1. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o`lchov birliklari



Yüklə 88,11 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü88,11 Kb.
#145578
  1   2   3   4   5   6
ISHLAB CHIQARISHDA QO\'LLANILADIGAN YORITGICH TURLARI ULARDAN FOYDALANISH


ISHLAB CHIQARISHDA QO'LLANILADIGAN YORITGICH TURLARI ULARDAN FOYDALANISH

Reja:



1. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o`lchov birliklari

2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari


3. Tabiiy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari.
4. Sun`iy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari

5. Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar





1. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o`lchov birliklari


Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o`ringa ega hisoblanadi. Ko`rish inson uchun asosiy ma`lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma`lumotning tahminan 90% ko`z orqali olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Yorug’lik ko`zni qamashtirmaydigan bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko`zga to`g’ridan-to`g’ri tushmasligi kerak.
Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to`g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo`lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgartirib turishi natijasida ko`zining akkomodatsiya hususiyati buzilib, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi.
Shuning uchun ham korxonalarni me`yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yahshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Me`yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yahshi bo`ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida bahtsiz hodisalar keskin kamayadi.
Inson ko`zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo`lgan yorug’lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko`rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientilari kiradi. Yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsienti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha).

Yüklə 88,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə