Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Nazorat savollari:
1. Inson hayoti bilan bog'liq bo'lgan qaysi voqea va faktlar fuqarolik
holati dalolatnomalari deb ataladi?
2. Tug‘ilish va o ‘lim holatlariningfuqarolik holati daloiatnomalariniyozish
davlat organlarida rasmiylashtirishning ahamiyati nimada?
3. Nima sababdan nikoh FHDYo organlarida rasmiylashtirilishi kerak?
Diniy rasm-rusumlar asosida tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga egami?
4. Qaysi hollarda nikohdan ajralish holati FHDYo organlarida
rasmiylashtiriiadi va uning huquqiy oqibatlari nimalardan iborat?
5. Otalikni belgilash deganda nimani tushunasiz? Otalikni belgilash
holatining FHDYo organlarida rasmiylashtirish ahamiyati nimada?
6. Nima uchun farzandlikka olish albatta FHDYo organlarida
rasmiylashtirilishi shart?
7. 
Fuqarolar familiya, ism, ota ismini o ‘zgartirishga haqlimi?
8. FHDYo organlari o ‘zfaoliyatlarida qanday tamoyillarga asoslanadilar?
2-mavzu. FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI
YOZISH ORGANLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUYCHI
NORMATIV HUJJATLAR
Q onun ustuvorligi tamoyiliga*asosan FH D Y o, organlari o ‘z 
faoliyatlarida oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan qabul 
qilingan norm ativ hujjatlarga asoslanadilar. Fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish qoidalari normativ hujjatlarda belgilangan 
bo‘lsagina huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonun hisoblanib
unda oilaning davlat tomonidan muhofaza qilinishining asosiy normalari 
belgilangan. Konstitutsiyada oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, 
jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega ekanligi, nikoh 
tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, ota- 
onalar va farzandlar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarga oid asosiy 
qoidalar belgilangan(0‘z.R. Konstitutsiyasining 63—66-moddalari).
FHDYo organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlardan 
yana biri 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksidir. Ushbu kodeks 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprel qarori bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi


tasdiqlangan va 1998-yil birinchi sentyabrdan amalga kiritilgan (8 bo‘lim, 
30 bob, 238 moddadan iborat). Kodeksda nikoh tuzish shartlari va 
tartibi, nikohning tugatilish asoslari, ota-ona va bolalar o ‘rtasida huquq 
va majburiyatlarning vujudga kelish asoslari, bolaning nasl-nasabini 
belgilashga oid normalar berilgan. Kodeksning 7-bo‘limi «Fuqarolik 
holati dalolatnomalarini qayd etish» deb nomlanadi. Bu bo'limda 
fuqarolik holati dalolatnomalari va ulami qayd etuvchi organlarga, gerbli 
guvohnomalarga ta’rif berilgan. Tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, 
o'limni qayd etish tartibi va muddatlari, ularni qayd etish uchun taqdim 
qilinadigan hujjatlar, tug'ilishni qayd etish bilan bir vaqtda otalikni 
belgilash, otalikni belgilash munosabati bilan tug'ilish to ‘g‘risidagi 
yozuvlarini o ‘zgartirish, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishi 
to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritish, familiya, ism, ota ismini 
o'zgartirishga oid asosiy qoidalar belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi CFHDYo organlari haqida N izom
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay'atining 2005-yil 27- 
oktyabrdagi 34-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Nizomda FHDYo 
organlari faoliyatining tashkiliy asoslari, bu oiganlarining asosiy vazifalari, 
FHDYo organlari xodimlariga qo‘yiladigan talablar, FHDYo organlari 
xodimlarining vazifalari belgilab berilgan..
«Fuqarolik holatlarini dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari» 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 
171-sonli qarori bilan tasdiqlangan (keyingi matnlarda «Qoidalar» deb 
yuritiladi). «Qoidalar» 18 boMimdan iborat bo‘lib, unda fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish tartibi, dalolatnoma daftarlarini yuritish 
va saqlash tartibi, dastlabki va takroriy guvohnomalar berish, dalolatnoma 
yozuvlarini o‘zgartirish, tiklash, bekor qilishga oid, shuningdek FHDYo 
arxivi ishini yuritish, FHDYo organlari hisobotlarini tuzish tartib— 
qoidalari belgilangan.
FHDYo organlarida ish yuritish 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi hay'atining 2006-yil ;22-apreldagi 10-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan « 0 ‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida ish yuritish 
tartib i to ‘g ‘risida Y o‘riqnom a» asosida amalga oshiriladi. Bu 
Yo‘riqnomaning maqsadi FHDYo idoralarida ish yuritishning yagona 
tizimini tashkil etishdir.
FHDYo organlari fuqarolik holatlarini qayd etganlari uchun takroriy 
guvohnomalar berganlari va boshqa ayrim harakatlami bajarganliklari 
uchun belgilangan miqdorda davlat boji undiradilar. Davlat bojini 
undirish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul 
qilingan «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan. Undiriladigan 
davlat b o jin in g m iq d o ri 0 ‘z b ek isto n R espublikasi Va
2
?irlar
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mahkamasining «Davlat boji stavkalari haqida» 1994-yil 3-noyabrdagi 
Qarorida belgilangan. Bu qarorga keyingi yillarda bir qator o‘zgartirish 
va qo'shimchalar kiritilgan.
FHDYo organlari faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasining boshqa 
qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinishi mumkin.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə