1. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o`lchov birliklari


Yoritilganlik va ularning asosiy turlari



Yüklə 88,11 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü88,11 Kb.
#145578
1   2   3   4   5   6
ISHLAB CHIQARISHDA QO\'LLANILADIGAN YORITGICH TURLARI ULARDAN FOYDALANISH

2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari


Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi.
a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh
nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir.
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega.
Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; -Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi.
b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash ko`rinishda bo`ladi.
-Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi.
-Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi darajasida ta`minlaydi.
-Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo`llanilganligidir.
Bu hildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovutikontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi.
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi.

Yüklə 88,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə