FHDYo organlari xodimlariga qo‘yiladigan talablar,
FHDYo organlari
xodimlarining vazifalari belgilab berilgan..
«Fuqarolik holatlarini dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi
171-sonli qarori bilan tasdiqlangan (keyingi matnlarda «Qoidalar» deb
yuritiladi). «Qoidalar» 18 boMimdan iborat bo‘lib, unda fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish tartibi, dalolatnoma daftarlarini yuritish
va saqlash tartibi, dastlabki va takroriy guvohnomalar berish, dalolatnoma
yozuvlarini o‘zgartirish, tiklash, bekor qilishga oid, shuningdek FHDYo
arxivi ishini yuritish, FHDYo organlari hisobotlarini tuzish tartib—
qoidalari belgilangan.
FHDYo organlarida ish yuritish 0 ‘zbekiston
Respublikasi Adliya
vazirligi hay'atining 2006-yil ;22-apreldagi 10-sonli qarori bilan
tasdiqlangan « 0 ‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida ish yuritish
tartib i to ‘g ‘risida Y o‘riqnom a» asosida amalga oshiriladi. Bu
Yo‘riqnomaning maqsadi FHDYo idoralarida ish yuritishning yagona
tizimini tashkil etishdir.
FHDYo organlari fuqarolik holatlarini qayd etganlari uchun takroriy
guvohnomalar berganlari va boshqa ayrim harakatlami bajarganliklari
uchun belgilangan miqdorda davlat boji undiradilar. Davlat bojini
undirish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul
qilingan «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan.
Undiriladigan
davlat b o jin in g m iq d o ri 0 ‘z b ek isto n R espublikasi Va
2
?irlar
9
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mahkamasining «Davlat boji stavkalari haqida» 1994-yil 3-noyabrdagi
Qarorida belgilangan. Bu qarorga keyingi yillarda bir qator o‘zgartirish
va qo'shimchalar kiritilgan.
FHDYo organlari faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasining boshqa
qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: